SINISHNING MUTLAQ KO’RSATKICHI-vakuumda yorug’lik tezligining
muhitdagi fazaviy tezligiga nisbatiga teng bo’lgan muhit optik tavsifi.
SOLITON-nochiziqli dispersiyalanuvchi muhitda turg’un shaklga ega bo’lgan,
o’zini zarra kabi tutuvchi yakkalangan to’lqin.
SOCHUVCHI LINZA-yorug’likning parallel dastasini tarqaluvchi dastaga
aylantirib beruvchi optik linza.
SPEKTR- 1) biror bir kattalikning qiymatlari majmui; 2) biror-bir nurlanishda
mavjud bo’lgan to’lqin takroriyliklari majmui; 3) har bir yo’nalishda muayyan
uzunlikli yoki takroriylikli monoxromatik to’lqin tarqaladigan qilib ajratilgan
elektrimagnetik nurlanish; 4) spektr tekislik (ekran, fotoplastinka)dagi tasvir; 5)
elektromagnetik nurlanish ko’rinadigan yorug’likdan iborat bo’lganda spektr hosil
qiladigan rangli yo’l.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |