Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»


shu asosda yosh hunarmandlarning viloyatlar bo’ylab tajriba  almashishlarini amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.  



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

 
shu asosda yosh hunarmandlarning viloyatlar bo’ylab tajriba 
almashishlarini amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 

 
Hunarmandlarning ijodiy ko’rgazmalariga ko’proq yoshlar qatlamini 
jalb etish; 

 
Hunarmandlar festivalini keng miqyosda o’tkazish, uning nufuzini 
oshirish. 
Mamlakatimiz turizmi uchun rivojlantirilishi kerak bo’lgan yo’nalishlardan biri 
bu yoshlar turizmi hisoblanib, mazkur yo’nalishni turli sohalar orqali keng 
tarqalishiga imkon va qulayliklar yaratish muhim vazifalardan biridir. Bu o’rinda 
hunarmandchilikka e’tibor qaratish ahamiyatga molik. Xususan, hunarmandchilik 
maktablari bo’ylab tashkillashtiriladigan tur-sayohatlar har qanday yoshlarni jalb eta 
olishiga aminmiz. Birgina Buxoro viloyatining hunarmandchilikdagi salohiyati shu 
toifadagi sayohatlarni tashkil etish uchun asos bo’la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
www.betakrorbuxoro.uz
 
2. 
www.yi.uz
 
3. 
www.uza.uz 
Kurbanova M.X. 
O’zbekiston, Buxoro 
BUXOROI SHARIFNING TABARRUK ZIYORATGOHLARI BO’YLAB 
 
“Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli 
tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega 
bo’lgan davlat hisoblanadi… Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi 
muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “kichik 
haj” dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur”. 
 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 
2017 yil 19 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 
“2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini tezkor 
rivojlantirish dasturi”ga bag’ishlangan Prezident Qaroriga imzo chekdi. Qarorda 
Buxoro viloyatining turistik potensialini hisobga olgan holda turli chora-tadbirlar 


196 
ishlab chiqilgan. Jumladan, yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmalarini 
qurish, umumiy ovqatlantirish tizimini takomillashtirish va turistlarning kechki bo’sh 
vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratish,...madaniy meros ob’ektlarini 
qayta ta’mirlash, yangi turistik yo’nalishlarni tashkil etish va turizmning yangi 
turlarini rivojlantirish (gastronomik, ekologik, ekstremal, tibbiy va ilmiy turizm) kabi 
strategik yo’nalishlarda takliflar keltirilgan hamda qator loyihalar tasdiqlangan.
Mazkur qayd etilgan infratuzilmalarni rivojlantirish asnosida Buxoro viloyati 
hududida mavsumiylik muammosini sezilarli darajada kamayishiga erishish mumkin. 
Biroq, erkin turistik zona talablariga javob berish va shu asosda hududni rivojlantirish 
maqsadida yanada yangi turistik masulotlar taklifi, innovatsion g’oya va ishlanmalari 
talab etiladi.
Buxoro qadim-qadimdan avliyolar, pirlar shahri sanalgan. Ushbu makonda 
ziyorat turizmini rivojlantirish orqali ham mahalliy ham xorijiy sayyohlarni jalb 
qilish mumkin bo’ladi. Abul Hasan Abduramon ibn Muhammad Nishopuriy “Xazoin 
ul ulum” (“Ilmlar xazinasi”) asarida yozganki, “Buxoro qadimdan suvi shirin, havosi 
latif, atrofi keng, nozu ne’mat, mollari ko’p bo’lishi bilan ziynatlanib, hozirgacha 
ulamo toifasining to’plangan joyi, faqat balog’at va shirin so’zlarning manbai bo’lib 
kelgan”. Mana shuning uchun Buxoro shahri va uning atroflarida 160 ta avliyolik 
darajasiga sazovor bo’lgan mashoyixlar, olimlar, donishmandlar va shoirlarning 
qabrlari va qadamjolari mavjuddir. Ming afsuski, Sovetlar hukmronligi davrida 
viloyat, shahar, nohiya hakamlari “Inqilob nomi bilan” hamda dinga qarshi kurash 
shiori ostida turli bahonalar bilan qaror va buyruqlar chiqarib, xalq tomonidan asrlar 
davomida e’zozlab kelingan ko’pgina avliyolarning muqaddas mozorlari va 
qabrlarini yer bilan yakson qildilar.
Mustaqillik davrida qadimiy obidalar, ziyoratgohlarni tiklashga bo’lgan e’tibor 
yana kuchaydi. Bugungi kunda ularning bir qanchasi muhim ziyorat maskanlariga 
aylanmoqda. Shunday bo’lsada, ular to’g’risidagi ma’lumot xalq orasida keng 
tarqalmagan. Shuning uchun, Buxoro shahri ichida “Yetti Avliyo” loyihasini ilgari 
surish mavjud masalani yechishga turtki bo’ladi. Bu yangi yo’nalish “Islom dini 
gumbazi” bo’lgan Buxoroi Sharifda karomatga ega bo’lgan yettita avliyolarni 
ziyoratidan tarkib topgan. Bular:

Hojat baror – Imom Abu Hafz Kabir Buxoriy

Poyanda Muhammad Shohi Axsiy Fayzobodiy

Shayx Sayfiddin Boharziy 

Hazrat Shayx Abdulqodir Jeloniy (Geloniy) Piri Dastgir

Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad (Hazrat Boboyi Porado’z) 

Xo’ja Ismatullo Buxoriy 

Said Abulhasani Poband (Said Pobandikusho) 
Mazkur yo’nalish “Buxoroi Sharifning 7 Avliyosi” deb nomlanadi. Ziyorat 
turizmining bu yo’nalishini amalga oshirishda hududda mavjud barcha 
ziyoratgohlarni o’rganib, yo’lga qo’yiladigan turistik marshrutning uzoq muddatli 
strategiyasini belgilash, O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat 
qo’mitasi bilan hamkorlikda ushbu ob’ektlarda turistik infratuzilmani shakllantirib, 
yangi turistik yo’nalishni yo’lga qo’yish, turmahsulotni turistik bozorga olib chiqish, 


197 
marketing tadqiqotlari o’tkazish orqali asosan ichki sayyohlarni jalb etish natijasida 
birinchidan, respublikamiz aholisi orasida tariximizni targ’ib qilish, ikkinchidan, 
turistik oqimni ko’paytirish orqali Buxoro viloyatidagi qisqa turistik mavsumni 
uzaytirishga erishish maqsad qilingan. 
Hozirgi kunda Buxoro viloyati hududida “7 Pir” turistik yo’nalishi yo’lga 
qo’yilgan bo’lib, ekskursiyalar asosan mustaqil ravishda ziyoratchilar tomonidan 
amalga oshirilmoqda. Yuqorida qayd etilgan ziyoratgohlarga ham mahalliy aholi 
yagona tur yo’nalish sifatida emas, balki tashrif maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
ziyorat qiladilar. Mazkur turmarshrutni yo’lga qo’yish natijasida ishning debochasi 
sifatida ta’kidlangan 7 ta avliyoni ziyorat qilishdan boshlab, keyinchalik uning 
ko’lamini kengaytirish, ya’ni ushbu marshrutning ijtimoiy-iqtisodiy samarasi 
aniqlanganidan so’ng boshqa yana yettita avliyolar bo’ylab turmarshrutni 
shakllantirish orqali ushbu “7 Avliyo” loyihasining uzluksiz faoliyatini ta’minlash 
strategik reja qilib belgilab olingan.
Ushbu tur yo’nalishni Buxoro viloyati bo’ylab yo’lga qo’yilishi bir qator ijobiy 
natijalarni keltirib chiqaradi:
 Milliy tariximiz ildizlari qayta tiklanadi, aholi orasida targ’ibot-tashviqot 
ishlari olib boriladi; 
 Ziyorat obyektlariga borish uchun infratuzilma yaxshilanadi; 
 Mavjud resurslardan foydalangan holda yangi turistik yo’nalish yaratiladi; 
 Ichki turizm rivojlanadi; 
 Mahalliy sayyohlar soni oshishi hisobiga hududdagi turistik mavsumni 
uzayishiga erishiladi; 
 Turmarshrutni tijoratlashtirishdan tushgan daromad evaziga yo’nalish 
ko’lami kengaytiriladi; 
 Turizm fakulteti tarkibida faoliyat olib boruvchi fakultetning turistik 
firmasi tashkil etiladi.
Xulosa qilib aytganda, ziyorat turizmni Islom dini gumbazi bo’lgan Buxoroi 
Sharifda istiqboli eng yuqori bo’lgan yo’nalishlardan biri sanaladi.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish