Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Annotation. In the article are presented some theoretical views on the Uzbek folk 

sngs. It appreciates the symbolic images used in folk songs which published in some years, 

and the features associated with its content. 

Keywords: Folk songs, symbol, image, folklore, magik, poetic symbol, aesthetic views, 

historicism, “White apple, red apple”, Spring comes” , text of song, lyrics.  

 

 

 

Sermazmun  dunyoqarashga  ega  boʻlgan  dono  xalqimiz  poetik  ijodiga 

mansub  qoʻshiqlar  sodda,  joʻn  hamda  oʻynoqi  ohangi  bilan  har  birimizning 

qalbimizga nihoyatda yaqin. Binobarin, birgina qoʻshiq janrida yaratilgan xalq 

qoʻshiqlarini tinglaganimizda ruhiyatimizda koʻz ilg‘amas evrilish yuz beradi. 

Bu esa xalq qoʻshiqlarining asrlardan asrlarga sayqallanib kelayotgan ohangi, 

mazmundorligi qon-qonimizga singib borayotganidan dalolat. Biroq shuni ham 

alohida  ta’kidlab  oʻtish  joizki,  xalq  qoʻshiqlarida  aytmoqchi  boʻlgan fikrlarni 

ishoralar, ramzlarga murojaat qilish orqali badiiylikni ta’minlanishiga intiladi. 

Ya’ni har bir ramziylik shunchaki tasodif tarzida emas, balki qoʻshiqlar matnini 

muayyan  badiiylik  darajasiga  olib  chiqish,  mazmunida  aks  etttirilayotgan 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

617 


voqelikni  toʻla-toʻkis  tasvirlash,  tinglovchi  tasavvurida  obrazlilik  hosil  qilish 

maqsadida  qoʻllanilganligining guvohi boʻlamiz.  Ana  shunday  turli  ramzlar, 

ishoralarga boy boʻlgan  bir  necha  xalq  qoʻshiqlari  misolida  firklarimizni 

asoslaymiz.  Xalq  lirikasi  tarkibidan  oʻrin  egallagan  “Keldi  bahor”  nomli 

qoʻshiqni tahlilga tortamiz: 

Boqqa kirib olma eng, 

Bog‘ning olmasi yaxshi. 

YOrga shirin soʻzni deng, 

YOrning va’dasi yaxshi. 

Qoʻshiq tarkibida bog‘, olma singari poetik ramzlarga murojaat etilgan. 

Bir qancha xalq qoʻshiqlari bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlarida bog‘ – koʻngil, 

olma esa sevgi ramzi sifatida qoʻllanilishi izohlangan. [1.169-bet.] Aslida ham 

mantiqiy fikrlaganda, ana shunday yondashish toʻg‘ri. Chunki qoʻshiq matnida 

yorni  bog‘ga  kirib  olma  eyishga  taklif  etilishi  voqeligini  shunchaki keltirish 

badiiylik  kasb  eta  olmaydi.  Qoʻshiq  matnida  koʻngilga  tashrif  etib,  sevgidan 

bahramand  boʻlish,  koʻngilning  sevgisi  yaxshi  ekanligi  aytiladi.  Yorga shirin 

soʻzlar  aytilishi,  va’da  berilishi  yuqorida  tilga  olingan  bog‘ni  yashnatishga 

ishora.  



Qizil olma gulidek 

Qizil gulligim, yorim. 

Og‘zida novvot bormi, 

SHirin soʻzligim yorim. 

Yor  bu  bandda  qizil  olma  guliga  qiyoslanadi.  Tashbeh  va  istorizm 

tasviriy-vositasi orqali yorning qiyofasi aks ettiriladi. Bundan tashqari sifatlash 

san’ati namunasini ham uchratish mumkin. “Qoʻshiqlardagi lirik qahramon yor 

tiliga nisbatan qoʻllangan jonbaxsh, asal, bol, shakar, novvot sifatlashlari poetik 

jihatdan  koʻchim  boʻlsa,  tarixiy  asosiga  koʻra soʻz  magiyasining  ta’siri 

tufaylidir.” [1.103-bet] 

YOrim chiqdi uchakka, 

Oʻtlar soldi yurakka. 



 

618 


Qanday koʻngli chopadi 

Sevganidan boʻlakka [2. 252-bet] 

Xulosa qismidagi uchak tushunchasi Xorazm hududi vakillari dialektiga 

daxldor boʻlib, uyning yuqorisi – tomini ifodalaydi. Sh.Turdimov tadqiqotida 

lirik qoʻshiqlarda tom oila va u bilan bog‘liq tushunchalar ramzidir deyiladi. [ 

3.184-bet]  Qizil  olma  guliga  oʻxshagan  qizning  tomga  chiqishi  oila  qurish 

istagiga ishora deb tushunilishi haqida ham aytilgan. Oila qurish arafasida – 

bosqichida boʻlgan yor kimni tanlashi noma’lum. Uning bu xatti-harakati oshiq 

yigit  xayollarini  turfa  oʻylarga  soladi.  Ana  shu  tushunchalarga  ishora  qilish 

vositasida qoʻshiq matnining asosiy g‘oyaviy maqsadi oydinlashadi. 

Olma  ramziga  murojaat  etilgan  quyidagi  “Olma  pishganda  galing” 

qoʻshig‘ining mazmun-mohiyati ham yuqoridagi qoʻshiq singari ifodalangan. 

Olma pishganda galing, 

Teyina tushganda galing. 

Angsa sochim jamalak, 

Belima tushganda galing. [2.230-bet] 

Olmaning pishishi – sevgining koʻngilga tashrif etishiga ishora. Pishgan 

olma va pishmagan olma qarama-qarshi qoʻyilsa, pishmagan olma – balog‘atga 

etmagan  qiz  ramzini  ifodalaydi  desak  toʻg‘ri boʻladi,  bizningcha.  Sevgi  qiz 

qalbida  paydo    boʻlganda,  albatta,  balog‘atga  etganimda  mening  yonimga 

keling, deydi. Keyingi misralarda sochim belimga tushganda keling, deyiladi. 

“Chunki  jamalak  soch  qoʻshiqlarda  jinsiy  balog‘at  va  intim  mayllarni 

ifodalaydi”.  [3.43-bet]  Soch  oʻstirilishi,  qolaversa,  qizlar  balog‘atga  etganda 

turli koʻrinishda soch oʻrilishi an’ana tusiga aylangan. Shuningdek, filologiya 

fanlari  doktori,  professor  A.Musaqulovning    monografiyasida  soch  magiyasi  

quyidagicha  ta’riflangan:  ...xalq  qoʻshiqlarida  soch  faqat  goʻzallik  ramzi 

boʻlmay, siyrat ma’noda balog‘at, sevgi, oila, farzand va baxtli-toʻkin turmush 

g‘oyalarini ham ifodalaydi.   



 

619 


Boshqa bir qoʻshiqning “Oq olma, qizil olma” deb boshlanuvchi bandida 

ham olma poetik ramz vositasida g‘oyaviy estetik qarashni tasvirlashga xizmat 

qilgan.   

Oq olma, qizil olma, 

Oʻzgaga nazar solma, 

Oʻzgaga nazar solsang, 

Oʻz bilganingdan qolma.[2. 174-bet]  

Yuqoridagi  poetik  ramzlarning  tavsifidan  anglashiladiki,  badiiy 



adabiyotning  og‘zaki  koʻrinishidagi  sodda,  joʻngina  tuyulgan  tushunchalar 

mohiyatan keng koʻlamli koʻrinishda.  Koʻngilda  hayot  kechiruvchi  sevgiga 

murojaat  etilib,  oʻzga  sevganingdan  boshqa  kishiga  nazar  solmaslik,  garchi 

nazar solsang ham oʻz bilganingdan qolma deyilishining ham ma’lum sababi 

bor. Sevgi his etishda shunchaki yondoshmaslik, xato qilmaslik singari mazmun 

yuklanganligini ilg‘ab olish mumkin.  

“Bog‘da  uchratdim  sani”  qoʻshig‘ida  ham  ana  shu  ramzlar  asosiy 

tushunchalar ifodalangan. 

Bog‘da uchratdim sani, 

Gulbog‘da uchratdim sani. 

Har zamonda bir qarab, 

Ishqingga oʻrgatding mani. 

Yuqoridagi  bandda  bog‘  –  koʻngil  sifatida  poerik  ramz  yaralaishiga 

tagzamin. 

Yoki  quyidagi  bandda  olma  ramzi  muayyan  voqelikka  ham  ishora 

qilganligini koʻrish mumkin. 



Оlmani ayirdilar, 

Shoxlarin qayirdilar. 

Yaxshi koʻrgan yorimdan 

Nomardlar ayirdilar. [2. 86-bet.] 


 

620 


Olmaning  ayirilishi  –  voqelik.  Ajralishga  sabab  boʻluvchi  hodisani 

ifodalagan.  Ya’ni  sevishgan  qalblar  bir-biridan  judo  boʻlishiga sabab boʻlgan 

voqea-hodisani aks ettirgan deb aytish mumkin. 

Umuman  olganda,  xalq  qoʻshiqlarida  ramzlar,  turli  tushunchalar 

qadimdan  muayyan  maqsadni  ifodalashda,  obrazlilikni  ta’minlashda 

qoʻllanilgan.  Bugungi  kunda  bu  kabi  qoʻshiqlarni  mazmun-mohiyatini toʻliq 

anglash ramzlar ifodalayotgan tushunchalarga bog‘liq ekanligin ta’lidlash joiz. 

Ramz  nafaqat  tushuncha  anglatadi,  balki,  muayyan  voqea-hodisalarga 

ishoralar  qilish  orqali  qoʻshiqdagi  sujet  bilan  bog‘liq  tasavvarlarni 

ayonlashuviga xizmat qiladi. 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish