Babayeva d. R


metodik  jihatdan  muhim  g ‘oyani  ilgari  suradilar:  «Bolani  nutqqa



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

metodik  jihatdan  muhim  g ‘oyani  ilgari  suradilar:  «Bolani 

nutqqa  o‘rgatish,  -  deb yozadi ular,  -  unga til  materiyasini  (nutq 

organlarini  mashq  qildirish)  til  belgilari,  leksik  va  grammatik 



belgilar  (intellektni  mashq  qildirish)  m a’nosini  tushunishni 

osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros



31


va  tuyg‘ularni  mashq  qildirish)  borliqni  baholashni  ifodalash- 

ni  o ‘rgatish,  adabiyot  m e’yorlarini  eslashni  osonlashtirishga 

k o ‘mak berish demakdir».

Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan ke- 

lishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma muallif- 

lari tez-tez «yordam berish»,  «mashq qildirish» va boshqa iboralami 

qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mum- 

kinligiga kam e’ibor qaratadilar.

Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bo- 

lalaming bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmas- 

ligi mumkindir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona 

tilini  o‘rgatish  sohasidagi  psixologo-pedagogik  tadqiqotlami  tahlil 

qilish quyidagi xulof:alarga kelish imkonini beradi:

• 

Nutqni  rivojlantirish  -   bu  bolaning  individual  rivoj- 



lanishida  markaziy  o‘rinni  egallovchi  ijtimoiy-tarixiy  tajribani 

o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.

• 

Bu  stixiyali  jarayon  emas,  balki  pedagogik  rahbarlikni 



taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.

• 

Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini  boshqaruvchi  pe­



dagog ushbu jarayoi? qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh 

bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning indivi­

dual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatla­

rini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning 

eng samarali yo‘llarini tanlashi shart.

«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish 

jarayonini  tahlil  qilish  maktabgacha  yoshdagi  bolalar nutqini  rivoj­

lantirish  sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan 

o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.

Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakl- 

larini,  ya’ni:  otlami  turlash,  eng  ko‘p  qo'llaniladigan  fe’llami  tus- 

lashni bilishi lozim. Harakat belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) 

tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun bola­

lar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: tez yurdi, sekin 

gapirdi, chapga burildi va boshq.

32



Yetti  yoshli  bolalar nutqida  old  ko‘makchilar  ko‘pincha  nafaqat 

o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi.  Shunisi diqqat- 



ga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi 

sifatida to‘rt-besh  yoshli  bolalar  nutqida  paydo  bo‘ladi  (uydan,  de- 

vordan  uzoqlashdi);  so‘ngra  besh-olti  yoshli  bolalar  ushbu  old 

ko'makchini  obyektiv  ma’no  ko‘rsatkichi  sifatida  ham  qo‘llaydilar 

(onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz 

yoshlarga  kelib,  bola  sabab  ma’nosini  ifodalash  uchun  «dan»  old 

ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqanidan qichqirib yubor­

di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).

Yetti yoshga kelib,  odatda,  nutqning  sintaktik qatori  shakllanadi: 

bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik- 

tiruvcbi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilami qoilaydi; u o‘z nutqida 

qo‘shma gaplardan,  ko‘pincha esa turli  xil  sintaktik munosabatlami 

ifodalovchi  ergashgan  qo'shma  gaplardan  foydalanadi:  qo‘shimcha 

gaplar -  «Kamol nima ko'rganligimizni  so‘radi»;  maqsadli gaplar -  

«Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gap­

lar -  «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.

0 ‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon 

monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.

Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga 

tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl- 

lantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bola­

lar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami 

tuzish  mumkin:  «Bolalar  quvonchdan  sakrab  yuborishdi»,  «Xursand 

bo‘lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chun- 

ki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir 

bunday  ishlar maktabgacha yoshdagi  bolalar  bitta  fikmi turlicha  ifo­

dalash imkonini  beradi.  Mashg‘ulotlarda tarbiyachi  ataylab bolalarga 

bir-birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.

Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didak­

tik o ‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. 

Bitta fikmi  ifodalash  uchun  turlicha  gaplar tuzishga  oid  ishlar yetti 

yoshli  bolalarda  grammatik  to‘g‘ri  nutq  ko‘nikmalarini  shakllanti- 

rishda asosiy o‘rinni egallashi lozim.

33



Bu  yoshdagi  bolalarga  nutqda  sifatdoshlami  qo‘llashni  o‘rgatish 

ular  nutqini  rivojlantirishga  doir  ishlaming  ikkinchi  yo‘nalishi 

bo‘lishi mumkin.

Bolalar nutqiga sifatdosh  shakllami kiritish uchun bolalar,  katta­

lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan 

foydalanish  mumkin  (o‘qiyotgan bola,  raqs  tushayotgan  qiz,  yugu- 

rayotgan quyon va h.k.).

Bolalar surat  asosida  gap  tuzadilar:  «Bola o‘qiyapti».  Tarbiyachi 

o‘qiyotgan bola so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi 

so‘z  birikmasidagi  sifatdoshni  aytadi,  so‘ngra  bolalardan  so‘raydi: 

«Qaysi bola?» -  « 0 ‘qiyotgan bola».

M ashg‘ulot uchun eng k o ‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va 

ulardan  hozirgi  zamondagi  haqiqiy  sifatdoshlami  hosil  qilish 

darkor.  Bolalarga  hech  qanday  atamalar  m a’lum  qilinmasligi 

kerak,  bunda ulam ing  ayrim  sifatdoshlami  esda  saqlab  qolish- 

lari  va zarur b o ‘lganda ulam i  o ‘z nutqiga  qo‘sha olishlari juda 

muhimdir.

Bolalarning  sifatdoshlami  qo‘llashlariga  oid  ishlar  tabiatni  ku­

zatish  chog‘ida,  rasm  chizish  mashg‘ulotlarida,  badiiy  adabiyotni 

о‘qish jarayonida  o‘tkazilishi  mumkin.  Bunda  quyidagi  usullardan 

foydalanish mumkin:

1. 


Predmetni,  uning  belgilarini  ko‘rsatish  va  nomini  aytishni 

ulaming mohiyatini ochib beradigan izohlar bilan birgalikda amalga 

oshirish lozim.  Masalan, tushayotgan barg so‘z birikmasida -  bu tu­

shayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlami yaxshisi, 

oldin alohida-alohida, keyin jo ‘r bo‘lib aytgan ma’qul.

2. 


Muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chiza- 

yotgan»  so‘zi  chizmoq  so‘zidan,  «raqsga tushayotgan»  so‘zi  raqsga 

tushmoq so‘zidan hosil bo‘lganligini aytish lozim.

3. 


Sifatdoshga savollar qo‘yish:  «Dala qanday, sarg‘ayaptimi?»

-  «Sarg‘ayapti».

4. 

Ot va sifatdoshdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi asosida gap 



tuzish:  «sarg‘ayayotgan barglar -  olmaning  sarg‘ayayotgan  barglari 

ko‘rinib  turibdi»,  «varillayotgan  samolyot -  varillayotgan  samolyot 

shahar ustidan uchib o‘tdi» va h.k.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish