S. F. Abdirasilov



Download 7,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/293
Sana31.12.2021
Hajmi7,93 Mb.
#229494
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   293
Bog'liq
Tasviriy san at o qitish metodikasi (S.Abdirasilov)

S.Bottichelli. 
Nisbat kanoni.
0
0
F.Dyupyui modellari.
G.Golbeyn. Qoralamalar.
Bu  rassom-o‘qituvchilar 
0‘zlaridan 
aw al  o‘tgan  rassomlaming  tajribalari  va 
yutuqlarini  umumlashtirib,  talabalarni  shu 
asosda  o‘qitishga  harakat  qildilar.  Ular  o‘z 
faoliyatlarida  yorug'-soya,  kolorit,  rang, 
konstruksiya, 
anatomiya, 
perspektiva 
masalalariga  alohida e’tibor berdilar.  Ayrim 
tarixiy  va  san’atshunoslik  ma’lumotlariga 
qaraganda  A.Dyurer  tomonidan  bir  qator 
nazariy  va  amaliy  qo‘llanmalar  yaratilgan. 
Lékin  ulardan  ayrimlari  saqlanib  qolgan, 
xolos.
Akademik  tizimiga  ko‘ra  jiddiy  ilmiy 
bilimlarsiz 
rasm 
ishlashni 
o‘rganib 
bo'lmaydi.  Bolalar  rasm  chizish  orqali 
borliqni  bilib  boradilar.  Bu  sifat  har  bir 
shaxs  uchun,  u  qaysi  sohaning  mutaxassisi 
ekanligidan qat’i nazar zarur deb hisoblandi.
XVII-XIX 
asrlarda 
G‘arbiy 
Yevropa.  Keyinchalik  Baloni  akademiyasi 
ta’sirida 
Parijda, 
Venada, 
Berlinda, 
Madridda, 
Peterburgda, 
Londonda  ana 
shunday akademiyalar ochildi.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tasviriy  san’atni  hamma  umumiy  ta’lim  maktablarida  o‘qiti- 
lishining  foydali  ekanligi  buyuk  chex  pedagogi  Ya.A.Komenskiy 
tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi.
Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz 
olimi  J.J.Russoning fikrlari  diqqatga sazovordir.  U o‘zining «Емил  или 
воспитание»  nomli  kitobida  borliqni  bilishda  naturaga  qarab  rasm 
ishlashning  ahamiyati  katta  ekanligini  isbotlab  bergan.  Uning  fikricha 
rasm  chizishni  ko'proq  tabiat  qo‘ynida  amalga  oshirish  samaralidir. 
Chunki,  bolalar  tabiat  qo‘ynida  narsalami  haqiqiy  rangi,  perspektiv 
qisqarishlarini  ko‘rgazmali  ravishda o‘z  ko‘zlari  bilan  ko‘radilar,  uning 
qonunlarini ongli ravishda tushunib yetadilar.
Yevropa  pedagoglari  orasida  rasm  chizishni  umumiy  ta’lim 
maktablarida  alohida  o‘quv  predmeti  sifatida  o‘qitilishi  va  uni 
takomillashtirishda  I.V.Gyote  (Germaniya),  I.G.Pestalotssi,  I.Shmidt  va 
P.  Shmidt  (Shvetsariya),  A.  Dyupyui  va  F.  Dyupyuilar (Fransiya)  katta 
hissa qo‘shdiIar.
Umumiy  ta’lim  maktablarida  rasm  ishlashda  natural  metoddan 
ko‘ra  geometrik  metodlarni  afzalliklarini  N.Pestalotssi,  P.Shmidt  va 
I.Shmidt  kabi  pedagoglar yoqlab  chiqdilar.  Natijada,  maktablarda  rasm 
chizishga  o‘rgatishda  ikkita  qarama-qarshi  natural  va  geometrik 
metodga asoslangan  ikki  oqim paydo  boidi.  Naturaga asoslangan  rasm 
chizishni  ustunliklarini  Ya.A.Komenskiy,  J.J.Russo,  I.V.Gyotelar 
yoqlagan boisalar,  geometrik metodni  ko‘proq I.G.Pestalotssi, I.Shmidt 
va P.Shmidt, F.Dyupyuilar asoslashga harakat qildilar.
Lekin  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  geometrik  metod 
Yevropaning  ko‘p  mamlakatlarida  qoilanila  boshlandi.  Shunday  qilib,
XIX  asr  o‘rtalariga  kelib,  Yevropada  rasm  chizish  fan  tarzida  umumiy 
ta’lim  maktablarida  o‘qitilishi  ancha  rivoj  topdi.  Bu  sohada  rassom  va 
muallimlardan  tashqari  san’atshunoslar,  pedagog,  psixologlar,  shifokor- 
lar  shug‘ullana  boshladilar.  Rasm  chizishni 
0‘qitish  metodologiyasiga 
doir  bir  qator  adabiyotlar  nashr  etila  boshlandi.  Bu  borada  Kulman, 
Prang,  Eisner,  Baumgml,  Ausberg,  Braunshvig,  Tedd  kabilar jonbozlik 
ko‘rsatdilar.  Bular  tomonidan  yaratilgan  adabiyotlarda  rasm  chizish 
qoidalari,  uning  metodikasida  qarama-qai'shi  fikrlar  boisa-da,  biroq 
natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro‘y bermadi.

Download 7,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish