KO’Z ASTIGMATIZMI –ko’z optik tizimining turli yo’nalishlarida sindirish
kuchi birday bo’lmasligidan iborat ko’z nuqsoni.
KO’Z KONVERGENSIYASI - yaqin joylashgan obyektlar qotirib qo’yilganda
ikkala ko’zning ko’rish o’qlari ustma-ust tushishi.
KO’Z QORACHIG’I (QORACHIQ) – ko’zning ichiga yorug’lik o’tadigan
rangdor pardadagi doiraviy tirqish.
KO’ZGU – yorug’lik nurlarini qaytarib optik tasvir hosil qilish
qobiliyatiga ega sayqallangan sirtli jism.
KO’ZGU-LINZA TIZIMI-qaytaruvchi va sindiruvchi sirtlarga ega bo’lgan optik
tizim.
KO’ZNING SPEKTRAL SEZGIRLIGI – ko’zning turlicha to’lqin uzunlikdagi
monoxromatik nurlanishlarga sezgirligi.
KO’NDALANG TO’LQIN-muhit holatining o’zgarishlarini ifodalovchi vektor
kattaligi to’lqinning tarqalish yo’nalishiga tik bo’lgan tekislikda yotuvchi to’lqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |