6-Ma`ruza Mavzu: Metallarni payvandlash usullari. Reja: Elektr-yoy yodamida payvandlash. Elektrod simlari va ulaming qoplamalari



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#228163
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-MARUZA(2)

Uzluksiz  ravishda  payvandlash.  Bu  usulda  yuzalarni  suyultirish  bilan 

payvandlashda  zagotovkalarni  payvandlash  mashina  qisqichiga  o`rnatishda 

oralig`ida  zazor  qoldirilib,  katta  kuchli  tok  zanjirga  ulanadi-da,  ularning  birini 

ikkinchisiga  yaqinlashtiriladi.  Bu  xolda  zagotovkalarni  avvaliga  kichik  yuzalar 

bo`yicha kontaktlantiriladi, ulardan tok o`tganda o`ta qizib eriydi va xatto qaynaydi 

ham.  Bu  holda  metallning  bir  qismi  magnit  maydoni  ta`sirida  tashqariga  otiladi 

ham . Qachonkim payvandlanuvchi yuzalar tozalanib tekis suyuqlangach, ular bir-



biriga  bir  muncha  kattaroq  bosimda  bosiladi.  Bu  usuldan  bir  xil  tipdagi 

zagotovkalarni payvandlashda keng foydalaniladi. 

Payvandlash  joylarini 

uzlukli  suyultirib  payvandlash.  Bu 

usulda 

zagotovkalarni  payvandlash  mashinasining  qisqichiga  o`rnatib  tok  zanjiriga  tokni 

ulash  bilan  ular  bir-biriga  qisqa  vaqt  ichida  bir  necha  bor  kontaktlab  ajratiladi. 

Zagotovkani                        payvandlash  yuzi  to`la  suyuqlangach,  tok  zanjiri  uzilib, 

zagotovkalar birini ikkinchisiga ma`lum vaqt bosim ostida siqib      payvandlanadi. 

Payvandlash  jarayonida  payvandlash  joyidagi  suyuqlangan  metallning  bir  qismi 

oksidlar va boshqalar bilan birga tashqariga siqib chiqariladi. 

Nuqtali  payvandlash.  Bu  usuldan  qalinligi  0,5—5  mm  gacha  bo`lgan 

metallarni  ustma-ust  qilib,  nuqtalar  bilan  payvandlashda  keng  foydalaniladi. 

Buning  uchun  metall  listlarning birini payvandlash  mashinasining pastki elektrodi 

ustiga,  ikkinchi  listni  uning  ustiga  qo`yib,  ustki  elektrodni  unga  tushirib,  ma`lum 

bosim bilan siqilgach, zaruriy tok zanjirga yuboriladi. (6.11-rasm, a). Katta kuchli 

tok  kontakt  nuqtalardan  o`tishida  payvandlanuvchi  zagotovkalarning  ustki  qismi 

ichki  qatlamiga  ko`ra  sekinroq  qiziy  borishi  sababli  listlarning  elektrod  bilan 

kontaktli  yuzalari  kontakt  nuqtaga  yondashgan  zonalari  yuqori  plastik  holatga 

o`tganda o`zagi suyuqlanadi. 

 

6.11-rasm. Nuqtali payvandlash sxemasi: 



(a)-ustma-ust  payvandlash:  1-transformator;  2-chok;  3,4-elektrodlar;  5,6-

payvandlanuvchi listlar; 

(b)-bir tomonlama nuqtali payvandlash: 1-ustki list; 2-ostki list; 3-o`rindiq;  

(v)-normal ish siklogrammalari. 

 

Bunda  suyuqlangan  o`zak  metalli  bosim  ostida  kristallanib,  nuqta  bo`yicha 



payvandlanadi,  keyin  esa  zarur  bo`lsa  boshqa  joyini  payvandlash  uchun  ustki 

elektrod  ko`tarilib,  payvandlash  joyi  elektrod  tagiga  surilib,  jarayon  takrorlanadi. 




Elektrodlar  soniga  ko`ra  bir  vaqtda  bir  va  bir  necha  nuqtalar  payvandlanishi 

mumkin. 


6.11-rasm,  (b)da  bir  tomonlama  o`rnatilgan  elektrodlar  bilan  payvandlash 

ko`rsatilgan.  Tok  ustki  va  pastki  listlar  1  va  2  orasida  taqsimlanish  i  hisobiga 

listlarni payvandlash joyi zarur temperaturaga qiziydi. 6.11-rasm, (v) da normal ish 

sikli  diagammasi  keltirilgan.  Nuqtali  payvandlashda  sifatli  choklar  olish  uchun        

payvandlash  joylari  zang,  moy,  bo`yoq  va  boshqa  kirlardan  tozalanadi,  bir-biriga 

tekis  yotishi  lozim.  Odatda  bu  usulda              payvandlashda  uglerodli  va  kam 

legirlangan  po`latlarni  nisbatan  kichik  zichlikdagi  tokda  (80—150  А  •  mm

2

), 



kichik  bosimda  (15—40  MPa)  va  0  ,5  —3  soniyada  tekis  qizdirib  payvandlanadi. 

Ko`p  legirlangan  po`latlar,  alyuminiy,  mis  va  ularning  qotishmalarini  kattaroq 

zichlikdagi tokda (160 -400 А mm

2

), kattaroq bosimda (100—150 MPa), 0,1 —1,5 



soniyada tekis qizdirilib payvandlanadi.  


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish