5.2-rasm. Korxonaning asosiy mikromuhit sub’ektlari
Logistik firmalarga – ombor va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda
tovarlarni ishlab chiqarish joyidan sotish joyiga etkazishni ta’minlovchi tashkilotlar
kiradi.
Marketing agentliklariga – korxonaning tovar va xizmatlarini maqsadli
bozorlarda siljitishga yordam beradigan marketing tadqiqotlari korxonalari, reklama
agentliklari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar kiradi.
Moliya vositachilariga – banklar, kredit va sug‘urta tashkilotlari kiradi.
Korxonalar o‘zlarining xaridorlarini diqqat bilan o‘rganishlari lozim. Quyidagi
5.3-rasmda bozorlarning oltita turi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |