TAYANCH TO’LQIN-golografiyada yorug’lik manbaidan bevosita qayd
qiluvchi muhitga tushuvchi to’lqin.
TAQIQLANGAN CHIZIQLAR-tanlash qoidalari taqiqlangan kvant o’tishlarga
mos kelgan spektral chiziqlar.
TELEBIN-(teleskop)-uzoqdagi obyektlarni kuzatishga imkon beradigan optik
asbob.
TELEBIN TIZIM-(teleskop tizimi)-optik tizimga kiruvchi parallel nurlarni undan
chiqishda ham parallel bo’ladigan qilib qayta o’zgartiruvchi optik tizim.
TENZOR-lotincha tensus-kuchlangan, tarang-jadval ko’rinishida joylashtiriladi
gan son qiymatlar to’plami bilan belgilanuvchi va bir koordinatalar tizimidan
boshqasiga o’tishda maxsus qoidalar bo’yicha o’zgartiriluvchi fizik kattalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |