Babayeva d. R


  Abduazimov  O.  Multimedia —  noyob  ne’mat.  «Xalq  so‘zi»  gazctasi



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet332/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

26 

Abduazimov  O.  Multimedia —  noyob  ne’mat.  «Xalq  so‘zi»  gazctasi, 

2002-yil,  28-fevral.

344


navbatida ulami qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi 

faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli 

bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt 

oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot 

ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

Media ta’lim nima?

Media  ta’lim  interfaol,  bolaga  individual  ta’sir  etadigan usul  si- 

fatida ta’lim jarayoniga jadal  sur’atlar bilan kirib  kelmoqda.  Media 

ta’lim bolani  mustaqil  fikr yuritishga,  ijodkorlik faoliyatlarini rivoj- 

lantirishga,  axborot olish,  uni  qayta  ishlash,  umumlashtirish,  xulosa 

chiqarishga o‘rgatadi.

0 ‘quv xonalariga  matbuot,  televidenie,  radio,  kino,  video  va  in­

ternet olib  kirilmoqda.  Bulaming barchasi  media  ta’lim nomi  bilan 

ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.

Media  ta’limning  asosiy  mazmuni  mediamadaniyat  (kino 

san’ati,  badiiy  televidenie  va  badiiy  media)  tilini,  uning  tarixini 

bilish, tushunishdir

Uning  pedagogil  strategiyasi  mediamatnlami  badiiy  tahlil  qila 

olish,  uni  talqin  qilish  asosida  baho  berishdan  iboratdir.  Xulosa 

o‘mida shuni  aytish kerakki,  media qanday shakllanadi, u haqiqatni 

ifodalaydimi, kimnir.g manfaatini ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalar- 

dan iborat va bolalar uni qanday qabul qiladilar -  bu savollar hozirga- 

cha turli munozaralami tug‘dirmoqda.

Lekin  shuni  yodda  tutish  kerakki,  media  ta’limning  markazida 

bola  shaxsi  turadi,  uning  qiziqish,  xohish,  istaklarini  hisobga  olish, 

olingan axborot asosida tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak.

Turli  davlatlar  olimlarining  fikrlariga  ko‘ra,  media  ta’lim-tarbi- 

yaviy,  ta’limiy  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  bolalarni  o‘quv-bilish  jara­

yonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.

Mediata’limning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni tobo- 

ra jadallashib borayotgan axborot oqimida, har xil axborotni olish, tu- 

shunib yetish, uning inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri, 

maqsadli foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Mediata Tim  olingan  axborotni  integratsiya  qilish,  shu  asosida 

shaxsiy  fikrni  bildirish  va  qayta olishga chorlaydi.  0 ‘z  fikrini  erkin



345


bildirish,  shaxsiy  rivojlanish,  turli  axborot  xurujlariga  qarshi  fikr 

bildirish orqali o‘quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, media axborot- 

dan  faol  va  to‘g‘ri  foydalanish  madaniyati  shakllanadi.  Shu  orqali 

berilayotgan axborot haqida fikr yurita boshlaydi.

Shuning uchun ham mediamashg‘ulotlar:

• 

«Badiiy-imitatsiyali»  - kichik  senariylar,  mediamatnlar tuzish, 



uni interfaol usulda namoyish etish;

• 

Teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epi- 



zodlami sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish);

• 

Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, 



ma’lum mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni 

tushunish, qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qiladi.

Yuqoridagi didaktik materiallami tayyorlash, namoyish etish, tahlil 

asosida xulosa qilish,  emotsional qabul qilish orqali nafis  san’atni tu- 

shunishga olib keladi. Bu holat bolaning umumintellektual rivojlanishi- 

da, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi27.

Mediamashg‘ulotlar  berilayotgan  axborotni  qabul  qilish,  o‘zlash- 

tirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi.

1.  Mediamashg‘ulotlarda  kompyMerlar  universal  holda  qo‘lla- 

nishi bilan xarakterlanadi.

2.  An’anaviy texnologiyalar  vositalari  yoniga  dasturli  vositalar 

to‘ldiruvchi  bo‘lib  kiradi.  Dasturiy  ta’minot  ayrim  mavzu- 

lami o‘qitish va o‘zlashtirish uchun mediata’lim qulay muhit 

yaratadi.  Unda  ta’lim  mazmuni  aniq,  ravon  shakllantirilgan 

bo‘ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovoz-

li, animatsion ta’minot kreativ bilan namoyish etiladi.

Mediamashg‘ulotlaming  afzal jihati  shundaki,  ta’lim jarayonida 

bolalaming mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rivojlantiradi,  Shu 

munosabat  bilan  mediamashg‘ulotlar  mazmunini  belgilash,  tashkil 

etishda faqatgina o‘quv fani mazmuni nuqtayi nazaridan yondashmas- 

dan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham 

hisobga  olish  kerak  bo‘ladi.  Mediamashg‘ulot  axborotdan  foydala­

nish  madaniyatini  shakllantirish,  ya’ni  kerakli  axborotni  olish,  uni


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish