boMishi ehtimoli bor.
Dalvarzintepa - Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzin qishlog‘ining
chekica qismida joylashgan turar-joy xarobasi hisoblanib, u 1952-yilda
aniqlangan. Yer osti qaziiganda u yerdan bronza quyish ustaxonasi, tosh
yotqizilgan ko‘chalar, g‘alla omborxonaiari, turli uy jihozlari, sopol
buyumlar, naqshli idishlar va odam haykallari topilgan. Topilmalar
ichida ganchdan yasalgan ayol boshi eramizning II asrida yaratilgan, deb
taxmin qilinadi. Dalvarzintepada qadimda qishloq xo‘jaligi, metall bilan
ishlash, tasviriy va amaliy san’at ham rivojlangan.
Bolaliktepa - Termiz yaqinida topilgan yodgorlik. Hashamatli
saroy devorlarining to'rttala tomonida odamlaming o‘tirgan holatdagi
ko'rinishlari aks ettirilgan. Gilamchalarga o ‘xshash to‘shamchalar ustida
sharqona tiz cho‘kib, chordona qurib, hatto yonboshlagan holda juft-juft
Do'stlaringiz bilan baham: |