Reja Iqtisodiyot tushunchasi, uning bosh masalasi va uning qamrov jihatidan turlari


  Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari



Download 287,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana31.12.2021
Hajmi287,03 Kb.
#223054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-seminar

4.  Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari. 

 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmetini  aniqlashga  oid  masalaning  yechimi  juda 



murakkab  boʻlib,  bu  haqda  oʻtmishda  ham,  hozir  ham  turli  olimlar  har  xil  fikrlar  bildirib 

kelmoqdalar. 




Masalan,  Aristotel  bu  fanga  uy  xoʻjaligini  boshqarish  qonunlari  toʻgʻrisidagi  fan  deb 

qaragan  boʻlsa,  merkantilistlar,  fiziokratlar  va  ingliz  klassik  iqtisodiy  maktabi  vakillari  unga 

boylik  toʻgʻrisidagi,  uning  manbalari  va  koʻpaytirish  yoʻllari,  boylikni  ishlab  chiqarish, 

taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste’mol  qilish  toʻgʻrisidagi  fan  deb  qaradilar.  Keyingi  paytda 

mazkur  fanni  xalq  xoʻjaligi,  ijtimoiy  xoʻjalik  toʻgʻrisidagi  fan  deb  ham  hisoblamoqdalar. 

Ayrimlar  iqtisodiyot  nazariyasi  fanini  moddiy  hayotiy  vositalarni  ishlab  chiqarish  va 

ayirboshlashni  boshqarish  qonunlari  toʻgʻrisidagi  fan  deb  koʻrsatadilar.  A.Marshall  esa 

iqtisodiyot  nazariyasi  (siyosiy  iqtisod)  fanining  predmeti  insoniyat,  jamiyatning  me’yoridagi 

hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi. 

AQSH  va  boshqa  ba’zi  bir  mamlakatlardan  kirib  kelgan  «Ekonomiks»  darsliklarida 

(iqtisodiyot  nazariyasi  «Ekonomiks»  deb  yuritilgan  darsliklarda)  bu  fanning  predmeti 

kishilarning moddiy ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali 

foydalanish  muammolarini  tahlil  qilish,  kishilarning  iqtisodiy  xatti-harakatlarini  oʻrganishdan 

iborat, deb koʻrsatilgan. 

Bizning  fikrimizcha,  iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmeti  –  iqtisodiy  resurslar 

cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni 

(va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga 

keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni,  ijtimoiy  xoʻjalikni  samarali  yuritish  qonun-qoidalarini 

oʻrganishdan iborat, deb aytish mumkin. 

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va 

ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida 

iqtisodiyot nazariyasining toʻrtta asosiy vazifasi ajratib koʻrsatiladi:  

1) bilish vazifasi  

2) amaliy vazifa  

3) uslubiy vazifasi  

4) gʻoyaviy-tarbiyaviy vazifasi.  

 


Download 287,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish