93
Uning istaklari shu qadar joʻn, shu qadar oddiy ediki. Rostini aytsam, bir oz hafsalam pir
boʻldi. U Italiyaga borishni, Prezident bilan ovqatlanishni, dengiz sohilida chopqillab
oʻynashni yoki xayoliga kelgan har qanday ekzotik narsalarni tatib koʻrishni xohlaydi, deb
oʻylagandim oʻzimcha. Oylab yotoqda qolib, hatto oyogʻini ham qimirlatolmay yotgandan
keyin qanday qilib shunchalik oddiy kundan lazzat topish mumkin?
Keyin esa hamma gap shunda ekanini angladim.
Oʻsha kuni ketishim oldidan Morri mendan “Bir mavzuni koʻtarsam maylimi?” deb soʻradi.
– Ukang haqida gaplashmoqchi edim, — dedi u.
Vujudimni titroq bosdi. Shu mavzu fikr-u xayolimni band etganini Morri qanday sezdi ekan,
bilmayman. Bir necha haftadan beri Ispaniyaga qoʻngʻiroq qilib, ukam bilan bogʻlanolmay
yurgandim; bir doʻstining aytishicha, u Amsterdamdagi shifoxonaga qatnayotgan ekan.
– Yaxshi koʻrgan insoning yonida boʻlolmaslik ogʻirligini bilaman, Mich. Lekin uning istaklarini
ham tushunishing kerak. Balki u sen oʻz ishlaringni tashlab, uning yoniga borishingni
xohlamas. Balki bu narsa unga ogʻir yukdek tuyular. Men hamma tanishlarimga odatiy hayot
tar
zingizni
davom ettiring, men oʻlayotganim tufayli behalovat boʻlmang, deyman.
– Lekin u ukam-ku, — dedim men.
– Bilaman, — dedi Morri. — Shunisi ogʻriqli-da.
Jingalak malla sochlari boshida koptokdek shishib turgan sakkiz yoshli Piter koʻz oldimga
keldi. H
ovlidagi maysazorda jinsi shimlarimiz tizzasini oʻt dogʻlariga bulgʻab kurash
tushayotganimiz yodimga tushdi. Piterning taroqni mikrofondek tutib, koʻzgu oldida qoʻshiq
aytayotgani, bolaligimizda uydagilar bizni kechki ovqatga topisholmasin deb cherdakda
b
erkinib, qisilib oʻtirganlarimiz koʻz oldimdan oʻtdi.
Keyin esa oilamizdan uzoqlashib ketgan, kimyoviy muolajalardan yuz chanoqlari boʻrtib,
ozgʻin va nimjon koʻrinishga kelib qolgan yigit koʻz oldimda gavdalandi.
– Morri, — soʻradim men, — nega u meni koʻrgisi kelmayapti ekan, a?
Keksa professorim xoʻrsindi.
– Munosabatlar maʼlum bir formula asosida qurilmaydi. Ular mehr bilan muzokara olib borish,
har ikkala tomonning istak-xohishlari, ehtiyojlari, imkoniyatlari va turmush tarzini inobatga
olish orqali shakllantiriladi. Biznesda muzokaralar gʻolib chiqish uchun olib boriladi.
Tad
birkorlar oʻzlari uchun manfaatli boʻlgan shartlarga erishish maqsadida muzokaraga
kirishadi. Balki shu narsa miyangga oʻtirib qolgandir. Muhabbat esa boshqacha. Muhabbat
bu oʻzganing ahvoli haqida xuddi oʻzingniki kabi qaygʻurishingdir. Bir paytlar ukang bilan
munosabatlaring juda iliq boʻlgan, endi esa yoʻq. Sen oʻsha damlarni qaytarishni xohlaysan.
94
Munosabatlaring uzilib ketishini istamaysan. Lekin odamzodning qismati shu. Rishtalar
uziladi,
tiklanadi, uziladi, tiklanadi.
Men Morriga qarab, ajal naqadar
yaqin ekanini angladim. Oʻzimni butunlay chorasiz his
qildim.
– Ukangning koʻngliga yana yoʻl topasan hali, — dedi Morri.
– Siz buni qayerdan bilasiz?
Morri jilmaydi.
– Meni
topib kelding-ku, toʻgʻrimi?
Do'stlaringiz bilan baham: