ul–
mutahayyirin”ning deyarli har bir sahifasida aks etib turadi. Navoiy Jomiyning turtkisi bilan
koʻplab asarlar yaratgan boʻlsa, oʻz oʻrnida ustoz ham shogirdining daʼvati bilan yirik-yirik
asarlarga qoʻl uradi. Bu taʼsirni Navoiy faxr bilan qayta-qayta takrorlashdan charchamaydi.
Eng muhimi, ustoz va shogirdning bir-biriga hurmat-ehtiromi, mehr-muhabbati cheksiz.
Bundan tashqari, ikki buyuk qalam sohibining adabiy did va saviyalari deyarli bir xil darajada.
Bunga ishonch hosil qilish uchun “Xamsat ul–mutahayyirin”dagi turli hikoyatlarni oʻqishning
oʻzi kifoya:
U davrlarda kechki bazmlar qilib, sheʼrxonliklar uyushtirish anʼanasi bor edi. Shunday
yigʻilishlarning birida Mutahhir Udiy degan bir xonanda Xoja Hasan Dehlaviyning bir sheʼrini
kuylaydi, jumladan, mana bu baytni ham oʻqiydi:
Misoli qatrai boron sirishki man hama durr shud,
Chunin asar dihad, alhaq, tului chun tu suhayle.
Mazmuni: Yomgʻir qatralari kabi koʻz yoshlarimning hammasi dur boʻldi,
Haqiqatan, sening Suhayl (yulduzidek) chiqib kelishing shunday taʼsir qiladi.
Majlis ahli sheʼriyatdan boxabar, taniqli va xushtaʼb kishilardan iborat edi. Ular xonandaga
baytdagi “durr shud”, yaʼni “dur boʻldi” soʻzi oʻrniga “xun shud”, yaʼni “qon boʻldi”, deb
oʻqishni, “durr shud”ning maʼnosi yoʻqligini aytishadi. Majlis sarvari ham bu fikrga
qoʻshiladi. Davrada jim oʻtirgan Navoiydan bu mulohazaga munosabat bildirishini
soʻraganlarida, u xonanda soʻzni toʻgʻri qoʻllaganini aytadi. Kutilmagan bu javobdan
yigʻilganlarning barchasi norozi boʻladi. Shunda Navoiy: “Chun siz borcha bir jonib
boʻldungiz, men yalgʻuz. Sizga oʻz muddaomni sobit (isbot − F. O.) qila olmon, ammo bir
kishini hakamliqgʻa musallam tutsangiz, garav bogʻlarmen“, – deydi.
Bahsga yechim topish maqsadida Jomiyga munozara mazmunini bitib, xat joʻnatishadi. Biroz
vaqtdan soʻng ul zotdan bir misra javob keladi:
“Suxan “durr” astu taalluq ba goʻshi shah dorad”.
Mazmuni: “Soʻz “dur”u, uning shoh qulogʻiga taalluqli yeri bor”.
Bu javobdan Navoiyga qarshi chiqqan majlis ahli mulzam boʻlib, shoirning haqligiga iqror
boʻlishadi. Eng qizigʻi, Jomiy oʻzi bilmagan holda noqulay ahvolga tushgan shogirdini
malomatdan qutqarib qoladi. Chunki haqiqat ular tarafda edi. Bu hikoyatdan Jomiy va
Navoiyning nafaqat hamfikrligi, isteʼdodi va saviyasi, soʻz sanʼati sirlarini naqadar nozik
tushunishi ham ayon boʻladi. Bu ikki buyuk sohibi qalam yaratgan badiiy-ilmiy merosning
koʻlami ham, yuksaklik darajasi ham shuni toʻla isbotlaydi.
“Xamsat ul–mutahayyirin” ham Jomiy, ham Navoiy hayoti, faoliyati, ayniqsa, ijodini tadqiq
etishda birdek xizmat qilaveradi. Eng muhimi, bu asar ikki buyuk qalam sohibining oʻzaro
yuksak munosabati, qolaversa, bir buyuk tarixiy shaxsning ikkinchi bir bemisl dahoga boʻlgan
cheksiz hurmat-ehtiromini namoyon etadi. Bu esa mazkur asarning qadr-qimmati tengsiz
ekanidan dalolatdir.
Farruxbek Olim, tadqiqotchi
Sud qarori bilan fuqaro lavozimiga qayta tiklandi
19 may 2021, 16:23
O‘zbek va tojik ishbilarmonlari uchun yana bir qulay imkoniyat
19 may 2021, 16:21
Koreya Respublikasida ishlash istagidagi ayollar o‘rtasida tanlov boshlandi
19 may 2021, 16:20
Prezident saylovi: to‘g‘ri ma’lumotni soxta axborotdan qanday ajratish mumkin?
19 may 2021, 16:18
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi va Ichki
ishlar vazirliklari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi
19 may 2021, 16:16
Surunkali kasalliklarni davolash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
19 may 2021, 16:12
OB-HAVO MA’LUMOTI: ertaga mamlakatimizda 38 darajagacha issiq bo‘ladi
19 may 2021, 16:09
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 280 nafarni tashkil etmoqda
19 may 2021, 16:06
Parlamentlararo muloqot bo‘lib o‘tdi
19 may 2021, 15:25
Suv tejovchi texnologiyalarga talab ortmoqda
19 may 2021, 10:44
Yurtimizdagi yagona arxeologiya muzeyi qayerda joylashgan?
19 may 2021, 10:41
Kechagi “rayzdrav” bugungi islohotlarni amalga oshirolmaydi – Prezident
19 may 2021, 10:16
Ruknlar
Siyosat
Madaniyat
Fan
Ta’lim
Jamiyat
Siyosat
Sport
Texnologiyalar
Turizm
Foto
Iqtisodiyot
Interaktiv xizmatlar
Internet qabulxona
Tadbirlar yoritish uchun murojaat
Sayt xaritasi
Agentlik haqida
Qoraqalpog‘iston axborot agentligi (QAA) to‘g‘risida
Rahbariyat
Normativ hujjatlar
Vakansiya
Aloqa
Xizmatlar
Ijtimoiy tarmoqlar
Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart!
Sayt yaratuvchisi:
Nukus Soft Engine
©2017-2021 Qoraqolpog'iston Axborot Agentligi