Z. T. M s h m o V a


  Psixologik xizmat  tuzilishi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/188
Sana31.12.2021
Hajmi3,82 Mb.
#230454
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188
Bog'liq
psixologikxizmatnishanovaztpdf

1.8.  Psixologik xizmat  tuzilishi 
va  uni  boshqarish
Psixologik  xizmatning  asosiy  vazifasi  —  tadqiqot  ishlari, 
amaliy  ishlar  va  tashviqot  ishlaridan  iboratdir.
18


Ilmiy  tadqiqot  vazifalari  —  o ‘quvchilar  shaxsini  shakl- 
lantirishning  muhim  muammolarini,  ta ’lim  va  tarbiyaning 
psixologik  asoslarini  o ‘quvchilar  bilan  o ‘qituvchilar,  maktab 
psixologlari,  psixologlar bilan  o ‘qituvchilar o ‘rtasidagi  o ‘zaro 
ta’sirni  hamda  psixologning  odobini  o ‘z  ichiga  oladi.
Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda 
psixologik xizmat  ishida qo‘llab,  bolalaming  maktab  ta’limiga 
tayyorligini  aniqlash,  o‘quvchilaming  o‘qish  faoliyatini  oson- 
lashtirish,  o ‘quvchi  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirish,  . 
o ‘quvchilaming  qobiliyat  va  moyilliklarini  aniqlash  va  rivoj-  * 
lantirish,  talabalar  bilan  hunarga,  kasbga  oid  suhbat,  mas­
lahat  ishlarini  olib  borish,  turli  xildagi  «qiyin»  bolalar  bilan 
ish  olib  borish  kabi  asosiy vazifani  hal  qilishdan  iboratdir.
Tashviqot  ishlari  —  psixologik  bilimlarni,  psixologik 
umumta’limni  targ‘ib  qilib,  o‘quvchilaming  psixologik bilim- 
larini  oshirish,  ota-onalar  uchun  seminarlar,  m a’ruzalar  va 
suhbatlar  uyushtirish,  anjumanlar  o ‘tkazishdan  iborat.
Bu  sharoitlaming  barchasiga  alohida  to ‘xtalamiz.
Kichik maktab yoshida insonning  maqsadli yo‘nalishi  — 
ta’lim  va  tarbiyasi  amalga  oshiriladi.  Xuddi  shu  yosh  psixik 
jarayonlaming ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi,  faol aqliy 
faoliyatga  ehtiyoj,  o ‘quv  ko‘nikma  va  malakalarini  egallash 
uchun juda  qulay yoki  senzitiv  yosh  hisoblanadi.  Boshqacha 
aytganda,  kichik  maktab  yoshining  oxiriga  kelib  bola  o ‘qiy 
olishi  va  o ‘qishni  istashi  kerak.  T a’limning  keyingi  bosqich- 
larida  vujudga  keladigan  barcha  muammolar  (o‘zlashtira  ol- 
maslik,  maktabga  borishni  istamaslik)  yoki  bolaning  o ‘qiy 
olmasligiga,  o ‘qishga  qiziqmasligiga  bog‘liq  bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflaming oxirida u yoki predmetga qiziqish 
borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat 
bir  predmetga  chuqur  qiziqish  ham  o‘quvchilaming  umumiy 
rivojlanishiga  turtki  boTadi.  Agar  boshlang‘ich  sinflarda 
o ‘qishga qiziqish shakllantirilmagan bo‘lsa, undan keyingi yosh 
davrlarida bu juda qiyin bo‘ladi,  ikkinchidan yetarli  darajada 
shakllantirilmagan  o ‘quv  faoliyati  o ‘smirlik  davrida  yangi 
tuzilmalarning  paydo  boTishiga  to ‘siq  bo‘ladi.
19


Maxsus  o ‘tkazilgan  tadqiqotlardan  ma’lum  bo‘lishicha, 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  yorqin  individual  farqlarni 
ko‘rish  mumkin.  Bu  ular  o ‘quv  faoliyatida  ko‘zga  tashlanadi. 
0 ‘quv  faoliyatida  boshlang‘ich  sinf o‘quvchilarining  umumiy 
va  maxsus  qobiliyatlari  birinchi  o ‘rinda  turadi.  Tajriba 
o ‘tkazilgan  bolalarning  80  %ida  qandaydir  muvaffaqiyatga 
erishilgan.
Shunday  qilib,  maxsus  qobiliyatlarni  o ‘quvchilar  indi­
vidual  farqlarining  asosi  sifatida  qarab,  o‘quv-tarbiya ishlarida 
ulami  hisobga  olish  zarur.  0 ‘quvchilaming  shaxsiy  va  psixik 
rivojlanishida  um um iy  maxsus  qobiliyatlar  m uhim   omil 
hisoblanadi.  0 ‘quvchi  qiziqishlari  va  qobiliyatlarini  anglashi, 
ularning  qanchalik  rivojlanganligidan  qat’iy  nazar  umuman 
shaxsning  shakllanishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish 
ham  psixologik  xizmat  mahsuldorligining  omillaridan  biridir. 
Bunday  iqlim  yaratishda  bolalarning  kattalar  va  tengdoshlari 
bilan muloqoti muhim hisoblanadi.  0 ‘smirlaming tengdoshlari 
va  kattalar  bilan  muloqoti  ular  shaxsining  shakllanishida 
muhim  omil  hisoblanadi.  Muloqotdagi  muvaffaqiyatsizlik, 
shunday  ichki  noqulaylikka,  o‘zini  yomon  his  qilishga  olib 
keladi-ki,  uning  o‘mini  hayotning  boshqa  sohalaridagi  hech 
qanday  ko‘rsatkichlar  bosa  olmaydi.  M uloqot  o ‘sm irlar 
tomonidan  muhim jarayon  sifatida  qabul  qilinadi;  bu  haqida 
ular  muloqot  shakllariga  e’tibor  berishni,  kattalar  va  teng­
doshlari bilan  o ‘zaro  munosabatlarini  tahlil  qilishlarini,  ulami 
tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. 0 ‘smirda 
xuddi  shu  tengdoshlari  bilan  muloqotda  shaxs  ijtimoiy yetuk- 
iigining  muhim  ko‘rsatkichi  bo‘lmish  qadriyatlar  shakllana 
boshlaydi.
Ularda  asosan  muloqot  —  qadriyatlar  mazmunini  belgi- 
laydi.  Bu  yosh  tengdoshlari  orasida  o‘zini  ko‘rsatishga,  o ‘zini 
va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish 
kabi  muloqot  motivlari jamoa  tomonidan  tan  olinishi,  o‘ziga 
ishonish,  xatti-harakatlarining  mustahkamligi  va  yuksak 
umumiy madaniyat,  o‘z  fikriga ega bo‘lish,  mustahkam  iroda,
20


0
‘z-o‘zini  nazorat  qilish,  halollik,  ko‘ngilchanlik  kabi  qadri- 
yatlar  tizimining  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.
Psixologik  tashviqot  ishlari  teleko‘rsatuv  va  radio  orqali 
eshittirish  qilish,  yakkama-yakka  masiahatlar  tashkil  etish, 
muloqot  treninglari  uyushtirishdan  iboratdir.
Psixologik xizmatning uchala vazifasi o ‘zaro chambarchas 
bog‘liq,  ularning  birgalikda  olib  borilishi  maqsadga  muvofiq.
Maktabdagi  psixologik  xizmat  0 ‘zbekiston  Respubli­
kasi  Xalq  ta ’limi  vazirligi  qoshidagi  Respublika  Tashxis 
markazi tom onidan tashkil etilib,  quyidagi tartib va darajaga 
egadir:
1.  Yuqori  darajada  —  psixologik  xizmat  vazifalarini 
aniqlash,  uning  hujjatlarini  tartibga  keltirish  Respublika  xalq 
ta’limi  vazirligi  qoshidagi  psixologik  xizmat  markazining 
buyurtmasiga  binoan  yuqori  malakali  psixologlar  (pedagogika 
institutlari,  universitetlarining  psixologiya  kafedralari)  tom o­
nidan amalga oshiriladi.
2.  0 ‘rta  darajada  —  mazkur  hujjatlar  tom onidan  hali 
hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish
—  psixolog  mutaxassislar  (Xalq  ta ’lim  vazirligi  qoshidagi 
viloyat,  tuman,  shahar  tashxis  markazi)  tomonidan  amalga 
oshiriladi.
3.  Asosiy  ommaviy  darajada  —  psixologik  xizmatning 
kundalik vazifalarini,  amaliy psixologik xizmat haqidagi qonun 
va  qoidalarga binoan  psixologik jihatdan  to ‘g‘ri  hal  qilish.  Bu 
ish  amaliyotchi  psixologlar  (maktab  psixologi),  viloyat  xalq 
ta’limi  boshqarmasi  qoshidagi  psixologik  xizmat  bo‘limlari, 
tuman,  shahar  xalq  ta ’limi  bo‘limlari  qoshidagi  psixologik 
xizmat  (bo‘limlar)  xonalari,  maktab,  maktabgacha  tarbiya 
muassasalari,  kasb-hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar 
tomonidan  amalga oshiriladi.
Maktab psixologi  maxsus tayyorgarlikka ega  (pedagogika 
institutlarining  amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus 
kurslarini,  universitet  va  institutlarning  psixologiya  fakul- 
tetlarini  bitirgan)  boyish lari  kerak.
Psixologik  xizmatning  tuzilishini  quyidagi  sxema  tarzida 
tavsiya etish mumkin (1 -  sxemaga qarang).



Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish