Jumladan ushbu qonunda bilim olish huquqi:
1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish,
shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar
o‘rgatish;
4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi
o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
5. Oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan
o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini
berish orqali ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |