O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/75
Sana31.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#227994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
mashina choklarining klassifikasiyasi mavzusidagi mashgulotlarni otish uslubini ishlab chiqish

Ziy choklar. Ziy choklar yoqa, yoqa o‘mizi, bortlar yeng va yeng o‘mizi va 

xakozolarni  ishlatishda  detallarning  qirqimlarini  titilishdan  asrash  hamda  bezash 

maqsadida ishlatiladi. Ziy choklarga bukma chok va mag‘iz choklar kiradi. 

 

Bortlar,  yoqalar,  cho‘ntak  qopqoqlari,  manjetlarnin  chetlarini,  yenglarning 



uchlarini ishlashda   ham biriktirma choklar ishlatiladi. Detallar ulangandan ya‘ni 

biriktirilgandan so‘ng detalni o‘ngiga ag‘darish operasiyasi bajariladi. Bu xollarda 

ikki  detalni  choklarini  chetda  joylashtirib  ulash  operasiyasi  «Detal  chetlarini 

ag‘darma choklash» deb ataladi. 

 

Ag‘darma chok solish uchun ikki detal o‘ngiga ichkariga qaratib qo‘yiladi, 



qirqimlari  tekislanadi  va  chetidan  0,5-0,7  sm  masafada  baxyaqator  yuritiladi, 

so‘ngra  chok  xakininng  ortiqchasi  kirqilib  detallar  o‘ngiga  agdariladi.  Bir  detal 

ziyini ikkinchi detal ziyidan 0,1-0,3sm chiqarib, kant yoki eni 0,4-0,6 sm li ramka 

hosil  qilib,  yo  bo‘lmasa,  chokni  detal  ziyiga  aniq  keltirib  ziy  tekislanadi,  yoki 

kkklanadi.  

 

Cho‘ntaklarni  ishlashda  murakkab  ramkali    ag‘darma  choklash  usuli 



mashinalaniladi. Bunday chokni tikish uchun asosiy detalni o‘ngiga mag‘iz o‘ngini 

pastga  qaratib  qo‘yiladi,  uning  chetlari  cho‘ntakning  belgilangan  chiziqlariga 

tug‘irlanadi va biriktirib ulanadi. Chokning eni 0,4-0,6sm. 

 

Chok  ikki  tomonga  yotqiziladi,  ag‘darma  chokning  qirqimi  dazmollanadi, 



mag‘iz o‘ngiga ag‘dariladi, shunda ramka hosil bo‘ladi. U mag‘iz tikilgan chokka 

tikiladi,  yoki  asosiy  detalni  qayirib  ichki  tomondan  tikiladi.  Ramkani  eni  0,4-0,6 

sm. 

 

Bukma  chok  ochiq  va  berk  qirqimli  bo‘ladi.  Ochiq  qirqimli  bukma  chok 



adipning  ichki  chetlarini,  yoqa  o‘mizi,  etak  va  yeng  uchlarining  mag‘izlarini, 

shuningdek  yengil  kiyimdagi  bezak  detallar  chetini  ishlashda  mashinalaniladi. 




 

12 


Detallning  qirqimi  teskarisiga  0,5-0,7  sm  bukiladi,  bukilgan  ziyidan  0,1-0,3  sm 

baxyaqator yuritiladi yoki 0,2-0,4 sm kenglikda maxsus mashinadi tikiladi. Quyma 

burmalar,  valanlar,  yoqalar  va  boshqa  detallarni  maxsus  mashinada  tikishda 

choklarning eni 0,2-0,7 sm bo‘lishi kerak. Ko‘p qavatli gazlamalardan tikiladigan 

buyumlarda yoqa, bort va etak chetlarini ishlashda chokning eni modelga bog‘liq 

bo‘ladi.  Berk  qirqimli  bukma  chok  shoyi  va  ip  gazlamalardan  tikiladigan 

ko‘ylaklar  bluzkalar  etagini,  yenglar  uchini  bukib  ishlash  uchun  mashinalaniladi. 

Detalning  qirqimi  teskarisiga  0,7-1  sm  buqiladi  so‘ngra  modelda  ko‘rsatilgan 

kenglikda  yana  buqiladi  va  bukilgan  ziyidan  0,1-0,2  sm  masofada  biriktirish 

mashinasida qayirib baxyaqator yuritiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Жиякли 



Берк қирқимлин 

Очиқ қирқимли 

Астарни қўшиб 

тикиш 

Берк қирқимлин 

 

Очиқ қирқимли 

 

Мураккаб рамкали 

Оддий рамкали 

Мағизли чок 

М

ағ

из

ли

 ч

ок

 

Букм

а

 

А

ғдарм

а

 

З И Й  Ч

 О К 

Л А Р

 



 

13 


 

Mag‘iz choklarning ochiq qirqimli berk qirqimli va jiyak xillari bor.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ustki detallardan kant hosil  

 

 

Bezak baxyaqatorli  



qilib ag‘darma chok hosil qilish 

 

ag‘darma chokni tikish   



 

 

 



 

 

 



 

 

Yashirin qaviqli mashinada tikilgan bukma chok 



 

Ochiq  qirqimli  mag‘iz  chok  ust  kiyim  masalan,  yubka  etagini,  shim 

pochasini  titilishdan  asrash  va  qirqimlarnri  bezash  uchun  ishlatiladi.  Yo‘rma 

qirqimli  mag‘iz  chok  yengil  kiyim  tikishda  chunonchi  yeng  va  yoqa  o‘mizlarini, 

qoplama cho‘ntaklarning chetlarini ishlashda mashinalaniladi.  

Asosiy  detalni  o‘ngiga  kundalang  yoki  bo‘ylama  ipi  bo‘yicha  qiya 

yo‘nalishda  bichilgan,  eni  2-2,5  sm  li  gazlama  bo‘lagi  o‘ngini  ichkariga  qilib 

qo‘yiladi,  asosiy  detal  bilan  gazlama  bo‘lagi  qirqimlari  bir  biriga  tekislanadi  va 

chetidan  0,3-0,4  sm  ichkaridan  baxyaqator  yuritiladi  so‘ngra  chok  qirqimlarini 

gazlama  bo‘lagi  bilan  aylantirib  o‘rab  chok  eniga  teng  kant  hosil  qilinadi.  Kant 

gazlama  bo‘lagini  ulash  chokiga  yoki  undan  0,1  sm  ichkaridan  mashinada  tikib 

puxtalanadi. 




 

14 


Berk qirqimli mag‘iz chok maxsus moslamali mashinada tikiladi. Moslama 

qirqimlarini  ichkariga  bukib  ulanadigan  gazlama  bo‘lagi  asosiy  detal  qirqimini 

puxta kamrashga imkon beradi. Bunday chok bitta baxya katjor bilan tikiladi. Agar 

maxsus moslama bo‘lmasa bu chok ikkita baxch qator bilan tikiladi. Mag‘iz asosiy 

detal  teskarisi  o‘ngini  ichkariga  qilib  qo‘yiladi,  qirqimlari  tekislanib,  ulanadi. 

Tikilgan  bo‘lak  detalning  o‘ngiga  agdariladi  va  chok  berkitiladi.  Bo‘lakning 

qirqimi  ichkariga  bukib  bukilgan  ziyidan  0,1  sm  masofada  mashinada  bostirib 

tikiladi. 




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish