boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktab
gacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning
nazariy asoslarmi qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan
«maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan
kelib chiqqan holda 2011 -yilda Respublikamizda maktabgacha ta’ lim
rivojinmg asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini
o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya
si» uch bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich - qonunchilik faoliyatiga doir - 2012-2014-yillar.
II bosqich - tashkiliy-amaliy - 2015-2017-yillar.
III bosqich - yakuniy - 2018-2020-yillar.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi
alohida yoritib o‘tilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadr
lar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha
ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish
(preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktab
gacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasala-
rining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik
texnologiyalami tatbiq etish masalalari yoritib berilgan.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asos
dan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishla-
rini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy-
pedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik
kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish
bayon etilgan.
Shuningdek, konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita
- didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va ye-
tarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular-
26
ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog
va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko'rsatib berilgan.
Konsepsiyaning uchinchi - «Maktabgacha ta’limning tuzilishi»
bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqa-
lashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalari
da guruhlami shakllantirish, ulami zarur jihozlar bilan ta’minlash,
mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni
yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiya-
chilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimla-
rini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor
qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlami tashkil etishning tabaqalashtiril-
gan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etil-
gan. Unga ko‘ra turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan
guruhda - 10-12 ta bola, ilk yosh guruhida - 6-8 bola, uch yoshdan
besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida - 8-10 ta bola, besh yosh
dan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida - 10—12 ta bola qamrab
olinishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha
ta’lim
muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik,
moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki
aynan
maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axlo-
qiy
qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlani-
ihiga
tamal toshi qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xiz-
matning
birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga
Xizmat
qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va
■haxsiy
rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sot-
■ium
(ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi
V» to'liq
ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir
muhim vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-meto-
dlk ta
’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan das-
tUrly-mctodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar,
27
bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini
amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar
va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxas-
sislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egal-
lashi kerak. Albatta, bu xayrli ishlami ta’lim-tarbiyaning birinchi
bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish
maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birin
chi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni
yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyala-
nayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbi
yalash bizning oliy maqsadimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: