Pedagogik faoliyat — ta'lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan
ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Ratsionalizatsiya — metodlarni yoki biror ish-harakatni tako-millashtirish.
Sezgi - ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'lim bilish, his qilish. Ular insonning
ko'zi, qulog'i, burni, tili, terisi orqali yuz berib, bilishning boshlang'ich
vositachilari hisoblanadi.
Semantik (manosini ifodalash) xususiyatlar tahlili metodi —
axborotlarni kuzatishni ma'lum bir maydon - jadval va grafiklar orqali ifodalash
va ular orqali g'oyalar, tavsiyalar, takliflar berishga o'rgatadigan metod..
Seminar ( lot. seminariym - manba, ko'chma ma'noda -maktab ) - o'quv
amaliy mashg'ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o'quv yurtlarida, ilmiy to'garak,
anjumanlarda qo'llaniladigan turli-tuman dialog asosida olib boriladi. Odatda
seminar darsida talabalarning bilimi, o'z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |