O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasiga oid me’yoriy huquqiy hujjatlari


“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#229961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1545028168 73311

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga asosan ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 

asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 

1.  Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;   

2.  Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;   

3.  Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;   

4.  O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-

hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;   

5.  Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;   

6.  Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;   

7.  Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;   

8.  Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;   

9.  Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.  

Ushbu qonunda tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy 

fazilatlarga  ega  bo‘lgan  shaxslar  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqiga 

ega  ekanligi  xamda  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  sud  hukmiga  asosan 

man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga 

yo‘l qo‘yilmasligi aloxida ta’kidlab o‘tilgan.   

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida ta’lim muassasasining huquqiy 

maqomi  nazarda  tutilgan.  Unga  asosan,  ta’lim  muassasasi  yuridik  shaxs  bo‘lib, 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  belgilagan  tartibda  davlat 

akkreditatsiyasidan  o‘tgan  paytdan  boshlab  yuridik  shaxs  huquqlari  va  ta’lim 

faoliyati  bilan  shug‘ullanish  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Ta’lim  muassasasini 

akkreditatsiyalash  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  attestatsiyaga  asosan  amalga 

oshirilishi belgilab qo‘yilgan.   

Ushbu  qonunga  ko‘ra,  ta’lim  muassasasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishlab 

chiqilgan  ustav  asosida  faoliyat  ko‘rsatadi.  Ta’lim  muassasasi  attestatsiya 

natijalariga  binoan  davlat  akkreditatsiyasidan  mahrum  etilishi  mumkin.  Ta’lim 

muassasalari  o‘quv-tarbiya  majmualariga  hamda  o‘quv-ilmiyishlab  chiqarish 

birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.   



“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonunning  7-moddasida  Davlat  ta’lim  standartlari 

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga 

qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, deb ko‘rsatilgan.   

Davlat  ta’lim  standartlarini  bajarish  O‘zbekiston  Respublikasining  barcha 

ta’lim  muassasalari  uchun  majburiy  xisoblanadi.  Ta’lim  muassasalarida  ta’lim 

berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi 

Qonuni bilan tartibga solinishi aloxida qayd etilgan.   


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish