Navoiy bobomiz orzu qilgan o‘zbek ayollariga xos go‘zallik, iffat
va nazokatni Chingiz Ahmarov bo‘yoqlar orqali jonli tasvirlashga
muvaffaq boMgan. Musawirning mo'yqalamiga xos sharqona obraz va
qiyofalar takrorlanmas tarzda yuzaga kela boshlaydi. «Mukarrama
Turg‘unboyeva» portreti, «Mushoira», Alisher Navoiyning Hrik asarlari
mazmuniga hamohang rasmlar turkumi, «Shoira Zulfiya» portreti,
ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan. Ch. Ahmarov kitob grafikasi sohasida
ham unumli ijod qildi. U Oybekning «Navoiy» romanini, «Ravshan»
xalq eposini, M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug'bek» tragediyasini
rasmlar bilan bezadi.
Ch. Ahmarov taniqli rassom bo‘lish bilan birga, mohir pedagog
hamdir. Uzoq yillar davomida u Toshkent Politexnika institutida rasm va
haykaltaroshlik kafedrasini boshqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |