Brauzer — bu, aslini olganda, «mijoz» bo‘lib, u bilimdon, savodli yo‘l ko‘rsatuvchi
vazifasini bajaradi, foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni topishga yordam beradi.
Dastur-brauzerlar juda ko‘plab ishlab chiqilgan: ushbu guruh, dasturlari — Lynx matnli
brauzer (adreslar yordamida muloqot) va Mosaik grafikli ( matn va menyu so‘ratlari bo‘yicha
muloqat) va «Ariadna» romantik nomi ostida Rossiyada ishlab chiqilgan grafikli brauzer, va
ko‘pgina boshqalar. Lekin hozir bozorni zamonaviy Internet ning ikki to‘plani qamrab oldi —
turli baholarga qaraganda WWW hamma foydalanuvchilarining 70-88% tomonidan
ishlatiladigan Netscape Navigator grafikli brauzer va qo‘llab-quvvatlaydigan imkoniyatlari hajmi
bo‘yicha Navigator ga juda yaqin keladigan Microsoft Internet Explorer (Netscape Navigator 3.0
va Internet Explorer larning oxirgi versiyalari o‘zlarining funkcional tavsiflari va imkoniyatlari
bo‘yicha juda yaqindirlar).
Har qanday brauzerning asosiy vazifasi bizning tarmoq bilan muloqatinizni qulay va
yokimli qilishdir. Bizning bu muloqotimiz hammadan ko‘proq butun dunyo o‘rgimchak uyasi
bo‘yicha sayohat qilish va uni ko‘rib chiqish, elektron xatlarni jo‘natish va o‘qish, yangiliklarni
chop etish va olish, fayllarni yuborishga to‘g‘ri keladi. Bu hamma imkoniyatlar o‘zini xurmat
qiladigan hamma brauzerlarda bor. Albatta, ixtisoslashgan vositalarga (masalan, eudora mail)
nisbatan brauzerlarning mos funkcional imkoniyatlari kuchsizroqdir, lekin ular ko‘pchilik
oqilona extiyojlarni to‘la qondiradi. Masalan, Netscape Navigator 4.0 da Internet Explorer 3.0
da xatlar SMTP bayonnomalari bo‘yicha jo‘natiladi va o‘qiladi va MIME formatida
komponovka qilinadi. Lekin shu narsa muhimki, bu ikkala brauzer ham HTML standartining
hamma kengaytmalarini qo‘llab-quvvatlaydi va xususan, uning yaqinda qabul qilingan oxirgi 3.2
versiyasida HTML kengaytmalari displeyning muloqat oynasini sohalarga bo‘lib chiqish uchun
(freimes — freymlar ) muxlmdir.
Netscape Navigator va Internet Explorerbrauzerlarining asosiy funksional cignal
imkoniyatlari:
• WWW ni ko‘rib chiqish uchun grafikli qulay interfeys;
• foydalanuvchilar bilan, boshqa tillar bilan bir qatorda rus tilida muloqat qilish imkoniyati
(brauzerlarning oxirgi versiyalarida);
• elektron pochta;
• fayllarni jo‘natish;
• telekonferenciyalar, yangiliklarni nashr qilish va ko‘rib chiqish;
• fayllar bilan matnli formatda ham, HTML formatida ham ishlash;
• xat-cho‘plar tizimini shakllantirish;
• shriftlarni o‘rnatishning kengaytirilgan imkoniyatlari;
• turli hujjatlar bilan ishlash uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta oynachalarni qo‘llab-
quvvatlash va oynachalarni freymlarga bo‘lib chiqish imkoniyati;
• tarmoq bo‘yicha o‘tayotgan hujjatlarni bufer xotirasiga yozish (keshlash);
• modulli dasturlashtirish tillarini qo‘llab-quvvatlash (masalan, Java va ActiveX);
• ko‘p sonli elektron ma’lumotnoma materiallarining borligi;
•ko‘p sonli testlash dasturlarining («beta-testlar» deb ataladigan) borligini taominlaydigan
yuqori ishonchlilik.
Aslini olganda, ikkala brauzer ham doimiy ravishda o‘ziga xos tarmoq Operacion tizimiga
aylanmoqda. Ular ochiqdir, yaoni amaliy dasturlashtirishning interfeyslari bilan taominlangan;
ular uchun o‘nlab va yuzlab ilovalar — Netscape Navigator va Internet Explorermuhitida
ishlovchi dasturlar yozilmoqda; ular yordamida foydalanuvchini qiziqtirgan deyarli hamma
narsani qilish mumkin (yoki qilsa bo‘ladi); Netscape Communication firmasi halitdanok Gallio
nomi ostida Netscape Navigator 4.0 yangi versiyasini afisha qildi, Microsoft firmasi brauzerining
yaqin oradagi versiyasi — Internet Explorer 8.0.