2-dars
3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Kutubxonadagi uchrashuv
Saidkamol: Kutubxonaga qachon kelding?
Doniyor: Men hozir keldim, sen ham shu kutubxonaga a’zomisan?
Saidkamol: Ha, men ham shu kutubxonaga a’zoman. Senga qanday kitob kerak?
Doniyor: Menga Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari kerak.
Saidkamol: Menga ham shoirning «So‘z sehri» asari, «O‘zbegim» she’rlari kerak.
Doniyor: Shoirning «So‘z sehri» asari bir dona ekan. Uni ham men oldim. Agar
xohlasang biznikiga yur. Birga o‘qiymiz.
Saidkamol: Men hozir onamga telefon qilib ruxsat so‘ray.
– Allo, assalomu alaykum, onajon. Yaxshi ishlayapsizmi? Agar ruxsat bersangiz,
Doniyorning uyiga borib, kitob o‘qimoqchi va dars tayyorlamoqchi edim.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |