oʻzbekcha:
turkcha:
gapirmoq
konuşmak
soʻzlamoq
bahsetmek
Koʻrinib turibdiki, bunday lug‘atdan olingan ekvavalentlar soni
sinonimlar qatoridagi soʻzlardan kamroq. Shuning uchun turkiy tillarda
feʼlning tugallangan va tugallanmagan turlari qarama-qarshi qoʻyilmaganligini
hisobga olib, “gapirmoq” tushunchasi uchun rus tili orqali ekvavalentlarni
topganda ruscha “govorit” va “skazat” soʻzlarining ekvavalentlarini olishimiz
kerak.
Shunda:
O’zbekcha:
turkcha:
Gapırmoq
konuşmak
So’zlamoq
bahsetmek
Tıldan foydalanmoq
söylemek
Aytmoq
demek
Izhor qılmoq
guruh ekvavalentlar topildi. Koʻrinib turibdiki, oʻzbek tilidagı guruh
“gapirmoq” soʻzining sinonimlari qatoriga yaqinroqdir. Shu tariqa barcha
turkiy xalqlar tillarida “gapirmoq” tushunchasinıng ekvavalentlari topıladı" [1]
Shu shaklda barcha turkiy tillardagi ekvavalentlar topilgach, ular
orasidan ham maʼno jihatdan, ham shakl jihatdan bir xil yoki oʻxshashligi
nisbatan ko'proq tillarda mavjudlari lugʻat tarkibiga kiritiladi. Qolgan soʻzlar
ham shu mezon asosida saralanib ikkinchi darajali sinonimlar sifatida
lugʻatdan joy oladi.
Bu fikrlarga qo‘shilgan holda yana shuni ham aytishimiz mumkunki,
biror tilda aniq bir tushunchani ifodalaydigan bir so‘z boshqa tillarda o‘z
802
shakliga yaqin boshqa bir so‘z juftiga ega bo‘lmasa, yoki bunday so‘zlar kam
bo‘lsa, bu so‘zlar ikkinchi darajali sinonim so‘zlar sifatida lug‘atga kiritilishi
mumkin. Bu bir tomondan til lug‘at boyligi mahsuldorligiga xizmat qilsa,
ikkinchi tomondan har bir millatning til bilan bog‘liq ijtimoiy huquqlarini
himoya qilgan bo‘lar edi.
O‘rtalashtirish deb atalayotgan bu usulni nafaqat hozirgi turkiy tillarga,
balki eski, qadimgi turkiy tillarga ham qo‘llasa bo‘ladi. Shunda tarixdan o‘z
shaklini yo‘qotmay kelayotgan so‘zlar ham o‘rtaturk tili lug‘atini boyitadi.
Yana shuni ham qo‘shimcha qilgan bo‘lardikki, ushbu til leksikasi
shakllantirilayotganda imkon qadar kam bo‘g‘inli so‘zlar asosiy
foydalaniladigan so‘zlar qatoriga kiritilsa, foydali bo’lar edi. Fikrimizcha, bu
muloqot ixchamligiga va qulayligiga imkon beradi. Turk tillari tarixi uzoq
o‘tmishga borib taqalishini hisobga olsak, etimologiyasi turkcha bo‘lgan
so‘zlarning deyarli barchasi qisqa bo‘g‘inli so‘zlardan iborat bo‘lib bu turkiy
so‘zlarga deyarli ta’sir qilmaydi.. Sababi insoniyat tarixida dastlabki yaratilgan
tillarning ko‘pchiligi qisqa bo‘g‘inli so‘zlardan tashkil topgan.
Biz yuqorida tilning leksik qismini shakllantirishda o‘rtalashtirish usuli
qanday amalga oshirilishi haqida qisqacha, umumiy ma’lumot berdik.
O‘rtalashtirish usulini tilning barcha sathlarida ham xuddi shunday ishlatish
mumkin. Shu jumladan, bu usulni biz alifboga nisbatan ham qo‘llay olamiz..
