Hikoyada aytilishi bo’yicha, bir badavlat savdogar bolalarga ziyofat qilib
beradi. Ziyofatga boy va dongdor xonadonlaming bolalari taklif etiladi.
Savdogar ishlari yurishgan, o’zi o’qimishli edi. Savdogaming otasi ham halol
chayqovchi o’tgan edi. O ’gli otasi boyligini ko’paytirgan edi. Odamlami
savdogaming fazilatlaridan ko’ra, boyliklari haqida ko’proq gapirishar edi.
Uning mo’tabar toifada bo’lmagan kishilarda tanish-bilishlari ko’proq edi.
Savdogaming xonadoniga yig’ilganlar faqat bolalar edi. Ular juda ko’p gapirishar
edi. Bolalaming orasida o ’ta dimog’dor bir qizcha bor edi. Qizchaga dimog’dorlik
ota-onasidan emas, unga qaraydigan xizmatkorlar uni shunday “kasal”ga
chalintirishgan edi. Qizchaning otasi kamer yunker bo’lgan edi. Qizchaning
tasaw urida bu favqulotda muhim unvon bo’lib tuyulgan.
Men kamer yunker qiziman! - derdi u.Qizcha boshqa bolalarga o’zini
“aslzoda” lardan ekanligini oqsuyaklar nasabidanligini uqtirib, kimki oddiy
toifadan bo’lsa, undan biror e’tiborli odam chiqmaydi deydi. Har qancha
o’qima, intilma, o ’rganma, baribir qoning toza bo’lmasa, hech narsaga
erisholmaysan derdi.
- Familiyasi “sen” bilan tamomlanadigan kishilami tilga olmasa ham
bo’ladi - ulardan odam chiqmaydi! Biz aslzodalar har qanday “sen”lardan
nariroqda, qo’lni belga qo’yib, qiyo boqmay turishimiz lozim.
U qizcha g’ururli edi. Shu bilan birga uning istarasi issiq, o’zi go’zal
edi.
Qizchaning bu gaplaridan savdogaming qizi qattiq ranjib qoldi, negaki uning
otasining familiyasi Massen edi. Massenning qizi o’zi otasining yuzlab odamlarga
novvot sotib olib berishligini aytib, boshqalarning otasi unday qilolmasligini
aytdi.
Bir yozuvchining qizi esa otasi gazeta ishlashini, hamma otalar haqida
gazetaga yoza olishini gapirib, onasining aytishicha, hamma uning otasidan
qo’rqishligini aytadi.
Qizcha takabburona kekkayadi, uning kibr-havosiga g’o ’yo olam torlik
qiladi. Devor orqasida bir kambag’al bola mo’ralab, tengqurlari oldiga
kirishga ju r’at qilolmasdi. Badavlat aslzoda bolalar davrasiga kirishga jur’at
qilolmagan bola oshpazning buyrug’iga ko’ra oshxonaga qarashib bo’lgan,
qiya ochiq eshikdan yasanib-tusanib olib, - o’yin kulgi qilayotgan bolalami
tomosha qilishga ruxsat olgan edi.
Shuning o’zi kambag’al bola uchun katta baxt edi.Mahmadonalik qilayotgan
qizchalaming gap-so’zlarini eshitgan bola o’sal bo’lib, umidsizlikka tushishi
mumkin edi. Negaki bolaning ota-onasida qora chaqa ham yo’q, hatto gazetaga
obuna bo’lish ham imkoni yo’q edi. Shu bilan birga uning familiyasi “sen” bilan
tamom bo’lar edi.
U o’zidan durust odam chiqmasligini o’ylab, baxtsizlik shu bo’lsa kerak
degan fikrga boradi. Lekin, u tomirida toza qon oqayotganligini bu haqda
ular bilan tortishib o’tirish o’rinsiz ekanligini o’ylaydi.
Oradan yillar o’tibdi, ular ulg’ayib katta bo’lishadi.Bu vaqtda o ’sha
shaharda xazinalar liq to’la bir uy paydo bo’ldi. Shahardagi hamma bu
mo’jizali uyni tomosha qilishni istardi. Bu uy savdogaming uyiga to’plangan
bolalaming hech biriniki emas, bu uy oshxonada xizmat qilib, turli gaplami o
’zaro gaplashayotgan "aslzoda" lardan eshitib "Hazm qilolmagan" va ismi “sen”
bilan tugagan o’sha bolaning uyi edi. Undan odam chiqdi, mashhur rassom
Tarval’sni endi hamma taniydi.
Boshqa bolalar-chi, nasl-nasabi, boylik va farosatni pesh qilib,
gerdayganicha bolalar kim bo’ldi ekan?
Tabiiyki ular ham ulg’aygandir, kimdir bo’lgandir ham. Axir u payti
hammasi bola edida. Ular u payti sof edilar. O ’sha kechki gurungdagi
ulaming fikr-hayoli gap-so’zlari shunchaki bir bolalik edi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: