Buxgalteriya lit



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#221717
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazaruyasi

asoslar“  standartidir.  U  shbu  standartga  asosan,  O‘zbekiston  Respublikasi  M  oliya 

vazirligiga, ya’ni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat 

organiga  buxgalteriya  hisobi  milliy  standartlarini  takomillashtirish  va  ularni  qayta  ko‘rib 

chiqish vakolatini beradi. 

BHMS  №1  „Hisob  siyosati  va  moliyaviy  hisobot“.  Bu  standart  mulk  shaklidan  qat’i 

nazar  (bank,  budjet  va  sug‘urta  tashkilotlari  bundan  mustasno)  barcha  xo‘jalik  subyektlari 

o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqish haqidadir. H isob siyosati deb buxgalteriya hisobini 



13

 

yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish uchun korxona rahbariyati tomonidan qo‘llaniladigan 



usullar yig‘indisiga aytiladi. 

Korxonada  ishlab  chiqilgan  hisob  siyosatiga  o‘zgartirishlar  faqatgina  O‘zbekiston 

Respublikasida amaldagi Qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilganda, hisob tizimida o‘zgarishlar 

olib borilganda yoki mulkdorlarning o‘zgartirilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. 

BHMS  №3  —  bu  „Moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobot“  standarti  bo‘lib,  unda 

faoliyatdan  olingan  daromad  va  zararlar  moddalari  ko‘rsatib  beriladi.  Standart  mulk 

shaklidan  qat’i  nazar  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  tomonidan  moliyaviy  natijalar 

to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda qo‘llaniladi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqilgan  buxgalteriya  hisobi  milliy  standartlarining 

4-  bandi  „Тovar  va  moddiy  zaxiralari“ga  bag‘ishlangan.  Unda  tovar  moddiy  zaxiralarini 

baholash  tartibi,  xarajat  turlari  o‘z  ifodasini  topgan.  Uzoq  muddatli  aktivlarning  tarkibini  

hisobga olish turlari buxgalteriya hisobi milliy standartlarining 5, 7, 12- § larida yoritilgan. 

Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kiradi. 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  mulk  samaradorligi  bilan 

bog‘liqdir. Har bir mulk egasi o‘z faoliyati davomida korxona ichidagi va undan tashqarida 

bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarni olib boradi. 

Amalga oshirilgan har bir iqtisodiy munosabat mulk harakati bilan o‘lchanadi va tartibga 

solinadi. 

Mulk  egasining  o‘z  mulkiga  bo‘lgan  munosabati,  birinchi  navbatda,  uning  to‘liqligini 

ta’minlash, mulkning joylanishi, tashkil topish manbalari bilan o‘lchanadi. 

Balans  yordamida  mulk  va  uning  tashkil  topish  manbalari  tahlil  qilinib,  tegishli 

mablag‘ga  bo‘lgan  talab  o‘rganiladi.  Balans  so‘zi  muvozanat,  ikki  tomonning  tengligi 

ma’nosini bildiradi. 

Lekin iqtisodiy tushuncha bilan balansga ta’rif berishda mablag‘lar harakati bilan mulkiy 

munosabatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. 

Korxona  va  tashkilotlarda  xo‘jalik  faoliyatini  boshqarish  korxona  mablag‘larining 

holatiga,  ulardan  foydalanish  darajasiga,  mablag‘larning  aylanish  tezligiga  bog‘liqdir. 

Iqtisodiy  jihatdan  olganda  balansni  xo‘jalik  mablag‘larining  joylanishi  va  tashkil  topish 

manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta’minlaydi, deb aytish maqsadga muvofiqdir. 

Mablag‘lar  holatidagi  o‘zgarishlar  ularning  turlari  bo‘yicha  buxgalteriya    hisobi  

schotlarida  o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir  mablag‘ning oy davomidagi 

o‘zgarishi,  oy  oxiriga  bo‘lgan  qoldig‘i  hisob-kitob  qilinadi.  Demak,  buxgalteriya  hisobi 

schotlari  mablag‘  turlari  bo‘yicha  mulk  egasiga  yetarli  ma’lumotlarni  beradi.  Lekin  bu 

ma’lumotda  mablag‘larning  joylanishi  ularning  moddiy  javobgar  shaxslar  bo‘yicha 

taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo ularning qaysi manbalar hisobiga tashkil qilinishi 

ham mulkdor uchun zarurdir. 

Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar tegishli faoliyat ko‘rsatish jarayonida 

turli  manbalardan  foydalanadilar  va  bu  mablag‘lar  holati  ishlab  chiqarish  jarayonida  bir 

turdan ikkinchi bir turga aylanadi.  Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati uning 

turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davrining oxirida mablag‘lar holati bo‘yicha 

to‘liq  ma’lumot  olish  imkonini  beradi.  Buxgalteriya  hisobida  ifoda  qilingan  mablag‘lar 

harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish ma’lumotlarini umumlashtirish 

maqsadida balans tuziladi. 



14

 

Balans  yordamida,  birinchidan,  korxona  va  tashkilotning  o‘ziga  taalluqli  mablag‘lari, 



qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq 

ma’lumotga  ega  bo‘lish  mumkin,  ikkinchidan,  balans  mablag‘lar  holatini  nazorat  qilish 

imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos bo‘ladi. 

Korxona  va  tashkilot  mablag‘larini    joylanishi  va  tashkil  topish  manbalari  bo‘yicha 

o‘rganishda  balans  alohida  ahamiyatlidir.  Buxgalteriya  balansi  yordamida  korxona  va 

tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy holatini baholash imkoniyati yaratiladi. 

Buxgalteriya  balansini  tuzish,  undagi  iqtisodiy  ma’lumotlarni  umumlashtirish  tartibi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  belgilanadi  va  tartibga  solinadi. 

Buxgalteriya  balansida  korxona va tashkilotlarning  mablag‘lari  joylanishi va  tashkil  topish 

manbalari bo‘yicha tartibga solinadi. 

Demak,  buxgalteriya  balansi  yordamida  korxona  va  tashkilot  tasarrufida  bo‘lgan 

mablag‘lar  harakati  ikki  jihat bo‘yicha,  ya’ni  mablag‘larning  joylanishi va ularning  tashkil 

topish  manbalari  bo‘yicha  taqqoslagan  holda  o‘rganiladi.  Buxgalteriya  balansining  ikki 

tomoni  bo‘lib,  uning  chap  tomoni  aktiv,  o‘ng  tomoni  esa  passiv  deb  ataladi.  Buxgalteriya 

balansining tuzilishini quyidagi chizmada ko‘rish mumkin. 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish