T. Sa’dullayev. Mening
o‘qituvchim portreti.
Í35
www.ziyouz.com kutubxonasi
tortar edi. Shunday qilib, Temur maktabda o‘qigan paytidayoq miniatura
san’atiga xos tasvirlami ishtiyoq bilan kuzatar va ulardan ilhomlanar edi.
Shuning uchun ham taniqli rassom Chingiz Ahmarov bilan uchrashish,
undan maslahatlar olish istagini o ‘z akasi Amirga bildiradi.
«Eng baxtli kunlarimdan biri, ilk bor 1966-yilda o‘zim ishlagan
ko‘plab suratlarni ko‘tarib akam bilan Chingiz Ahmarov huzuriga
borgan kunimiz hali-hali yodimda», - deb eslaydi rassom.
T. Sa’dullayev Ch. Ahmarovning maslahati bilan shu yili Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining tasviriy san’at
o‘qituvchilari tayyorlaydigan fakultetiga o ‘qishga kirdi. Bu yerda taniqli
rassom,
professor
Malik
Nabiyevdan
rangtasvir,
haykaltarosh
Abdumo‘min Boymatovdan qalamtasvir sirlarini o'rgandi. Talabalik
yillarida Chingiz Ahmarov huzuriga tez-tez borib, u kishiga xos suratlar
ishlash Temur Sa’dullayevga juda yoqar edi. Tasviriy san’atdan bilim va
malakaga ega boMgandan keyin, Navoiy lirikasiga bagMshlab diplom
ishi qilish niyati borligini ustoz Chingiz Ahmarovga bildirdi. Ana
shundan so‘ng atoqli adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov bilan
uchrashish va tanishishga muyassar boMdi. Adabiyot va tasviriy
san’atning jonkuyar vakillari bilan uchrashib, suhbatlashish Temur
Sa’dullayev zimmasiga o‘ta mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Yosh
rassomdagi intilish, qiziqish va iste’dodni ko‘rgan Hamid Sulaymonov
unga otalarcha g‘amxo‘rlik qilib, talabalik paytidayoq adabiyot
muzeyiga rassom sifatida ishga qabul qildi. Hamid Sulaymonov bu yosh
rassom ishlagan rasmlarni ko'zdan kechirib, uning shakllanishiga o‘z
vaqtida katta imkoniyat yaratgan edi.
Alisher Navoiy asarlariga bo‘lgan qiziqish muzey ga ishga
kelganidan so‘ng rassomda yanada kuchaydi. Natijada asta-sekin
musavviming rang-barang, mushohadaga undaydigan portretlari yuzaga
keldi. Uning «Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod» nomli asari
e’tiborga moiikdir.
Rassom tabiat bag‘rida xuddi shu tabiatdek beg'ubor va pok ijod
vakillari obrazini tasviriashga muvaffaq boMgan. Temur Sa’dullayev
iste’dodining yuzaga chiqishida va san’atkor sifatida shakllanishida,
shubhasiz,
otaxon
ustozlar
Chingiz
Ahmarov
va
Hamid
Sulaymonovlaming xizmatlari kattadir. Bu insonlaming ishonchini
oqlash rassomga juda katta mas’uliyat yukladi.
Shuning uchun ham o‘z ustida yanada jiddiyroq ishlar ekan,
san’atning nozik va mashaqqatli yoMini cho‘chimasdan bosib o‘tishga
erishdi. Bu muvaffaqiyatlar 70- yillardagi asarlaridayoq yaqqol ko‘zga
136
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashlangaii edi. Ayniqsa, ko'pchilik tomoshabinlar e’tiborini qozongan
«Navro‘zda qizlar bazmi», «Qiz portreti», «Omon Matjon», «Navoiy va
Behzod», «Xosiyat Bobomurodova», «Solih Mutalibov» kabi asarlarini
misol keltirish mumkin. Adabiyot va tasviriy san’atning bir-biri bilan
chambarchas bogiiqligi rassom ijodining bosh mavzusidir. Temur
Sa’dullayev ijodiy faoliyati davomida bu an’anaga sodiq boMib
kelmoqda.
Saksoninchi yillarga kelib, rassom portret janri borasida yanada
sermahsul ijod qildi. U bir qator shoir va adiblaming obrazlarini
muvaffaqiyatli tasvirlab berishga erisha oldi. Atoqli olim Hamid
Sulaymonov portretini yaratish bilan rassom otaxon ustozga boMgan
samimiy muhabbat va hurmatini ifodaladi. Rassomning bir qator devoriy
suratlari ham e’tiborga molikdir. Bu o‘rinda «Afshonada», «Alpomish
va Barchinoy», «Behzod» kabi asarlarini sanab o‘tish mumkin.
Temur Sa’dullayev doimiy ravishda ko‘plab kitoblarga badiiy
bezak berish bilan birga, miniatura san’atidagi an’analami yaxshi
o ‘zlashtirganligi bilan ajralib turadi. U miniatura an’analarini tasviriy
san’atning zamonaviy yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan, o‘z ovoziga ega
bo'lgan xalqchil rassomdir.
1990-yillar rangtasvir san’ati rivojiga 0 ‘zbekistonda faol ijod
qilgan A. Aliqulov, A. Agaxanyan, B. Oümxonov, Sh. Bahriddinov
kabi ijodkorlar o‘zlarining ijodiy g‘oyaIari bilan ta’sir ko‘rsatdilar. Bu
nafaqat kompozitsiyaning plastik yechimida, balki devoriy suratlami
ishlashda intereming fazoviy makonini kompozitsiyaga mos ravishda
mahorat bilan uyg‘unlashtirishda ko‘zga tashlanadi.
Kompozitsiyalar personajlari, ulaming uslubiy ishlanishi, rang va
plastik yechimlari B. Jalolovning Qo‘qon teatri va «Turkiston» saroyi
intererlarida ishlangan «Umar Hayyom tushlari» devoriy suratlari
estetikasiga juda yaqin. A. Aliqulov va u bilan hamkorlikdagi
mualliflarning keyingi
ishlarida ulami o‘z plastik tillarini topishga
uringanliklari natijasida birmuncha boshqacharoq uslubda ishlanganligi
ma’lum. Rassomlar Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrining intereri
uchun ishlangan «Jahon xalqlari ertaklari» mavzusidagi devoriy suratda
yorqin yassi-bezakdorlik tarzida mashhur ertaklar qahramonlari
dunyosini gavdalantiradi. Rassomlar intereming ma’lum me’moriy
qismlaridan shunchalar muvaffaqiyatli va unumli foydalanishganki,
kirish eshiklari, shuningdek, devoming yassi qismlari kompozitsiyaning
mazmuni va plastik jihatlari bilan oqilona uyg‘unlashtirilgan. Devoriy
rangtasvirning kompozitsiya va rangdagi yechimi yuksak mahorat bilan
137
www.ziyouz.com kutubxonasi
bajarilgan b o iib , interer dizayn yechimining muvaffaqiyatli topilgani
devoriy asami tushunib yetishga xalal bermaydi.
A. Aliqulov. 0 ‘zbekistonning sporti.
A. Aliqulov boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan Toshkentdagi
«Olimpiya shon-shuhrati muzeyi» intererining devoriy surati yechimi
o‘ziga xos, ya’ni dinamik tarzda yechilgan. Ikki rejali kompozitsiyaning
monoxrom siluetidagi antik atletlarga qarama-qarshi holatda sharq
polvonlari kurashchilari, kamondozlari va chavandozlari qiyofalari
tasvirlangan.
Alisher Aliqulov guruhining 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi
uchun ishlangan ishlaridan biri «Xalq qo‘zg‘olonlari va jadidchilik
harak ati» devoriy surati fuqarolik va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan
sug‘orilgan. Devoriy surat tili keng qamrovli va serma’no bo‘lib, unda
qarama-qarshi ranglami uyg‘unlashtirish orqali o‘sha davrlar muhiti
beriladi. Bu ish mavzu va uslubiy jihatdan rangtasvir asariga yaqinligi
bilan aw algi devoriy suratlardan ajralib turadi.
0 ‘zbekistonning ko‘hna shaharlari tarixiy obidalari m avzusida
ishlangan suratlar sifatida A. Canning Toshkentdagi «Turkiston» saroyi
intereriga
ishlagan
suratlarini,
Yu. Chemishovning
Urganchdagi
«Jayhun»
mehmonxonasi,
shuningdek,
O. Xabibulinning
Miliiy
matbuot-markazi, Baynalmilal madaniyat markazi hamda Uchtepa
tumani banki binosi intereriga ishlangan devoriy kompozitsiyalarini
sanab o‘tish joizdir.
1990-yillar oxirida tasviriy san’atdagi o‘ziga xoslik rassomlaming
san’atning bir-biriga yaqin janrlariga murojaatlarida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Bu vaqtda ko‘plab ràngtasvirchi rassomlar o‘zlarining ijodiy
138
www.ziyouz.com kutubxonasi
A. Alíquiov. Tarixiy davri alm ashtirishi.
qobiliyatlarini mahobatli devoriy suratlarda sinab ko'rdilar. Shu jihatdan
samarqandlik rassom A. Isayev ijodi e’tiborga moiikdir. 1990-yillar
oxirida u tempera texnikasida qator devoriy suratlar yaratdi. 1998-yilda
Samarqand Davlat chet tillar institutida «Buyuk ipak yo‘li» nomli yirik
kompozitsiya intererini yaratdi. Devoriy surat deyarli binoning butun
vestibyulini
egallaydi,
uning
markaziy
qismi
Samarqandga
bag'ishlanadi, yon tomonlarida Buyuk ipak y o ii bo‘ylab joylashgan
Hindiston, Xitoy, Misr, Italiya kabi mamlakatlarga bag‘ishlangan
sahnaviylik o‘z ifodasini topgan. Devoriy surat cheklangan tarzdagi och-
sariq va havorang tuslardan foydalanib amalga oshirilgan. Taxminan
xuddi shunday rang-plastik uslubda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti
intereriga 1999-2000-yillarda «Ona zamin saxovati» asari yaratildi.
A. Isayevning barcha ishlari, asosan, och-yashil, sariq ranglar
gammasiga yo‘g‘rilgan va tasviming yassi tarzini ifoda etib, musavvir
alohida hollardagina zaruriy tasvir muhitini yarata oladi.
Samarqandlik rangtasvirchilar E. M uham m adiyev va N. Sulto-
novlarning 2000-2001-yillarda A. Navoiy nomidagi Samarqand Davlat
universiteti intererida ishlangan «M a’naviyat bo‘stoni» nomli yirik
hajmli devoriy kompozitsiyasi ham shu uslubda yaratilgan. Beshta
alohida kompozitsiyadan iborat bu devoriy surat qadimgi davrdan to
hozirgi
kungacha
boMgan
0 ‘zbekiston
madaniyati
tarixiga
bag‘ishlanadi. Ish mahorat bilan bajarilgan, kompozitsiyasining yechimi
vertikal maromda, to'yingan ranglar gammasida muhim hissiy
kayfiyatni hosil qiladi.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi
N.
Do'stlaringiz bilan baham: |