mashinaning platformasidagi byelgilangan joyga vint bilan maxkamlanadi (4-
rasm). Tyepki tagiga gazlamani qo‗yib o‗ngini ichiga olib tikib chiqiladi va
63
Mashina ishlarini o’zlashtirishning asosiy usullari
Mashina ishlarini bajarishning asosiy usullarini o‘zlashtirish ish vaziyatini
o‘zlashtirishdan boshlanadi. To‘g‘ri ish vaziyati, ya‘ni ishlayotgan paytda
ishchining to‘g‘ri o‘tirishi yoki turishi uning kayfiyatiga yaxshi ta‘sir qiladi va
mehnatni osonlashtiradi.
Stul mashinaning igna yurgizgichi qarshisiga aniq qo‘yilishi lozim. Tikuvchi
to‘g‘ri o‘tirish, gavdasi stol chetidan 10-15 sm narida turishi, ishalanayotgan detal
bilan ko‘zi orasidagi masofa taxminan 30 sm bo‘lishi lozim.
Mashina panjalari mashina platformasida turg‘un turishi tirsaklar stol sathida
bo‘lishi kerak. O‘ng oyoq biroz oldinroq qo‘yilishi va chap oyoq esa pedalning old
chetiga yakinroq turishi zarur.
Ish vaziyati noto‘g‘ri bo‘lsa, ishchi tez charchab ish unumi pasayib ketadi.
Ustki ipni o‘tkazib va mokini naychaga taqib, pastki ip yuqoriga chiqariladi.
Buning uchun ustki ipning uchini ushlab turib, igna oxirigacha tushiriladi, so‘ngra
igna ko‘tariladi va pastki ip tortib chiqariladi.
Baxyaqatorning sifatli chiqishi ustki, pastki iplarning tarangligiga bog‘liq.
Agar ikkala ip bir xil taranglikda tortilsa, gazlamaning ikkala tomonidan baxyalar
bir xil o‘lchamda chiqadi. Agar ustki ip pastkisidan tarangroq tortilsa gazldama
o‘ngida moki ipidan halqalar hosil bo‘ladi. Agar pastki ip ustkisidan tarangroq
tortilsa gazlama teskarisidan igna ipidan halqalar hosil bo‘ladi. Ikkala xolda ham
iplarning tarangligini rostlash kerak.
Ip bilan biriktirishdan tashqari yelimli, payvandli, parchinli, quyma kabi
biriktirish usullari mavjud.
Yelimlab biriktirishda buyum ximiyaviy va termik usulda yelim yordamida
biriktirib hosil qilinadi.
Payvandlab biriktirish-bunda birikma termoplastik metallarni ultratovush
yoki yuqori chastotali qurilmalarda payvandlab hosil qilinadi.
Parchinli birikma-bunda birikma maxsus fo‘rnitura yordamida mexaniq yoki
termik usulda hosil qilinadi.
64
Quyma birikma - bunda birikma sintetik tolalarni termik klassifikasiyalab
hosil qilinadi.
Chok tikish sifati operasiyalarini bajarish texnik shartiga rioya qilishga
bog‘liq.
Chok eni va uning tuzilishiga bog‘liq. Chok sifati mashinada tikish
qoidalariga va operasiyalarni bajarish texnik shartlariga rioya qilishga bog‘liq.
Chok tikish uchun texnik shartlar modelning texnik tavsifida yoki boshqa
normativ-texnik hujjatlarida beriladi. Har bir ish o‘rnida ish sifatini texnologik
konstruksion kartaga muvofiq tekshirish mumkin kerak. Titilmaydigan gazlamadan
tikiladigan kiyim detallariga quymalar ulashda esa 1,0 sm shaklida olinadi.
Shakldor choklarni tikishda gazlamalarning burchaklari shunday kertib
qo‘yiladiki, bunda baxyaqator kertiklardan 0,1 sm ichkariroqdan o‘tadigan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: