1-sistema. Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida
mahsulotni umumiy holda sinovdan o‗tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda
faqatgina namunaning tegishli standart va me‘yoriy xujjatlarga muvofiqligi
o‗rnatiladi. Sertifikatsiyalashning bunday sistemasi muvofiqlik sertifikatsiyasini
tavsiflaydi. Amalga oshiriladigan ishlarning oddiyligi va sarf-harajatlarning ortiqcha
talab etilmasligi sababli bu usul savdo-iqtisodiy aloqalarda milliy, hamda xalqaro
ko‗lamda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |