Buxgalteriya hisobi korxonaning moddiy va pul resurslari harakatini
hisobga oladi. U korxona mulkini qo`riqlashdagi muhim quroldir. Buxgalteriya
hisobining xususiyati shundaki, u boshlang’ich hujjatlarga asoslanib,
korxonaning moddiy va moliyaviy resurslaridagi har bir o`zgarishni pulda
hisoblab, ikki yoqlama yozuv yo`li bilan hisobda qayd qiladi. Buxgalteriya
hisobi korxonaning xo`jalik faoliyati natijalarini aniqlash va xo`jalik hisobini
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uning eng umumlashgan pirovard natijasi
buxgalteriya balansidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |