yashagan va tasviriy san’at yaxshi rivojlangan. Varaxshadagi eng katta
bino 9 gektami egallagan, balandligi 10 m. Bu binoda hukmdorlar saroyi
va ibodatxona, askarxona, aslahaxonalar mavjud bo‘lgan. Ular devoriy
rangtasvir asarlari, haykaliar va har xil rasmlar bilan bezatilgan. Devoriy
rasmlardan birida fil mingan o‘rta yoshli kishi bir oyog‘i uzangida, bir
oyog'i esa buklangan holda ikkinchi oyog'ining ustida tasvirlangan.
Bundan tashqari rasmda bahaybat arslonga o‘xshash hayvonning filga
hamla qilgan holatidagi tasviri ham aks ettirilgan. Shuningdek,
Varaxshaning boshqa devoriy rangli suratlarida podshoning qabul
marosimiga bag'ishlangan hashamatli ko‘rinishlari o‘rin oigan.
Saroydagi xonalardan biri qizil xona hisoblangan. Undagi qizil
rangli devorda rangtasvir ko‘rinishlar bo‘lib, ov manzarasi aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |