SPEKTR TARTIBI-monoxromatik yorug’lik manbaining nolinchi raqam
beriladigan, spektrga ajralmaydigan tasviridan boshlab hisoblanadiga difraksion
tasvirning tartib raqami.
SPEKTRAL ASBOBLAR-optik diapazonda (10
-3
-10
3
mkm) elektromagnit
nurlanishlar spektral tarkibini to’lqin uzunliklari bo’yicha tadqiq qilish, nurlanish
bilan o’zaro ta’sirlashayotgan nurlagich va obyektlarning spectral tavsiflarini
toppish, shuningdek spectral tahlil o’tkazish asboblari.
SPEKTRAL ASBOBNING AJRATA OLISH QOBILIYATI-optik asbobning
to’lqin uzunliklari bo’yicha ikki bir-biriga yaqin spektral chiziqlarning ayrim-
ayrim tasvirlarini hosil qilish xususiyati.
SPEKTRAL ASBOBNING AJRATISH KUCHI-to’lqin uzunlikning muayyan
spektral asbob ayrim-ayrim tasvirlab berishi mumkin bo’lgan ikki spectral chiziq
minimal to’lqin uzunliklari ayirmasiga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |