Ideal konturdagi tok kuchi (a) va kuchlanishning (b) vaqt diagrammasi.
Shunday qilib, tebranish konturining ishlash prinstipi kondensator koplamalari orasida to’planadigan
elektr maydon energiyasining induktivlik g’altagining magnit maydon energiyasiga va aksincha,
magnit maydon energiyasiningelektr maydon energiyasiga uzluksiz aylanib turishiga asoslangandir.
Bu erda energiya almashinuvini tutib turuvchi kuch bo’lib induktivlik g’altagida hosil bo’ladigan
o’zindukstiya EYuK hisoblanadi. Konturdagi bunday tebranishlar xususiy yoki erkin tebranishlar
deyiladi.
Tebranish konturidagi erkin tebranishlar.
Energiya nobudgarchiligi bo’lmaydigan ideal kondensator va induktiv g’altagidan iborat
zanjirda ro’y beruvchi prosteslarni ko’rib chiqamiz. K kalitni ajratib, K
1
kalitni ulaymiz va
kondensatorni o’zgarmas tok manbai orqali zaryadlaymiz. So’ngra K
1
kalitni ajratamiz va K
kalitni ulaymiz. Kondensator induktivlik g’altagi orqali zaryadsizlana boshlaydi. Bundan oldin
induktivlik g’altagida tok bo’lmaganligidan EYuK ta’siri natijasida tok sekin–asta nol
qiymatidan boshlab orta boshlaydi kondensatordagi kuchlanish esa kamayadi. Bunda
kondensator elektr maydonining energiya zaxirasi kamayadi, g’altak magnit maydonining
energiya zaxirasi esa ortadi.
Kondensatordagi kuchlanish nolga qadar tushganida kondensator elektr maydonining
butun energiyasi g’altak magnit maydoni energiyasiga o’tadi va maksimum qiymatga etadi.
G’altakdagi tok sakrab-sakrab to’xtay olmaganidan, u kondensatorni qayta zaryadlagan holda,
ya’ni uning qoplamalarini oldingi ishoralarga nisbatan teskari ishorali zaryadlar bilan
zaryadlagan holda cekin asta pasayadi.
Tok nolga qadar tushganda magnit maydonning butun energiyasi kondensator elektr
maydonining energiyasiga o’tadi, kondensatordagi kuchlanish esa prostess boshida qanday
bo’lgan bo’lsa, shu holicha qoladi, lekin ishorasi teskari bo’ladi. So’ngra hodisa yana
takrorlanadi, lekin zaryadlanish qarama-qarshi yo’nalishda ro’y beradi.
Shunday qilib, zanjirda navbatma-navbat kondensator maydonining energiyasi g’altak
magnit maydonining energiyasiga va, aksincha, g’altak magnit maydonining energiyasi
kodensator elektr maydonining energiyasiga o’tadigan so’nmas elektr tebranishlari ro’y beradi.
Shuning uchun kondensator va induktiv g’altakdan iborat bo’lgan bunday zanjir tebranish
konturi deb ataladi. Ideal konturda elektr energiyasi yo’qolmaganliga sababli prostess cheksiz
davom etadi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan konturdagi tebranishlar prostessi erkin tebranishlar deb ataladi,
chunki ular zanjir elementlaridan birida bo’lgan ma’lum energiya zaxirasi tufayligina tashqi kuch
ta’sir etmagan holda bo’lib o’tadi. Konturdagi tok va kuchlanish sinusoidal qonun bo’yicha
o’zgaradi, lekin fazalari bir-biriga nisbatan 90
0
siljigan bo’ladi.
Konturda induktivligi va sig’imi ortgan sari tebranishlar davri ham ortadi, sababi
konturning induktivligi qancha katta bo’lsa, tokning o’zgarishi shuncha sekin ro’y beradi va
sig’im qancha katta bo’lsa, kondensatorni qayta zaryadlash uchun shuncha ko’p vaqt talab
qilinadi.
Yuqorida nobudgarchiligi bo’lmagan konturdagi tebranish prostesslarini ko’rib chiqdik.
Biroq real konturlarda simlar va dielektrikni qizdirish, to’lqin tarqatish uchun qaytarib
bo’lmaydigan energiya nobudgarchiligi hamisha ro’y beradi va bu hol elektr tebranishlar
amplitudasining cekin-asta kamayib borishiga, boshqacha qilib aytganda, ularning so’nishiga
sabab bo’ladi. Kontur hisoblanayotgan paytda u konturdagi nobudgarchilikning barcha turlari-
ga sarflanadigan energiya miqdorini iste’mol qiladigan nobudgarchilikning aktiv qarshiligi r
k
ga ega
bo’ladi, deb taxmin qilinadi.
Konturda dastlab zaxira qilinib olingan energiya qismi tebranishlar davrida qancha ko’p
yo’qolsa, ya’ni to’lqin qarshiligi qancha katta bo’lsa, konturdagi tebranishlar ham shuncha tez so’nadi.
Kontur to’lqin qarshiligining konturdagi nobudgarchilik qarshiligiga bo’lgan nisbati konturning sifatliligi
deb ataladi.
Sifatlilik qancha katta bo’lsa, bir xil chastotadagi xususiy tebranishlar bo’lgan konturlardagi erkin
tebranishlar shuncha sekin so’nadi. Radiotexnikada ishlatiladigan konturlar odatda 50 bilan 300 o’rtasida
bo’ladigan sifatlilikka ega. Agar tebranish konturuga elektr energiya induktivlik yo’li bilan berilsa, u
vaqtda o’zindukstiyali g’altak, kondensator va EYuK manbai ketma-ket ulanadi. Ma’lumki, bu hol uchun
kuchlanish rezonansi kuzatiladi. Konturda tok kuchining amplitudasi Om qonunuga asosan o’zgaruvchan
tok zanjiri uchun quyidagicha aniqlanadi:
2
2
)
1
(
Do'stlaringiz bilan baham: |