Guruhiy psixologik ishlarni tashkil etish uchun xona.
Psixolog o ‘zining xonasidan boshqa yana bir guruhiy mash-
g‘ulotlami o ‘tkazish uchun maxsus xonaga ega bo‘lishi kerak.
Bunday xona 20 — 24 kv. m. kattalikda bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Dastlab ish boshlaganda, psixolog agar bo‘sh bo‘lsa
majlislar zalidan foydalanishi mumkin. Keyinchalik guruhiy
mashg‘ulotlar uchun alohida xonaning bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Bunday xona quyidagicha jihozlanishi mumkin: 10
tacha kreslo, katta stol, devorda chiroyli tabiat manzaralari,
xona burchagida akvarium. Shuningdek, audiokasetalar
to‘plami, videomagnitofon hamda video treninglar o‘tkazish
uchun maxsus jihozlar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |