Адабиётлар рўйхати:
1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 - йил 26 -
февралдаги “2016-2020 – йилларда хизматлар соҳасини ривожлантириш
дастури тўғрисида”ги 55-сонли қарори.
2. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 - йил 15 -
мартдаги “Ўзбекистон Республикасида туризм соҳасини янада қўллаб-
қувватлаш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўгрисида”ги 137-сонли қарори.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi 2017-2019
yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini jadal rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g’risida gi PQ-2980-sonli qarori.
4. Андреев М.С., Чехович О.Д. Арк Бухары. Издательство «Дониш».
Душанбе.1972.218с.
5. «Бухоро». Қисқа луғат, Т. 1958 йил.223 бет.
6. Маньковская 3. Л. «Бухоро». Т., Ғ. Ғулом нашриёти, 1991.
7. Наршахий М. Бухоро тарихи. Т. “Шарқ машъали” журналига илова “Шарқ
баёзи” 1993.125 б.
8. Ремпель Л. «Бухоро. Яқин ва узоқ». Т., Ғ. Ғулом нашриёти, 1981.
9.
http://www.constanttour.ru/
10.
http://www.goperu.ru/
11.
http://www.tourism.com/
12.
http://www.Betakrorbuxoro.uz
13.
http://www.Buxoro.uz
14.
http://www.Bukhara-museum.uz
207
15. http://www.Uzbekmuzey.uz
Xudayberdiyeva Sh.G.
Buxoro shahri, O`zbekiston Respublikasi
MINTAQALAR MISOLIDA TA`LIM, AN`ANA VA UDUMLAR,
HUNARMANDCHILIKNING TURIZM SOHASIDAGI O`RNI
Turizm necha ming yilliklar davomida rivojlanib, takomillashib kelayotgan
qadimiy faoliyat turlaridan biridir. Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz
ham turli maqsadlarda turizmni amalga oshirishgan: diniy, ilmiy, tijorat, sayohat va
boshqa bir qancha maqsadlarda. Barchamizga ma`lumki, hozirgi kunda turizm
iqtisodiyotning eng serdaromad va jadal sur’atlarda ildam o`sib borayotgan
sektorlaridan biriga aylanayapti. BAA misolida olib qaraydigan bo’lsak, yaqin 50-60
yil ilgari bu davlat jahonga mashhur emas edi, insonlar bu davlat haqida na tushuncha
va na tasavvurga ega emas edilar. Faqatgina o`zining neft-gaz, platina, mis, temir
rudalari kabi foydali tabiiy zahiralari orqali kun kechirgan va boyigan. Ammo hozirgi
kundachi? Hozirda Dubai shahri yirik turistik salohiyatga ega shaharlardan biridir.
Endilikda BAA tabiiy konlari yordamida emas, balki dunyoga nom taratgan
destinatsiyalariga kata turistik oqimdan tushayotgan daromad ya`ni turizm yordamida
“hayot kechiryapti” desak mubolag`a bo`lmaydi. BAАda “Holiday Inn”,”Hyatt
hotels”,”Howard
Johnson”,”Jumeirah
hotels&resorts”
kabi
mehmonxon
zanjirlarining sanoqsiz filiallari mavjud bo`lib, o`z faoliyatini hozirgi kunga qadar
yuritib kelyapti
[1]
. Ammo nima sabab O`zbekistonda xalqaro maqomdagi
mehmonxona zanjirlari mavjud emas, qanday kamchiliklar bor mamlakatimizda?
Qanday sa`y-harakatlar, qanday omillar ta`sirida BAA bunday yuksak natijaga
erishdi? So`nggi 2015-yilgi statistik ma`lumotga nazar solsak, BAAga 14,2mln turist
tashrif buyurgan va bu ko`rsatkich o`tgan yilgiga nisbatan 7,5%gа oshgan
[2]
. Nega
ko`hna va boy tarixga ega bo`lgan, azal-azaldan qad ko`tarib kelayotgan nodir va
durdona tarixiy yodgorliklarimiz, noyob obidalarimiz, madaniy meroslarimiz ,turizm
rivojlangan sohaga aylantirish uchun ulkan potensialga ega bo`la turib, bundan
unumli foydalana olmaymiz? Bugungi kunda barcha obidalarimizning umumiy soni
7000dan ziyod va ulardan 400tasi UNESCO muhofasi ostidadir. O`zbekistondagi
turistlar tashrif buyuradigan shaharlar tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Bizning
mamlakat uchun turizm sohasi endi yuksalib kelayotgan, iqtisodiyotning “yosh”
tarmoqlaridan biridir, uning ajralmas bir bo`lagidir. Tabiiyki bu sohada mutaxassislar
ham kam. Menga- turizm yo`nalishida tahsil olayotgan yosh kadr sifatida juda yaxshi
ma`lumki turizm yo`nalishi yangi va yosh soha bo`lganligi sabab, bizga dars
beradigan o`qituvchilarning aksariyati ham aynan turizm sohasi vakillari emas.
Ammo bizga turistik oqimni kengayirish, turistlar e`tiborini jalb qila oladigan
darajada turistik mahsulot yaratish, O`zbekistonda mavjud bo`lgan mavsumiylikni
yo`qotish, turizmni barcha shakllarini yaratish va ularni rivojlantirish istiqbollarini
to`g`ri rejalashtirib, imkon qadar potentsialimizdan maksimal ravishda foydalanish
uchun bizga yetarli bilim va ko`nikmani yetkaza oladigan mutaxassislar, aynan
turizm sohasi vakili bo`lishlari kerak emasmi? Mening nazarimda ta`lim tizimiga
o`zgartirish kiritish kerak, rivojlangan mamlakatlar andozasi asosida biz ham o`z
modelimizni yaratishimiz darkor.
208
Chetki fanlarni qisqartirib, mutaxassislik fanlarini ko`paytirsak, amaliy
mashg`ulotlar sonini orttirsak, mutaxassislik fanlarini yaxshi o`zlashtirgan talabalani,
o`z ustida ishlab, yangilik kiritgan o`qituvchi-kadrlarni chet davlatlarga imtiyozli
ravishda bilim va ko`nikmalarni almashish maqsadida o`qishga yoki bo`lmasam
malaka almashinish uchun o`qishga, amaliyotga yuborilsa, bizga aynan to`g`ri
yo`nalish bera oladigan professionallarni vaqtincha jalb qilib, ular tomonidan
seminar-treninglar o`tkazilib, ish jarayonini o`rgansak foydaga muvofiq bo`ladi.
Bizga dars beradigan o`qituvchilarning o`zlari ham nafaqat nazariya balki amaliy
ko`nikmalarga ega bo`lishsa ko`zlangan maqsad sari ildamlaymiz, ya`ni ular dars
berishdan tashqari shu soha bilan bevosita bog`liq faoliyat turi bilan shug`ullanishsa,
amalda tadbiq etishsa yanada samaraliroq bo`ladi. Turizm infratuzilmasi keng
tushuncha bo`lib, bir necha sohalarni qamrab oladi. Shu jumladan, asosiylari: restoran
servisi, mehmondo`stlik sanoatidir. Bu fanlarni o`zlashtiryapmiz ammo bizga
restoran servisi bo`yicha amaliy mashg`ulotlar o`tilmaydi. Meni taklifim, universitet
doirasida bunday amaliyotni o`tkazish imkoiyatiga ega bo`lishimiz uchun
laboratoriya xonalari tashkillashtirilishi kerak. U xonada restoran servisi uchun zarur
barcha anjomlar bilan ta`minlansa, yanada chuqurroq o`rganar edik va kengroq
tushunchaga ega bo`lar edik. Yoki universitet “Yoshlar Ittifoqi” bilan hamkorlikda
kichik turistik firma ochib, uyerga aynan “Turizm” fakulteti talabalari jalb qilinsa,
talabalarning o`zlari tur mahsulot yaratishsa, talabalar qo`llab-quvvatlansa, bu ham
talabalarga yaratilgan imkoniyat bo`lgan bo`lar edi va ular keyinchalik ya`ni o`qishni
tugatishgach anchagina ko`nikma va amaliyotga ega bo`lishar edi.
Respublikamiz bo`yicha “Turizm” kolleji faqatgina uchta viloyatda mavjud
edi: Toshkent shahri,Urganch shahri va Buxoro shaharlarida. Lekin hozirgi kunda
respublikamiz bo`yicha Toshkent turizm kasb-hunar kolleji, Toshkent turizm va
biznes kasb-hunar kolleji, Urganch tadbirkorlik va turizm KHK, Samarqand turizm
va xizmatlar sohasi KHK, Nukus turizm va servis KHK, Anijon turizm va xizmatlar
sohasi KHK, Zomin pedagogika va turizm KHK, Qarshi xizmatlar sohasi KHK,
Termez axborot texnologiyalari va turizm KHK, Angren turizm va mehmonxona
xo`jaligi KHK, kabi kollejlar foaliyat ko`rsatyapti
[3]
. Yuqoridagi barcha kollejlar
2017-18 - o`quv yilida qayta ixtisoslashtirildi. Avvaliga uchtagina bo`lgan bo`lsa,
endilikda bu yo`nalishdagi kollejlar soni ortgan. Bunga sabab, Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning 02.12.2.16-yildagi “O`zbekiston Respublikasining turizm
sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi
farmonining
“Turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo`nalishlari
etib belgilangan” 1-bandida keltirilgan : “Turizm tarmog`i uchun, ayniqsa menejment
va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish” punktining ulkan hissasi bor
[4]
. Ko`rinib turibdiki, turizm
sohasidagi ta`lim yo`nalishiga ham salmoqli e`tibor qaratilyapti va yaqin 4-5 yil
ichida malakali kadrlar yetishib chiqadi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimdek, O`zbekiston necha ming yillik o`tmishga ,
ko`hna va boy tarixga ega go`zal mamlakatdir. O'zbekiston xalqlarining o'ziga xos
madaniyati miloddan avvalgi IV asrda sivilizatsiyaning boshlanishi davrida
shakllangan
[5]
. Diyorimizda asrlar davomida nafaqat o`zbek xalqining balki shu
zaminda turli davr va dinlarning ham urf-odatlari, an`analari saqlanib qolingan va
209
milliy urf sifatida shakllanib kelyapti. O`zbekistondagi har bir voha, viloyat hattoki
qishloqlarda ham milliy urf-odatlarimiz haligacha saqlangan va ular o`zida o`zbek
xalqining ongi va madaniyatini mujassam etadi.
O`zbeklarning ko`p asrlik madaniyati, urf-odatlari necha zamonlardan buyon
ajdodlarimiz,momolarimiz tomonidan asrab kelinmoqda va avloddan avlodga
yetkazish, o`zligimizni yo`qotmaslik uchun zamonaviy hayotga keldi. O`zbeklarga
xos urflar sanoqsizdir. Ulardan biri an`anaviy choy ichish joyi-ya`ni mahalla-
guzarlardagi choyxonalarda yoshi ulug` bobolarimiz, dadalarimiz bir piyola choy
ustida, osh pishirib yig`ilishlarini aytishimiz mumkin. Asosan choyxonalar suvli
joylarda, serdaraxt, sersoya joylarda quriladi. Yurtimizning har bir nuqtasi,
go`shasida o`zining mahalliy an`analari bor. Surxon vohasidagi eng mashhur tadbir:
ko`pkari{uloq,buzkashi} hisoblanadi. Bu milliy o`yin odatda bahor va kuzda kuchli,
mard va jasur yigitlar o`rtasida uyushtiriladigan o`yin hisoblanadi. O`yinda epchil
yigitlar qo`zichoq yoki echki uchun kurashishadi, g`olib marraga raqibiga o`ljani
olishga imkon bermagan tarzda yetib kelishi kerak. O'yinga oldindan va puxtalik
bilan tayyorlanishadi. Dastlab, siz otni tanlashingiz kerak, u tezkor , past bo`yli va
chidamli bo'lishi kerak. O'yin uchun tayyorgarlikning keyingi bosqichi - kiyim
tanlash. Ishtirokchilar odatda, o'zlari uchun paxta chopon va qalin paxtalik shim
tanlashadi. Bunday tanlovga sabab, qatnashchilar qizg`inlik bilan bir-birlariga qamchi
orqali urishlari mumin[o`yin qoidalariga zid emas] va paxtalik kiyimlar yaxshi
himoya hisoblanadi. Epchil yigitlar g`olib bo`lishgach qishloq oqsoqoli yoki hurmatli
mehmon ularga sovg`ani taqdim qiladi. Qadimda sovg`a tariqasida : gilam.,
qimmatbaho matolar, buqalar, qo`y va echki berilgan bo`lsa, hozirgi kunda qimmat
maishiy texnika hattoki avtomobil ham bo`lishi mumkin
[6]
.
manba:Advantour.com
Milliyligimizga xos bo`lgan odatlarimizdan : beshik to`yi, xatna to`yi, kelin
salom xna qo`yish marosimlari, dorbozlar namoyishi, kurash tushishlarni ham misol
qilish mumkin.
Xatna to`yi-bu mahalliy tilda “sunnat to`yi”dir. Odatda o`gil farzand ko`rgach,
farzndning otasi yaqin qarindosh, yoru-birodarlari orasida to`y qilib, nishonlaydi.
Beshik to`yi odatda bolaning tug'ilganidan keyin, yettinchi, to'qqizinchi, o'n birinchi
va qirqinchi kuni amalga oshiriladi. Kelin tomondan boy bezatilgan beshik va
chaqaloq uchun kerakli aksessuarlar, shuningdek chaqaloq uchun turli kiyimlar,
o'yinchoqlar keltiriladi. Yana bir o`zgacha marosim- bu “Salla bog`lash” marosimi
hisoblanib, mamlakatning ba`zi vohalariga xos b`olib, bu qizning onasi tomonidan
uyushtiriladigan marosimdir, mohiyati shundan iboratki, qizi farzand ko`rgach onasi
210
farzandi uchun uyushtiradigan bayramdir. Bu udum quyidagicha amalga oshiriladi:
xonaga ko`rpacha yozilib, yosh ona shu yerga boshlab kelinadi, dindor,taqvodor ayol
yosh onani kiyintirib, boshiga salla bog`laydi, ona uchun kerakli bo`lgan barcha
kiyimlarni qizning onasi taqdim qiladi[sovg`a]. kiyimlar bayramona,bezakli bo`lishi
kerak. Shundan so`ng yosh ona barcha zaifalarga,so`ngra otasi,turmush o`rtog`iga
salom beradi. Shu bilan bu marosim o`z nihoyasiga yetadi
[7]
.
Do'stlaringiz bilan baham: |