"Tilning grafikasi, yozma shaklining xususiyatlaridan biri shundan
iboratki, u boshqa darajalarga nisbatan koʻproq jamiyatning ongli taʼsirlariga
boʻysunadi. Agar barcha turkiy xalqlar oʻzlarining mavjud alifbolari
saqlanishini bir xil darajada istashganda, alifbolarni oʻrtalashtirish uchun
yuqorida taklif qilingan usul ishlatilishi mumkin boʻlar edi. Bunday vaziyatni
qamrab olish uchun formulalarga xalqlarning istagi darajasini belgilovchi
koeffitsiyentlar kiritib hisoblab chiqsa boʻladi. Turkiy xalqlar hozir kirill
alifbosidan boshqa alifboga, koʻpchiligi lotin alifbosiga oʻtishga harakat
qilayapti, chunki turkiy til xususiyatlari lotin yozuvi orqali to’laroq aks
ettirilishi mumkin.
803
Turkiy xalqlar oʻzaro yaqinlashishga intilish natijasida bir alifboga
oʻtishsa yaxshi boʻlar edi, lekin agar ularda bir necha alifbo saqlansa, oʻrtaturk
tili ayni vaqtning oʻzida shu bir necha alifboda mavjud boʻlishi mumkin. Albatta,
soʻnggi holda koʻproq iqtisodiy sarf-xarajatlar talab qilinadi, lekin bu turkiy
xalqlarning oʻz taqdirlarini oʻzlari belgilab erkin rivojlanishiga va shunday yoʻl
bilan oʻz ixtiyorlari bilan bir-birlariga yaqinlashishlariga xizmat qiladi"[1].
Bu ezgu maqsadni boshlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish
o‘rinli bo‘lar edi:
• "Amaliy ishlarni boshlash uchun, oʻrtaturk tilini yaratishboʻyicha xalqaro
tadqiqot institutini (markazini) taʼsis etish maqsadga muvofiq boʻlur edi. Bu
markaz har bir turkiy davlatda oʻz boʻlinmasiga (filialiga) ega boʻlib, ularning
ishlarini muvofiqlashtirib turadi (milliy davlatiga ega boʻlmagan xalqlar uchun
markaz ekspeditsiyalar tashkil qilishi mumkin). Turkiy xalqlarning istagi bilan,
bu markaz Toshkentda joylashishi mumkin, chunki, avvalo Toshkent turkiy
dunyoning markaziy qismida joylashgan eng yirik ilmiy kuchlarga ega
shahardir. Ikkinchidan, Toshkent — turkiy xalqlarning otamakoni boʻlmish
Turkistonning keyingi davrlardagi nufuzli markazidir".[1]
Oʻrtaturk tili hozirgi va tarixdagi barcha turkiy tillarga yaqin boʻlar edi.
Bu til turkiy xalqlar uchun qardosh, ammo betaraf, hech qaysi turkiy millatga
ayrim imtiyozlar bermaydigan millatlararo muloqot tili boʻlishi ahamiyatlidir..
Shuningdek, u barcha turkiy xalqlar uchun muhim o‘rin tutuvchi fan-texnika
axboroti, adabiy va boshqa madaniy qadriyatlarning oʻzaro almashuv tili
mavqeiga ega boʻlishi e’tiborga molikdir.
Har qaysi turkiy xalq vakillari oʻz ona tilini bilish va uni oʻz yurtida
ishlatish bilan bir paytda, qoʻshimcha ravishda qardosh va yaqin boʻlgan
oʻrtaturk tilnli katta qiyinchiliksiz, tez va oson oʻrganadilar.
Shu qatorda oʻrta turk tili kelajakda har bir turkiy tilni jahon miqyosidagi
tillar taʼsiri ostida oʻziga xos xususiyatlarini yoʻqotishdan himoya qiladi. Barcha
turkiy tillarning boyligi, imkoniyatlaridan foydalangan oʻrtaturk tili har
tomonlama yuksak, barcha jahon miqyosidagi tillar bilan teng raqobatlasha
804
oladigan, yuksak darajada rivojlangan til sifatida turkiy olam birligini yuqori
o‘rinlarga koʻtarishda ko‘mak boʻlar edi.
"O‘rtalashtirilgan til yordamida dunyodagi barcha yaqin, qardosh
xalqlarni birlashtirish mumkin. Buning quyidagi afzalliklari bor deb
hisoblaymiz :
• Hech qaysi etnik umumiylikning tili boʻlmagani tufayli ularning hech
qaysisiga afzallik yoki imtiyozlar bermaydi, yaʼni tildan foydalanish jihatidan
tenglikni buzmaydi va shuning uchun, til siyosati boisida adovat qoʻzg‘atmaydi.
• Etnoslar tillari asosida tuzilgan boʻlib, oʻrtalashtirilgan til maxsus
oʻqitilmasa ham asos boʻlgan tillar homillariga maʼlum darajada tushunarli
boʻladi.
• Qabilalardan millat paydo boʻlayotgan davlatda yoki milliy davlatlar
federatsiya yoki konfederatsiya boʻlib uyushayotganda, mahalliy tillardan
birini davlat tili sifatida yoki bir millat tilini federatsiya (konfederatsiya)
miqyosida rasmiy til sifatida qabul qilishdagi asossizlikni va bunday
asossizlikdan kelib chiqadigan elatlararo nizolarni bartaraf qiladi.
• Garchi mustamlaka sistemasi yemirilgan boʻlsa-da, sobiq mustamlakalar
sobiq metropoliyalari bilan asosan iqtisodiy, shuningdek, madaniy hamda ilmiy
jihatlardan bogliqlar. Bunday ahvol sobiq metropoliya tilini davlat tili sifatida
qabul qilishga majbur etadi. Oʻrtatil sobiq mustamlakachilar tilini umumdavlat
tili sifatida qabul qilish masalasini bartaraf qiladi va shuning bilan madaniyat
va axborotlar sohasida sobiq metropoliyaga bog‘liqlikni kamaytiradi, yaʼni
erkinlikka erishib rivojlanayotgan millatning oykumenasi mukammalroq
boʻladi. Millat uning oykumenasiga kiruvchi boshqa millatlar bilan erkin
muloqotda boʻlib, ular bilan hamkorlikdagi umumiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan
faoliyati natijasida boshqa millatlar bilan yaqinlashadi, aks holda yaqinlasha
olmaydi, yotsiraydi, yaʼni hozirgi davrda shakllanib boʻlgan turkiy millatlar
faqat erkin umumiy faoliyat natijasida yotsiramay, borgan sari yaqinlashishi
mumkin, chunki bizlarning umumiy turkiy tilimizni, madaniyatimizni,
805
maʼnaviyatimizni, dunyomizni rivojlantirish kabi koʻplab fundamental umumiy
maqsadlarimiz va porloq istiqbollarimiz bor".[1]
Turkiy xalqlar juda boy milliy madaniyat va adabiyotga egadir. Turkiy til
esa jahondagi eng qadimgi adabiy tillar sirasiga kirib boy tarixga ega. Boshqa
tillar singari, turkiy til tarixida ham yuksalish va inqiroz davrlari boʻlgan. Buyuk
mutafakkir Alisher Navoiy ijod qilib, turk mamlakatini rivojlantirgan vaqt
yuksalish davri choʻqqilaridan biri edi. XIX asr oxiridan XX asr so‘ngi
choragigacha bo‘lgan davr esa inqiroz davri bo‘ldi. Yangi yuksalish davri
bizning kunlarda boshlanishi mumkin, va bu barchamizga birday bog‘liqdir. Biz
turkiy xalqlar baxti, ravnaqi uchun harakat qilishni Navoiy vasiyati, 20-yillar
jonkuyarlari bo‘lmish jadidlar xotirasiga hurmat va xalqlarimiz oldidagi
burchimiz, deb bilmog‘imiz lozim. Oʻrtaturk tilining bu yoʻlda xizmat qilish
imkoniyatlari nihoyatda ulkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |