S. F. Abdirasilov


 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonda tasviriy sasi’atol o‘



Download 7,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/293
Sana31.12.2021
Hajmi7,93 Mb.
#229494
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   293
Bog'liq
Tasviriy san at o qitish metodikasi (S.Abdirasilov)

2.2. 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonda tasviriy sasi’atol o‘
Mazmuni: 
Sharq  miniatyura  maktablarining  rivojlanishi  va 
ularning  uslublari.  0 ‘rta  Osiyo,  Eron,  Hind,  Misr 
miniatyurasi. 
Kitoblarga 
bezak 
ishlash 
maktabi 
(K.Behzod).  Samarqand,  Shoxruxiya,  Buxoro  maktablari. 
0 ‘zbekistonda tasviriy san’atni o'qitilishiga doir dastlabki 
ma’lumotlar.  0 ‘zbekis-tonda  XX  asr  boshlarida  tasviriy 
san’atni  o‘qitilishi  va  shakllanishi.  Tasviriy  san’at 
o‘qituvchilarini 
o‘quv-metodik 
majmualar 
bilan 
ta’minlanishi.
0 ‘zbekiston  hududida  eramizdan  avval  ham  tasviriy  san’atning 
rangtasvir,  haykaltaroshlik,  me’morchilik  turlari  nihoyatda  rivojlangan 
bo‘lib,  ularning  namunalari  Varaxsha,  Afrasiyob,  Qalchayon,  Tuproq 
qal’a,  Bolalik  tepa,  Ayrtom,  Dalvarzin  tepa,  Fayoz  tepa,  Qo‘yqirilgan 
qal’a,  Ajina  tepa,  Teshik  qal’a  va  boshqa  bir  qator joylardan  topilgan. 
Bu  asarlar  eramizdan  avvalgi  IV-I  asrlarda  yaratilgan  bo‘lib,  ulaming 
yoshi  5-6  ming  yilga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  asarlaming  badiiyligi  hozirgi 
zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi.  Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlami o‘sha 
davrda  to‘plangan  ilg‘or  tajriba,  tasviriy  san’at  maktablarisiz  yaratish 
mumkin  emas.  Ma’lumki,  san’at  bir  necha  avlodning  ko‘p  yillar 
davomida shakllangan an’analari, ustaning shogirdga o‘tkazgan bilimlari 
asosidagina  taraqqiy  topadi.  Bu  esa  so‘zsiz  umumiy  badiiy  ta’lim 
yo‘nalishida 
bo‘lmasa 
ham, 
kasbiy 
badiiy 
ta’lim 
shaklida 
rivojlanganligidan  dalolat  beradi.  Ma’lum  davrlarda  0 ‘zbekiston 
hududidagi  san’at taraqqiyotida uzilishlar ro‘y  berganligining  sabablari, 
Iskandar  Zulqaynar,  mo‘g‘illar,  arab,  rus  istilollariga  borib  taqaladi. 
Amir  Temur  mustaqil  davlat  tuzgan  davrda  tasviriy  san’atning 
miniatyura  turini  gullab-yashnagani  ham  buning  yaqqol  dalilidir.  Amir 
Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi  shunchalik tez rivojlandiki, 
u  nafaqat  Sharq,  hattoki  Yevropa  mamlakatlari  san’atiga  ham  o‘z 
ta’sirini  ko‘rsatdi.  Natijada,  Samarqand,  Buxoro,  Hirot  miniatyura 
maktablari bilan bir qatorda Bag‘dod, Tabriz,  Sheroz, Ozarbayjon, Hind, 
Isfaxon, Turk miniatyura maktablari ham shakllandi va rivojlandi.
Mazkur  miniatyura  maktablarida,  xususan,  umumiy  o‘rta  ta’lim 
maktablari  uchun  tayyorlangan  dasturlarida  san’atshunoslik  asoslari, 
rangtasvir  va  qalamtasvir  ishlash,  naturaga  qarab  tasvirlash,  borliqni 
idrok  etish  bo‘limlari  mavjud  bo'lib,  kasbiy  badiiy  va  umumiy  badiiy
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’lim  tizimlari  o‘rtasiga  qat’iy  chegara  qo‘yib  boimaydi.  Tasviriy 
san’atning  nazariy  asoslari  hisoblangan  rang,  hajm,  perspektiva, 
kompozitsiya asoslari  kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida 
o‘rganiladi.  Faqat  tasviriy  san’atni  o‘qitilishida  talaba  va  bolalaming 
yoshlari,  idroki,  psixologik  xususiyatlari,  tasviriy  malakalari  hisobga 
olinishi lozim, xolos.
Tasviriy  san’at  tarixida  buyuk  naqqosh  va  musawir  Kamoliddin 
Behzodga  Hirotlik  Mirak  naqqosh  ustozlik  qilgani,  unga  miniatyura 
rangtasviri  sirlarini  o'rgatgani  haqida  ma’lumotlar  bor.  Shuningdek, 
ustoz  Mirak  naqqoshning  Hirot  «Nigoristoni»  (San’at  akademiyasi) 
bo‘lganligi va unda Kamoliddin Behzod tarbiya olganligi ham ma’lum.
Professor  Orif Usmonov  o‘zining  «Kamoliddin  Behzod  va  uning 
naqqoshlik  maktabi»  nomli  kitobida  Behzod  Tabrizda  yashagan  vaqtda 
nafis tasviriy san’at maktabini yaratganini qayd qiladi. U yerda musawir 
o‘z  atrofiga  eng  iste’dodli  yoshlami  to‘plagani,  ularga  san’atining  sir- 
asrorlarini o‘rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad,  Mirzo Amir, Oqo 
Mirak,  Muzaffar  Ali,  Sulton  Muhammad  Nur,  Shomuhammad 
Nishopuriy,  Yusuf Mullo,  Mir Ali,  Rizo  Abbosiy,  Mahmud  Muzahhib, 
Mavlono  Yoriy,  Hasan  Bag'dodiy,  Abdulla  Sheroziy,  Darvesh 
Muhammad,  Mir  Said  Ali,  Qosim  Ali  singari  o‘nlab  iste’dodli 
musawirlarni  tarbiyalaganligini  yozadi.  Uning  shogirdlari  Behzodning 
tasviriy  san’at  uslubini  davom  ettirganlari  ham  rasmiy  ma’lumotlardan 
ayon.
0 ‘zbekistonda hozirgi  zamon ta’lim tizimining paydo  bo'lishi  XX 
asming  birinchi  choragiga  to‘g‘ri  keladi.  Bir  guruh  fan  va  madaniyat 
vakillari  Sankt-Peterburg  va  Moskvalik  rassomlar  Turkistonga 
yuboriladi.  Bu  rassomlar  Turkistonning  yirik  shaharlarida  badiiy 
studiyalar tashkil etdilar, o‘z asariarining ko‘rgazmalarini o‘tkazdilar.
1918-yilda Toshkentda badiiy  kommuna ochiladi,  bir yildan keyin 
Samarqandda  Turkiston  o‘lka badiiy  xalq  maktabi  ishga tushadi.  1920- 
yilda  Andijonda  rangtasvir  maktabi,  yangi  Buxoroda  san’at  to‘garagi 
tashkil  etildi,  musulmonlar  uchun  tasviriy  san’at  kurslari  ochildi.  Bir 
yildan so‘ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga yetdi 
va  unda  shug‘ullanuvchilar  soni  500  kishidan  oshib  ketdi.  1921-yili 
ochilgan badiiy politexnikumda  170 o‘quvchidan  150 tasi o‘zbeklar edi.
1924-yilda Toshkent tasviriy  san’at muzeyi  qoshida badiiy  studiya 
ochildi.  Unda  M.Kupriyanov  (Mashhur  Kukrinikslar  gumhidan),
S.Chuykov,  mahalliy  yosh  rassomlardan  0 ‘.  Tansiqboyevlar  yoshlar 
bilan  mashg‘ulotlar  olib  bordilar.  1927-yilga  kelib,  Toshkent  va  1929-
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


yilda 0 ‘zbekiston  poytaxti  hisoblangan  Samarqandda badiiy  bilim yurti 
tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko‘proq mahalliy yoshlar qabul qilindi. 
Bu  bilim  yurtlarining  asosiy  maqsadi  rassomlar  tayyorlash  bo‘lsa-da, 
umumiy  o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlash  borasida 
ham ma’lum rol o‘ynadi.
Shu  bilan  birga  ta’lim  tizimida  estetik  va  badiiy  ta’lim 
masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi.
Natijada maktab dasturlari qayta ko‘rib chiqildi.  Rasm darslarining 
asosini  naturaga  qarab  rasm  ishlash,  mavzu  asosida  rasm  ishlash, 
dekorativ  rasm  ishlash,  san’at  haqida  suhbat  o‘tkazish  mashg‘ulotlari 
tashkil etdi. Bu dasturlarda  o‘lkashunoslik materiallari ko‘p bo‘lmasada, 
har  qalay  o‘z  aksini  topdi,  eng  muhimi  bu  dasturda  darsdagi 
o‘qituvchining yetakchilik roli katta ekanligi belgilab qo‘yildi.
1924-yilga kelib,  maktab o‘quv  rejalarida  rasm  darslari  o‘z  o‘rnini 
topmagan 
bo‘lsa-da, 
ayrim  rassomlar  bolalar  tasviriy 
ijodini 
rivojlantirishga  harakat  qildilai'.  Ana  shunday  iqtidorli  yosh  grafik 
rassomlardan  biri  Iskandar  Ikromov  edi.  U  1925-yilda  «Maorif  va 
o'qituvchi»,  keyin  «Alanga» jumallarida  rasm  chizishga doir maqolalar 
e’lon  qildi.  1932-yilga  kelib,  uning  «Rasm  chizishni  o‘rganish 
qo‘llanmasi»,  1933-yilda  esa  «Kitob  va jurnallar  qanday  nashr  etiladi» 
albomi  nashr  etildi.  1935-yilda  rassomning  «Harf  yozishni  o‘rgan» 
kitobi  ham  chop  etildi.  Bu  maqola  va  kitoblar  yagona  mehnat  va 
politexnika  maktablari  talablari  asosida  yaratilgan  «Rasm»  predmeti 
dasturlariga  mos  edi.  Mazkur  ishlar  faqat  umumiy  ta’lim  maktablari 
uchungina  emas,  balki  tasviriy  san’at  studiyalai'i,  klublar,  havaskorlik 
to‘garaklari,  grafikani  mustaqil  o'rganuvchilar  uchun  ham  ahamiyatli 
bo‘ldi.
1920-yügi  o‘quv  rejalaiida  san’atga  doir  o‘quv  predmetlariga 
tegishli  o‘rin  ajratilmagan  bo‘lsa-da,  1929-yilga  kelib,  bu  kamchilik 
bartaraf  etila  boshlandi.  Maktablarda  maxsus  rasm  o‘quv  predmetlari 
o‘qitila  boshlandi.  Lekin  0 ‘zbekiston  maktablari  Rossiya  maktablari 
uchun yaratilgan dasturlar asosida  ishlay  boshladi.  Bu  dasturlar ma’lum 
miqdorda  0 ‘zbekiston  sharoitiga  moslab  lokalizatsiyalashgan  edi.  Shu 
munosabat bilan  0 ‘zbekiston xalq  morifi  kommisarligi tegishli joylarga 
yuborilgan  xatida  shunday  deyilgan  edi:  «Majmuaning  maqsadi  unga 
tegishli material  mazmuni,  majmua bilan ishlash metodlari  lokalizatsiya 
qilinadi. 0 ‘qituvchi oldindan o‘lkashunoslik materiallarini  to‘plab oigan 
holda,  o‘z  tumani  hayotiga  oid  eng  xarakterli  jihatlami  dasturga 
kiritadi».
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shu  munosabat  bilan  boshlang‘ich  sinf  «Rasm  va  loy  ishi» 
tlasturiga  o‘lka  materiallari  kiritila  boshlandi.  Ular  tevarak-atrof 
tabiatiga  doir  narsalar,  0 ‘zbekiston  xalq  amaliy  san’atiga  doir 
materiallar edi.
Respublikamiz  uchun  tayyorlangan  va  nashr  etilgan  dasturlar 
mazmuni  va  vazifasi jihatidan  Rossiya  maktablari  uchun  tayyorlangan 
dasturdan  deyarli  farq  qilmagan,  lekin  uning  hamma  bo‘limlarida 
mahalliy  sharoit  va  materiallar  ma’lum  miqdorda  hisobga  olingan  edi. 
Xususan,  narsaga  qarab  rasm  chizish  darslarida  Respublikamizga  xos 
bo‘lgan  predmetlar  va  tabiat  mahsulotlari,  dekorativ  ishlar  bo‘limida 
o‘zbek amaliy san’at namunalarini chizdirish tavsiya etilgan edi.
1939-yillarda  maktablarda  rasm  darslarining  asosiy  vazifasi 
o‘quvchilarda  tasviriy  malakalami  o‘stirish,  ko‘proq  rasm  chizishga 
o‘rgatishdan  iborat bo‘lishi  lozim deb topildi.  Shuning uchun  ham rasm 
darslarida tarbiyaviy tomonlarga yetarlicha e’tibor berilmadi.
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  va  qisman  undan  keyingi  yillarda 
ham  rasm  darslarining  vazifalari  o‘zgardi,  uning  mazmunida  ta’limdan 
ko‘ra  tarbiyaviy  jihatlar  kuchaytirilgan  bo‘lib,  unda  asosiy  e’tibor 
vatanparvarlik  va  baynalmilal  tarbiyaga  qaratildi.  Shu  maqsadda  rasm 
darslari  vatanparvarlik  va  baynalmilal  mazmundagi  tasviriy  san’at 
asarlari bilan boyitildi.

Download 7,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish