ASOSIY QISM
I-Qism. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
Geografik qobiq rivojlanishining asosiy xususiyatlari va landshaftlarning
umumiy tabaqalanishi
Materiklar, qit’alar, orollar, yarimorollar, okeanlar, dengizlar, qo‘ltiqlar va
bo‘g‘ozlar haqida umumiy tushuncha. Geografik qobiqning shakllanishi va
rivojlanishining zonal-regional xususiyatlari. Geografik qobiqning rivojlanishida
fazoviy-sayyoraviy omillarning ahamiyati (Yerning og‘irligi, Quyosh
sistemasida tutgan o‘rni; Quyosh atrofida aylanishi, uning oqibatlari, shakli;
yoshi va Yer-Oy tizimi. Oyning geografik qobiqdagi jarayonlarga ta’siri).
Geografik qobiqning tuzilishi, tarkibi va chegaralari. Landshaft hosil qiluvchi
qobiq va unda moddalar va energiyaning almashinuvi, aylanma harakatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |