TASVIR MAYDONI EGRILIGI-optik tizimlarning yassi buyumlarning tasvir
nuqtalari egrilangan sirtda joylashuvidan iborat aberratsiyalaridan biri.
TASVIRLAR FAZOSI-buyumlar fazosi nuqtalarining optik tizim hosil qilgan
nuqta tasvirlari majmui.
TASVIRNING TIKLANISHI-golografiyada gologrammani tayanch to’lqin
nusxasini hosil qiluvchi yorug’lik manbai bilan yoritib, buyum to’lqinini hosil
qilish.
TAUTOXRONIZM-ikki nuqta orasidagi turlicha yorug’likning shu yo’llar
bo’yicha birday vaqt oralig’ida tarqalishini ta’minlovchi optik uzunlik tengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |