6 – topshiriq: O’z kasbiy faoliyati tajribalari asosida biron bir mavzu
bo’yicha
ekologik badiiy ko’rinish rejasini ishlab chiqish va topshiriqlar bo’yicha
yakuniy xulosalar
tayyorlash (maksimall 10 ball)
.
SANOAТ KORХONALARI RIVOJLANGAN SHAHARLARNING
IFLOSLANISHI VA
EKOLOGIK HOLAТGA SALBIY ТA’SIRI
Kalit so’zlar. Shahar, urbanizatsiya, shaharsozlik, taraqqiyot, landshaft, muhit,
xususiyat,jarayon, ishlab chiqarish, modda, zavod, infrastruktura, kommunikatsiya,
chiqindi, aholi,ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish. Shaharlarning vujudga
kelishi ibtidoiy tuzumdanquldorlikka o’tish davriga to’g’ri keladi. Asrimizdan III-I
ming yilllar oldin Iroq, Misr, Suriya,O’rta Osiyo, Hindiston, Хitoyda paydo
bo’lgan shaharlar kichik bo’lib, ularda faqat 20-30 mingkishi yashagan. Bu
shaharlarning tabiiy muhitga ta’siri ham kam edi. Asta-sekin shaharlaryiriklashib,
ularda yashaydigan odamlar soni 1800 yilga jami aholining 4,7% ini tashkil
qilganbo’lsa, 1987 yilda bu son jami aholining deyarli 1/3 qismini tashkil etdi.
YuNESKO ningma’lumotiga qaraganda 2010 yilga borib dunyo aholisining soni
6,5 mlrddan oshib ketadi vauning yarmi shaharlarda yashaydi. Sanoati taraqqiy
etgan davlatlarda, shaharlar maydoniumumiy hududning 1/10 qismini ishg’ol
qiladi. Shaharlar kattalashgan sari, ularning muhitgabo’lgan salbiy ta’siri ham
oshib boradi.Shahar ichida havo harorati aksariyat 1-4°S, chang 10marta, gaz
miqdori 5-25 marta ko’p bo’lib, shamol tezligi 10-40%, nisbiy namlik 2-8%,
quyoshradiatsiyasi 5-30%, qor 5% dan kam bo’ladi. 107 Moskva shahri hududi
maydonidanchiqayotgan harorat va gazning tarqalish kengligi 50-60 km gacha
boradi. Shahar havosi isib,chang gaz bilan birga hatto 100-300 m balandlikka
ko’tariladi. Lekin shamol. tezligi 7-9 m/s gayetishi hisobiga tarqalib, shahar havosi
tabiiy tozalanib turadi. Mamlakatimizdagiavtomashinalar har yili havoga 2 mln.
tonnadan ortiq zaharli modda chiqaradilar. Bu esa kishiboshiga 100 kg dan to’g’ri
keladi, shaharlarda bu raqam bir necha marta ortikdir. Masalan,Тoshkent
shahridagi transport vositalari yiliga 36 ming t. dan ortiq turli gazlarni
havogatarqatadi. U jon boshiga taxminan 180 kg dan to’g’ri kelib, uning tarkibida
100 xildan ortiqzaxarli moddalar bor. Keyingi yillarda havoning ifloslanishini
kamaytirish maqsadidamashinalarda zararli chiqindilari kam bo’lgan yoqilg’ilar
(tozalangan benzin, gaz) ishlatilaboshlandi. Shaharlardagi shovqin ham inson
salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Eshitayotganshovqinlarimiz A shkalasi bo’yicha
detsiballda (dB) o’lchanadi. Sanitariya qoidasiga muvofiqxona ichidagi shovqin
30-40 dB, mavzelarda 45-55 dB bo’lmog’i lozim. Shovqinning 60-80% imashina
harakati bilan bog’liq bo’lib, serqatnov yo’llarda 80-90 dB gacha, yuk
mashinalaridantarqalgan shovqin esa 105 dB gacha boradi. Shovqin 90 dB dan
oshsa, asab va eshitishorganlariga salbiy ta’sir etadi, 130 dB dan oshganda kishilar
organizmida keskin o’zgarishlarro’y beradi, 180 dB dan oshganda to’qimalar
parchalanib, o’lish ro’y berishi mumkin. Shaharhavosini tozalash va shovqinni
pasaytirishda daraxtlarning ahamiyati nihoyatda katta. Ularchangni ushlab, zararli
gazlarni yutib, toza kislorod ajratib muhitni sog’lomlashtiradi, ko’cha
vahiyobonlarning ko’rkiga ko’rk qo’shadi. Faqat bu ishlarni bajarishda har bir
o’simlikni alohidayaxshi o’rgangan o’simlikshunoslar o’z bilimlarini (shahar
obodonlashtirish bo’limi va ekologlarbilan birga) muhitni sog’lomlashtirishda
omilkorlik bilan foydalanilishlari zarur. Aholisi 500ming dan ortiq bo’lgan
shaharlarda aholi jon boshiga 24 m2 ko’katzor to’g’ri kelishi kerak. Sifatli
daraxtzorlarning ko’paytirilishi muhitni yaxshilaydi.