Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Oʻgʻil koʻrsa, toʻy qilar hattoki chumchugʻiyam, 

Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa, 

Dunyo hayron boʻlsa ham oʻzbeklarda shunaqa ( “Vatan haqida soʻz”). 

Sinestetik metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa-

tushuncha  boshqa  sezgi  organi  bilan  idrok  etiladigan  narsa-tushunchaga 

oʻxshatiladi,  yaqinlashtiriladi  va  shu  asosda  koʻchma  ma’no  yuzaga  keladi. 

Masalan: shirin tabassum, shirin gap, shirin uy; yengil tabassum, yengil nigoh, 

yengil qadam, ogʻir tush, ogʻir gap, ogʻir masala kabi. Bu misollarda keltirilgan 

shirin,  yengil,  ogʻir  sifatlarida  sinestetik  metafora  sodir  boʻlgan.  Maza-ta’m 

ma’nosini  bildiruvchi  “shirin”  va  oʻlchovni  ifodalovchi  “yengil”  soʻzlari 

“yoqimli”  ma’nosida,  “ogʻir”  soʻzi  esa  “yoqimsiz”  ma’nosida  kelgan.  Marhabo 

Karimova she’rlarida ham siestetik metaforalar koʻplab uchraydi: 



Yigit bormi sizday mard, 

Yuragi toza, begard, 

Ikki dunyo koʻrmang dard, 

Qizim – yomon, siz – yaxshi ( “Kuyovimga iltijo” she’ridan). 

Koʻchimning  yana  bir  turi  metonimiya  hisoblanadi.  Metonimiya  deb 

voqea-hodisa, narsa-buyumlar oʻrtasidagi oʻzaro yaqinlik va bogʻliqlik asosida 

ma’no  koʻchishiga  aytiladi.  Metonimiya  ham  qiyosga  asoslanadi.  Faqat 

“metaforada  bir-biriga  oʻxshash  predmetlarning  belgilari  qiyoslansa, 

metonimiyada bu ikki predmet tashqi koʻrinishi yoki ichki xususiyatlari bilan 

bir-biriga  qandaydir  aloqasi  boʻlsa  ham,  ammo  umuman  bir-biridan  farq 

qiluvchi  (bir-biriga  oʻxshamagan)  predmetlarning  belgilari  chogʻishtiriladi” 

[Mamajonov  A.  Tekst  lingvistikasi.  –  T.,  1989].  Metonimiyaning  turli 

koʻrinishlari mavjud va bu haqda tilshunoslikka oid adabiyotlardan atroflicha 

ma’lumot olish mumkin. Ijodkorning yuqorida koʻrib oʻtganimiz – “Kuyovimga 

iltijo” she’ridagi ushbu parchada ham metonimiya qoʻllangan: 



Biz – temir, siz – tillosiz, 

Biz – omi, siz – mullosiz, 

Biz – nodon, siz – donosiz, 


 

135 


Qizim yomon, siz – yaxshi. 

Butun-boʻlak  munosabatiga  asoslanuvchi  ma’no  koʻchishiga  sinekdoxa 

deb aytiladi. Adabiyotlarda “koʻplik oʻrnida birlik yoxud birlik oʻrnida koʻplik 

shakllarini  qoʻllash  yoki  bilan  ham  sinekdoxalar  yaratish  mumkin” 

[Shomaqsudov A., Rasulov I., va boshq. Oʻzbek tili stilistikasi. – T., Oʻqituvchi, 

1983]  ligi  aytilgan.  Daraxtlar  sargʻaydi,  olma  gulladi,  qoʻlimni  kesib  oldim 

birikmalarida butunning nomi bilan boʻlak; har ishga burnini suqmoq, tirnoqqa 

zor, jamoaning qoʻli baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi bilan butun 

ifodalanyapti.  Badiiy  nutqda  sinekdoxadan  ixchamlilik  va  ifodalilikni 

ta’minlash maqsadida foydalaniladi. Shoira ijodidan: 

Qoʻling ishda va lekin Robbanoda boʻlsin dil, 

Gʻiybat, hasrat gapni qoʻy, subhanolloh aytsin til, 

Bu dunyoning nonin yeb, u dunyoning ishin qil, 

Oʻgʻling yeb oʻrga ketar, qizing yeb qirga ( “Kattalarga nasihat” she’ridan) 

Qadimdan adabiyotimizda ta’sirchan ifodalar yaratishda keng qoʻllanilib 

kelgan koʻchimning bir turi borki, bu ham kinoyadir. Kinoya deb “til birligini 

uning  haqiqiy  ma’nosiga  qarama-qarshi  ma’noda,  kesatiq,  qochirim,  piching 

bilan  ishlatishdan  iborat  koʻchim”  [Mamajonov  A.  Tekst  lingvistikasi.  –  T., 

1989]ga  aytiladi.  Yevropa  adabiyotshunosligida  bu  hodisa  “ironiya”  atamasi 

ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (masxara, u yoki bu ijobiy xususiyatni 

kulgi,  kalaka  yoʻli bilan  inkor  qilish)  hamda  sarkazm  (zaharxanda  ta’na, 

istehzoli piching, shama) deb ataluvchi koʻrinishlari farqlanadi. Oʻzbek xotin-

qizlariga  xos  soʻzga  chechanlik,  gapni  topib  gapirish,  “soʻz  bilan  nishonga 

tekkizish” xususiyatlari Marhabo Karimova she’riyatida ham yaqqol koʻrinib 

turadi. Demakki, shoira ijodida kinoyaning barcha turlari keng qoʻllanilgan: 



Sogʻligida – sizniki, 

Oʻgʻliniki, qizniki,  

Kasal boʻlsa – bizniki, 

Qizim – yomon, siz – yaxshi ( “Kuyovimga iltijo” she’ridan). 


 

136 


Narsalarni,  voqea  va  hodisalarni,  his-tuygʻularni,  belgi-xususiyatlarni 

oʻta boʻrttirib tasvirlashga mubolagʻa (yoki giperbola) deyiladi. Mubolagʻa ham 

tasvirning  ta’sirchan  chiqishiga,  obrazli  ifodalanishiga  xizmat  qiladi. 

“Mubolagʻaning soʻz  ma’nosining  koʻchishiga  asoslanishi  uning  troplar 

guruhiga mansubligini koʻrsatsa ham, u tropning boshqa koʻrinishlaridan farq 

qiladi. Chunki tropning boshqa koʻrinishlarida koʻchma ma’no ma’lum bir belgi 

asosida  oʻxshatish,  taqqoslash,  voqea-hodisa  yoki  predmetlar  oʻrtasidagi 

bogʻliqlikka koʻra boʻlsa, mubolagʻa esa toʻgʻri ma’noda tushunmaslikni talab 

etadi”  [  Shomaqsudov  A.,  Rasulov  I.,  va  boshq.  Oʻzbek  tili  stilistikasi.  –  T., 

Oʻqituvchi,  1983].  Mubolagʻaga asoslangan koʻchim  badiiy  matnga  nutq 

predmetiga  nisbatan  tinglovchi  yoki  kitobxon  e‘tiborini  tortish  va  nutqning 

emotsional-ekspresivligini ta’minlash maqsadi bilan olib kiriladi. Mubolagʻada 

ifodalanayotgan  axborot,  tabiiyki,  hayot  haqiqatiga  mos  kelmaydi.  Lekin 

me’yor  buzilsa  kutilgan  effektga  erishilmasligi  ham  mumkin.  Aslida 

“mubolagʻali  nutqning  asosiy  maqsadi  axborot  berish  emas,  balki  tinglovchi 

yoki oʻquvchiga ta’sir qilishdir” [ Shomaqsudov A., Rasulov I., va boshq. Oʻzbek 

tili stilistikasi. – T., Oʻqituvchi, 1983] . 

Mubolagʻa yoʻli bilan komik effekt yaratishning yana bir usuli grotesk 

deb  ataladi.  “Grotesk  fransuzcha  soʻz  boʻIib,  kulgili,  gʻayritabiiy  degan 

ma’nolarni  bildiradi.  Grotesk  satirada  haqiqiy  holni  fantaziya  bilan  qoʻshib 

vahimali hamda kulgili tarzda boʻrttirib tasvirlashdir. Grotesk haqiqatni inkor 

etmaydi,  balki  haqiqatni  haqiqatsimon  gʻayritabiiy  shakllarda  yanada 

ta’sirliroq ifodalash san’atidir” [Boymirzayeva S. Matn mazmunida temperollik 

semantikasi. – T., 2009]. Tadqiq etayotgan ijodkorimiz she’rlarida ham grotesk 

keng miqyosda qoʻllangan:  

Ishi tushsa, yoningga chopar, 

Hindistonda boʻlsang ham topar, 

Boshqa payt kutmagin, ey modar, 

Oʻgʻil  bolang  –  birovning  xasmi.  (“Oʻgʻil bolang –  birovning  xasmi” 

she’ridan) 




 

137 


Kichraytirish  (litota)  deganda  mubolagʻaning  aksi  tushuniladi.  “Lekin 

mohiyat e‘tibori bilan  ular  qarama-qarshi  hodisalar  emas,  har  ikkisi  ham 

voqelikni haddan tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat qiladi, faqat ulaming 

ifodalanish usulida farq bor: giperbolada voqelik toʻgʻridan - toʻgʻri, bevosita 

boʻrttirib koʻrsatilsa, litotada biror voqelikni kichraytirish vositasida beriladi” 

[Boymirzayeva  S.  Matn  mazmunida  temperollik  semantikasi.  –  T.,  2009]. 

Shoiraning she’rlarida litota ham uchraydi, albatta: 

Kampirlarin qoʻlida kuylaydi urchugʻiyam, 

Bolamga deb don choʻqir, kaptar, chugʻurchugʻiyam, 

Oʻgʻil koʻrsa, toʻy qilar hattoki chumchugʻiyam, 

Bilolmadim Farangu Afriqoda qanaqa, 

Dunyo  hayron  boʻlsa  ham  oʻzbeklarda  shunaqa  (  “Vatan  haqida  soʻz” 

she’ridan) 

Marhabo  Karimova  oʻzining  oʻynoqi  usuldagi  xalqona  she’rlari  bilan 

kitobxonlar mehrini qozongan. Oʻziga xos ifoda, kutilmagan xulosa, ohorli soʻz 

qoʻllashlar  shoira  she’rlarining  badiiyligini  ta’minlashga,  ta’sirchanligini 

oshirishga, kitobxon xotirasida oson saqlanishiga sababchi boʻladi.  

 

  


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish