Ota-onalar va tarbiyachilarning psixologga murojaati
So‘nggi yillarda mutaxassislar shunday fikrdaki, ota-
onalaming psixologga qiladigan murojaati biroz o ‘zgarib, aniq-
roq xarakter kasb etdi. Oxirgi paytlarda ota-onalaming amaliy
psixolog yordamiga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Psixologning
oldiga maslahat uchun keladigan ota-onalar sonining ortishi
buni isbotlab turibdi. Ehtimol, ota-onalar sekin-asta bola xulq-
atvoridagi k o ‘p narsalarga o ‘zlari sababchi ekanliklarini
tushuna boshlaganliklari tufayli ularda psixologik xizmatga
bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Balki psixologik xizmatning
xalq ta’lim tizimida ommalashishi va ilmiy ommabop adabiyot-
larning kocpayib borayotgani ularni o ‘z farzandiga bosh-
qacharoq qarashga majbur qilayotgandir? Xullas, aytish
mumkinki, psixologning yordamiga bo‘lgan ongli ehtiyoj asta-
sekin bo‘lsa ham o‘sib bormoqda.
M aktabgacha tarbiya m uassasalarining psixologlari
amaliyotida asosan ota-onalarning quyidagi bir necha gu-
ruhdagi murojaati uchraydi:
25
1. Birinchi guruh murojaatlari «muammoli murojaat»
emas. Ular bilish xarakteriga ega. Ota-ona bolaning psixik
rivojlanishini nazorat qilish kerakligini tushunib, psixologga
farzandlarinmg psixik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlab
berish iltimosi bilan murojaat qiladilar.
Bunday murojaatlarning ko‘payishiga shubhasiz, birin-
chidan, so‘nggi yillarda respublikamizda maktabgacha yoshdagi
bolalar muammolariga, umuman bolalarning salomatligiga
alohida e’tibor bilan qaralayotgani; ikkinchidan, maktabgacha
yoshdagi bolalikning inson shaxsi shakllanishi va aqliy
rivojlanishidagi ahamiyati haqidagi ilmiy ommabop kitoblar,
gazeta-jumallar maqolalari, maxsus ko‘rsatuvlarning ko‘pa-
yib borayotganligi sababdir.
O ta-o n alar k o ‘pincha psixologdan bola norm al ri-
vojlanayotganligini bilish uchun keladilar. Shuning uchun ular
psixologning ta ’kidlarini, maslahatlarini odatda e ’tibordan
chetda qoldiradilar. Ota-onalaming o‘z bolalari psixik rivojlanish
darajasini aniqlashga bo‘lgan ishtiyoqi ortishining yana bir
sababi ta’lim tizimining murakkablashishi, turli o‘quv muas-
sasalari — litseylar, gimnaziyalaming paydo bo‘lishidir. Ta’lim
tizim idagi o ‘zgarishlar ta ’sirida k o ‘plab o ta-onalar far-
zandlarini ta ’limga ancha erta tayyorlab borish kerakligini
anglay boshladilar. Shu tufayli bo‘lsa kerak, bolani 6 yoshdan
maktabga berish muammosi bilan murojaat qiluvchi ota-onalar
ancha ortdi. Psixologning bola 6 yoshdan maktabga borishi
uchun uning qaysi bilish jarayonlarini rivojlantirish kerakligi
haqida bergan maslahat va ko‘rsatmalari ota-onalar tomonidan
ancha katta e’tibor bilan qabul qilinmoqda.
2. Ikkinchi guruh murojaatlari bolalarning qobiliyatlarini
aniqlab berish yuzasidan boMadigan iltimoslaridan iborat.
Xilma-xil qiziqarli to‘garaklar (musiqa, rasm chizish, ingliz
tili va h.k)ning mavjudligi, buning ustiga ba’zi adabiyotlarda
bolalarning qobiliyatlari 3 — 4 yoshdayoq malum bo‘ladi, degan
malumotlar ota-onalami psixolog huzuriga yetaklamoqda. Psi
xologning vazifasi bolani bu yoshda biror sohaga masalan,
musiqa yoki matematikaga majburan intensiv o ‘qitishning
salbiy oqibatlarini tushuntirib, bola uchun ayni damda har
26
tomonlama rivojlanish muhimligini ota-ona ongiga yetkaza
Do'stlaringiz bilan baham: |