Partizancha marketing bu – hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish va
reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan
marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko‘p pul sarflash o‘rniga
tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy
fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.
Partizancha marketing nostandartlik, noan’anaviylik, hammaga ma’lum haqiqat
oddiy narsalardan voz kechish va yuqori moslashuvchanlikni, imkorniyatlar
cheklangan holda yuqori natijalarni anglatadi. Partizancha marketing bu – kuchli
raqibga qarshi nisbatan arzon, lekin juda samarali aniq zarbalar va diversiyalardan
foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |