Tadqiqot metodi - axborotlar, dalillar, ma'lumotlar asosida tadqiqot o'tkazish
jarayonida qatnashish orqali dars o'tishning talabalarni axborot to'plash va uni
ustida ishlash, xulosa chiqarib, baholashga o'rgatish jarayonida mavzuning
mazmunini o'zlashtirishga, ilmiy izlanishni o'rganishga qaratilgan metod.
Tadqiqot obyekti — ziddiyat va muammoli vaziyat tug'diruvchi, bilishga
qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti — bevosita o'rganilishi lozim bo'lgan va amaliy yoki
nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan ob'ektning mohiyati, ma'lum bir
tomoni, xususiyati.
Talqin qilish — biror hodisa yoki narsani izohlash, tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |