Davlat tuzilish, siyosiy partiyalari. 1997 yildan Buyuk Britaniya nazoratidan Xitoy
hududiga o‘tdi. 1984 yil Xitoy va Buyuk Britaniya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq
Xitoy tarkibidagi maxsus hudud statusini olgan. Bunga ko‘ra Xitoy Gonkongda mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumni 50 yilgacha o‘zgartirmaslik majburiyatini olgan. Ijro hokimiyati gubernator va
uning hukumatiga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Syangan Leyboristlar partiyasi, o‘z-o‘zini
boshqari Demokratik partiyasi.
Iqtisodiy, transport kommunakatsiyalari. Qazilma boyliklarning deyarli yo‘qligiga
qaramay, Gonkong iqtisodi yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, to‘qimachilik sanoati va kemasozlik
sohalari taraqqiy etgan. Hududining 8%i dehqonchilik uchun yaroqli yerlar hisoblanadi, shunga
qaramasdan, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yo‘q. Eksportga asosan tayyor
kiyimlar, mato, elektr asboblari va soat chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, AQSH,
Yaponiya, Tayvan.
Do'stlaringiz bilan baham: |