O`zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/224
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#230678
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   224
Bog'liq
Диагностика-ва-Коррекция-МАЖМУА-2019

 
5-MA‟RUZA 
Psixik rivojlanish sustlashgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik 
ishlarning o‟ziga xos xususiyatlari (4 soat). 
Reja. 
1.  Psixik  rivojlanishdan  ortda  qoluvchi  bolalarning  psixologik-
pedagogik  tavsifnomalari  va  ular  bilan  korreksion  ishlar  olib  borishning 
xususiyatlari. 
2.  Aqli  zaiflikning  psixologik-pedagogik  xususiyatlari,  paydo  bo‟lish 
sabablari va ulaar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. 
 
Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik 
tavsifnomalari va ular bilan korreksion ishlar olib borishning xususiyatlari. 
Tadqiqotlar  predmetlarni  o‘zlashtira  olmaydigan  o‘quvchilar  orasida 
psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, 
nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi 
shikastlanishining  asorati,  minimal  miya  diafunksiyalari  ekaniligini  ko‘rsatadi. 
Psixik  rivojlanishi  ortda  qolgan  bolalar  predmetlarni  o‘zlashtira  olmaydigan 
o‘quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi. 
PROQni bolalar rivojlanishini ko‘rsatuvchi anomaliya sifatida o‘rganish 
XX asrning 50-yillarning oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi. 
Tadqiqotchilar  (G.B.Shoumarov,  K.S.Lebedinskaya)  PROQning 
quyidagi to‘rt variantini keltiradilar: 
1) konstitusional kelib chiqish; 
2) somatogen kelib chiqish; 
3) psixogen kelib chiqish; 
4) serebral–organik kelib chiqish. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o‘ziga xos 
xususiyatlarga  ega  bo‘ladilar.  Ular  maktabda  o‘qishga  to‘la  tayyor  emaslar, 
ularda  maktabda  o‘qish  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘nikma  va  malakalar 
shakllanmagan, dastur talablarini o‘zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular 
maxsus  yordamsiz  hisoblash,  o‘qish  va  yozishni,  shuningdek,  maktabdagi 
tartibni  o‘rgana  olmaydilar.  Faoliyatlarni  tashkil  etishda  qiyinchilikni  his 
etadilar.  Ularda  ruhiy  toliqish  kuzatilib,  tez  charchash,  ish  bajarish 
qobiliyatining  pasayishi,  boshlagan  ishini  bajarmaslik  kabi  holatlar  kuzatiladi. 
Ko‘pincha boshlari og‘riydi. 
Psixik  rivojlanishi  ortda  qolgan  bolalarning  xulqi  ham  o‘ziga  xos. 
Maktabda  ular  o‘zlarini  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  kabi  tutishadi.  Ularda 
o‘qishga nisbatan qiziqish yo‘q yoki juda past bo‘liB, maktabga nisbatan ijobiy 
munosabat kuzatilmaydi. O‘yin ular uchun asosiy faoliyat bo‘lib qoladi. 
PROQli bolalarni ko‘pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni 
o‘zaro farqlashda ayrim omillar qo‘l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy 
bilimlarni  o‘zlashtirish,  hisoblash  ko‘nikmalarini  egallab  olishda  qiyinchilik 
ko‘zga  tashlanishi  bilan  birga  she‘r  yoki  ertaklarni  eslab  qolish  qobiliyati  va 


idrok etish faolligi ancha yuqori bo‘ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda 
kuzatilmaydi.  
Ko‘pchilik  hollarda  PROQ  (ZPR)  o‘quvchilar  ommaviy  umumiy  o‘rta 
ta‘lim  maktablarida  o‘qitiladilar.  Ular  bilan  individual  korreksion  ishlar  olib 
borilmaydi,  shu  bois  ular  amalda  o‘quv  jarayonidan  chetda  qoladilar  va 
predmetlarni  o‘zlashtira  olmaydigan  o‘quvchilar  qatoriga  kiritiladilar.  Ular 
maxsus  tashkil  etiluvchi  korreksion-rivojlantiruvchi  ta‘limga  muhtojlar.  Ularga 
alohida e‘tibor ko‘rsatish talab etiladi.  
O‘zbekistonda  XX  asrning  60-yillarida  ilk  bor  psixik  rivojlanishdan 
ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.  
Hozirgi  kunda psixik  rivojlanishdan ortda  qolgan bolalar uchun  maktab 
internatlar  va  maxsus  ta‘lim  muassasalari  faoliyat  olib  bormoqda.  Shuningdek, 
ular  ommaviy  umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarida  tashkil  etilgan  korreksion-
rivojlantiruvchi sinflarda ham o‘qitishlari mumkin.  
Ta‘lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1. Boshlang‘ich umumiy o‘rta ta‘lim (ta‘lim muddati – 4-5 yil). 
2. Asosiy umumiy o‘rta ta‘lim (ta‘lim muddati - 5 yil). 
Bolalarni  korreksion  muassasalarga  qabul  qilish  PTPKning  xulosasi 
bo‘yicha ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko‘ra 
amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi. Ular rivojlanishidagi 
nuqsonlarning  bartaf  etilishiga  ko‘ra  ommaviy  umumiy  o‘rta  ta‘lim 
muassasalariga o‘tkazilishlari mumkin. 
Ikkinchi bosqichda ta‘lim (V-IX sinflar) ayrim o‘zgartirishlar (muayyan 
o‘quv  mavzulari  yoki  ulardagi  materiallar  hajmini  qisqartirish)  bilan  ommaviy 
umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarining  dasturlari  asosida  amalga  oshiriladi. 
Korreksion-rivojlantiruvchi  sinflarda  ta‘limning  1-bosqich  muddati  zarur 
holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin. 
Ular  bilan  ishlashda  asosiy  vazifa  -  bolalar  tomonidan  atrof-muhit 
haqidagi  bilimlarni  egallab  olinishiga  yordam  berish,  ularda  kuzatuvchanlik  va 
amaliy  o‘quv  faoliyati  tajribasini  hosil  qilish,  mustaqil  ravishda  bilimlarni 
egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat. 
Bunday  o‘quvchilar  individual  yondashishni  talab  etadilar.  Ularni 
korreksion  o‘qitish  davolash-sog‘lomlashtirish  tadbirlari  bilan  birga  amalga 
oshirilishi  zarur.  O‘quv  materiali  hamda  ta‘lim  metodi  PROQ  bolalarning 
rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish