– Reinkarnatsiyaga ishonasizmi? – soʻrayman men.
– Qaydam.
– Nimaga aylanib qaytgan boʻlardingiz?
– Agar tanlash imkonim boʻlsa, ohuga.
– Ohu?
– Ha, ohu. Ular biram nazokatli. Biram uchqur.
– Ohu?
Morri menga qarab, jilmayadi:
– Senga tanlovim gʻalati tuyulyaptimi?
Uning ozib-
toʻzib ketgan gavdasi, qopdek keng kiyimlari, qalin paypoq kiydirilib, gʻalvirak
rezina yostiq ustiga tashlab qoʻyilgan, mahbusning temir kishan urilgan oyoqlari kabi
qimirlashga ojiz oyoqlarini koʻzdan kechiraman. Sahroda shamoldek yelayotgan chopqir
ohuni tasavvur qilaman.
– Yoʻq, – deyman keyin. – Hecham gʻalati emas.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |