Morrining seshanba darslari Muallif: Mich Elbom


Toʻqqizinchi seshanba: mehr barhayot qolishi toʻgʻrisida



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#221767
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Morrining seshanba darslari 60511

Toʻqqizinchi seshanba: mehr barhayot qolishi toʻgʻrisida 
suhbatlashamiz 
“Har  tun  uyquga  ketganimda,  oʻlaman.  Ertasi  kuni  tongda  uygʻonganimda  esa,  qayta 
tug
ʻilaman”. 
Mahatma Gandi. 
Daraxtlar bargi sargʻayib, Gʻarbiy Nyuton shaharchasi oralab oʻtgan yoʻl oltin va zang tusini 
olayotgan palla. Detroytda kasaba uyushmasi va nashriyotlar oʻrtasidagi mojaro boshi berk 
koʻchaga  kirib  qolgan,  tomonlar  bir-birini  murosa  qilishdan  bosh  tortayotganlikda  ayblash 
bilan  ovora.  Televideniye  orqali  uzatilayotgan  xabarlar  esa  undan  battar  yurakni  ezadi. 
Kentukki  qishloqlaridan  birida  uch  erkak  qabrtosh  boʻlaklarini  koʻprikdan  pastga  uloqtirib, 
koʻprik  tagidan  oʻtayotgan  mashinaning  old  oynasini  sindirgan,  mashinada  oilasi  bilan 
ziyoratga  ketayotgan  oʻsmir  qiz  esa  voqea  joyida  vafot  etgan.  Kaliforniyada  O.  J. 
Simpsonning sud ishi yakuniga yetay deb qolgan va butun aholining fikr-u xayoli shu ishga 
qaratilgandi.  Hattoki  aeroportl
arda  ham  zallarga  oʻrnatilgan  televizorlar  CNN  kanaliga 
toʻgʻrilangan  boʻlib,  to  parvozingizga  chiqish  uchun  yoʻlakdan  kirib  ketguningizcha  O.J. 
Simpsonning ishiga taalluqli yangiliklardan boxabar boʻlishingiz mumkin edi. 
Ukamning holini soʻrash uchun bir necha marta Ispaniyaga qoʻngʻiroq qildim. Chindan ham 
u bilan suhbatlashishni juda xohlashimni, soʻnggi paytlarda munosabatlarimiz haqida koʻp 
oʻylayotganimni aytib, telefon avtojavobbergichida xabarlar qoldirdim. Bir necha hafta oʻtib, 
ukamdan  ishlari  joyida  ekani,  lekin  xastaligi  haqida  umuman  gaplashishni  istamasligi  va 
bundan afsusdaligi aytilgan qisqa xabar oldim. 
Keksa professorimni esa xastalik toʻgʻrisidagi suhbatlar emas, balki xastalikning oʻzi domiga 
tortib ketayotgandi. Oxirgi tashrifimdan beri hamshira uning olatiga peshobni naycha orqali 
tortib olib, kursi poyida turgan plastik qopga boʻshatuvchi kateter oʻrnatibdi. Uning oyoqlarini 
muntazam  toʻgʻrilab  turish  zarur  edi  (ALSning  shafqatsiz  hazillaridan  biri  –  professor 
oyoqlarini  qimirlata  olmasa-
da,  hali  ham  ogʻriq  his  qilardi),  chunki  oyoqlar  penoplast 
toʻshamadan  aynan  maʼlum  dyuymga  osilib  turmasa,  kimdir  ularga  sanchqi  tiqib 
olayotgandek azob berardi. Naq suhbatning oʻrtasida Morri mehmonlardan uning oyoqlarini 


 
68 
 
koʻtarib,  bir  dyuymginaga  surish  yoki  rang-barang  yostiqlarga  qulayroq  joylashish  uchun 
boshini  toʻgʻrilab  qoʻyishni  soʻrardi.  Oʻz  boshingizni  qimirlatishga  ham  qurbingiz  yetmay 
qolishini tasavvur qila olasizmi? 
Har tashrifimda Morri kursisiga tobora chuqurroq singib, uning umurtqa pog
ʻonasi ham kursi 
shakliga  kirayotgandek  tuyulardi.  Shunga  qaramasdan,  har  tong  uni  yotoqdan  olib, 
aravachasiga  oʻtqizib,  kitoblar  va  qogʻozlarga  toʻla,  deraza  tokchasida  hibiskus  guli 
oʻsayotgan shaxsiy kabinetiga eltib qoʻyishlarini soʻrardi. Odatdagidek, Morri shu harakatdan 
ham falsafiy maʼno topardi. 
– Oxirgi yozilgan hikmatli soʻzlarim shu haqida, — dedi u. 
– Qani, eshitaylik-chi. 
– Yotogʻingdan turmabsan, demakki, sen – murdasan. 
Morri jilmaydi. Faqatgina Morri shu holatida ham bu kabi hazillarga kula olardi. 
“Tungi  xabarlar”  koʻrsatuvi  xodimlari  va  hattoki  Ted  Koppelning  oʻzi  ham  unga  bir  necha 
marta qoʻngʻiroq qilishdi. 
– Uyga kelib, men haqimda yana bitta koʻrsatuv olishmoqchi, — dedi u. – Lekin yana bir oz 
kutaylik, deyishdi. 
– Nimani kutadi? Soʻnggi nafasingizni kameraga muhrlashnimi? 
– Qaydam. Bari bir unga ham koʻp qolmadi. 
– Unday demang. 
– Uzr. 
– Joningiz uzilishini kutayotganliklari gʻashimni keltiryapti. 
– Menga joning achigani uchun ham bu seni gʻashingga tegyapti, — jilmaydi Morri. – Mich, 
balki  ular  tomoshabinlarga  qaygʻuli  tomosha  koʻrsatish  maqsadida  mendan 
foydalanmoqchidir.  Qarshiligim  yoʻq.  Ehtimol,  men  ham  ulardan  foydalanayotgandirman. 
Ular  fikrlari
mni  millionlab  odamlarga  yetkazishimga  koʻmaklashmoqda.  Ularsiz  bu  narsa 
qoʻlimdan kelmasdi-ku, toʻgʻrimi? Shunday ekan, bu ikki tomonlama manfaatli bitim. 
Uni yana uzoq, tomoqni qiruvchi yoʻtal tutib, oxiri quyuq balgʻam koʻchishi bilan yakunlandi. 
– Nima boʻlganda ham, — dedi Morri. – Men ularga koʻp kutmaslikni maslahat berdim, chunki 
yaqinda ovozimdan ham tamoman ayrilishim mumkin. Bu dard oʻpkamga yetib kelishi bilan 
tildan  qolsam  kerak.  Hozir  dam  olmasdan  uzoq  gapirolmayman.  M
eni  koʻrgani  kelmoqchi 


 
69 
 
boʻlganlarning ham koʻpchiligiga rad javobini berdim. Mich, ular biram koʻpki. Juda holdan 
toyganman. Ularga yetarlicha eʼtibor qaratmasdan yordam berolmayman. 
Oʻzimni  aybdor  his  qilgancha,  magnitofonga  qaradim.  Goʻyoki  uning  qimmatli  soʻzlashish 
vaqtini oʻgʻirlayotgandek edim. 
– Buni qoldirib tursakmikan? — soʻradim men. – Sizni ancha charchatsa kerak? 
Morri  koʻzlarini  yumib,  boshini  chayqadi.  U  qayeridadir  turgan  sassiz  ogʻriq  bosilishini 
kutayotgandek koʻrindi. 
–  Yoʻq,  —  dedi  u  va  nihoyat.  –  Biz  davom  etishimiz  kerak.  Axir  bu  bizning  soʻnggi  ilmiy 
ishimiz-ku. 
– Soʻnggi ishimiz. 
– Uni qoyilmaqom qilib yozish istagidamiz-ku. 
Universitetda  diplom  ishimni  birgalikda  yozganimiz  yodimga  tushdi.  Gʻoya  Morridan 
chiqqandi,  albatta.  U  menga  a
ʼlo  darajali  diplom  ishi  yozish  uchun  bilimim  yetarli  ekanini 
aytgandi, ungacha men bu narsani xayolimga ham keltirmagandim. 
Mana  endi,  xuddi  oʻsha  ishni  yana  birgalikda  bajaryapmiz.  Yana  barchasi  bitta  gʻoyadan 
boshlandi.  Oʻlayotgan  odam  yashashda  davom  etayotgan  odamga  u  nimalarni  bilishi 
zarurligi  haqida  soʻzlab  bermoqda.  Faqat  bu  safar  men  ishni  yakunlashga 
oshiqmayotgandim. 
– Kecha menga bir qiziq savol berishdi, — dedi Morri, yelkam osha devorga osigʻliq turgan 
kiltni tomosha qilib. Doʻstlari kiltni ezgu tilaklar bitilgan quroqlardan tikib, Morrining 70 yillik 
yubileyiga sovgʻa qilishgan. Kiltning har bir qurogʻida turlicha tilaklar bildirilgandi:  Bardam 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish