Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Адабиётларрўйхати: 
1. 
Сиддиқова Ш., Ўзга гап синтаксиси ва лингвопоэтикаси. Дис. 
автореферати. Тошкент – 2019. –Б.5.
2. Ғуломов А.,Асқарова М.Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. –
Тошкент: Ўқитувчи,1987. –Б.240. 
3. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. –Тошкент: Алишер Навоий 
номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси, 2009. –Б.40. 
 
BOSHLANG’ICH TA’LIM JARAYoNIDA 
INTEGRATSIYaLASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH 
MASALALARI 
Usmonov Abdujabbor-JDPI dotsenti. 
Meliqo`ziyeva Muxlisa -JDPI talabasi. 


174 
Аннотация: Мазкур мақолада фанларнинг ўзара алоқадорлиги, узвий 
боғланишлари, ўқувчилар дунёқарашини шаклланишида интеграциялашган дарсларнинг 
аҳамияти ҳақида фикрлар юритилган. 
Аннотации: В статье рассматривается взаимозависимость дисциплин, их 
взаимосвязь, важность интегрированных уроков в формировании мировоззрения 
учащихся. 
Annotations: The article examines the interdependence of disciplines, their 
relationship, the importance of integrated lessons in the formation of students' worldview

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-
tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish 
masalalari muhokamasi bo’yicha 2020 yil 30 oktyabr kuni otkazgan 
videoselektorda: “Jamiyatda muallimning obro’-e’tibori va maqomini ko’tarish, 
o’quv dasturlari va metodikasini to’liq qayta ko’rib chiqish, maktabni ta’limning 
keyingi bosqichlari bilan uzviy bog’lash, o’qituvchilarni ortiqcha 
qog’ozbozlikdan xalos etib, o’z ustida ko’proq ishlashi uchun sharoit yaratish va 
shuni rag’batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni 
yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. “ , - deb 
ta’kidlagan edi. 
Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini 
o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, 
tabiat ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga va yana ko‘pgina narsalarga 
o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. 
Boshlang‘ich sinflarda bir o‘qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir 
usuli deb hisoblasak ham bo‘ladi.
Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo‘lishi 
mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o‘girib, 
ikkinchisidan barcha darajalarida o‘qituvchilarning (psixologik va 
fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni 
kiritishidir. Muammoning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim 
pog‘onalarida turli xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich 
maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida 
ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta’limniig keyingi pog‘onalaridan u asosiy 
fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim-
tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish 
kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi.
Ta’limning interaktiv kursi ko‘rgazmali ta’lim sistemasi bo‘lib, integrativ 
bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni 
vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim sistemasi turli xildagi 
tiplar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad 
va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim sistemasida tavsiflanadi. Bilimning 
integratsiyalashgan (ko‘rgazmali) tarmog‘ida integratsiyalashning usul va 
vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida: vaqtning hajmiga qarab shu kursni 
to‘la o‘zlashtirish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi: ko‘p maqsadli va 
rang-barangliligi hamda ko‘p funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi.


175 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash salohiyatini 
rivojlantirishda o‘quv fanlariaro aloqadorlik mexanizmidan foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ko‘p tomonlama fanlararo aloqadorlik yordamida o‘quvchilarga ta’lim- 
tarbiya berish, rivojlantirish muammosi sifat jihatdan yangi darajada hal etilib 
qolmasdan, real hayotdagi murakkab muammolarni hal etishga kompleks 
yondashuvga ham o‘rgatib boriladi. Aynan shu sababli ham fanlararo 
aloqadorlik o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga kompleks yondashuvning 
muhim sharti va natijasi hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiat va inson haqidagi yaxlit 
tushunchalarni shakllantirish mumkin, agarda, 
-boshlang‘ich sinfdanoq fanlararo aloqadorlik yo‘lga qo‘yilsa; 
-ona tili va o‘qish, tabiat va san’at haqidagi fanlarni o‘qitishda 
integratsiyalashgan darslarni tashkil etilsa; 
-integratsion darslarni tashkil etish uchun o‘quv datsurlari batafsil tahlil 
qilinsa; 
-boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga 
doir metodik adabiyotlar bilan qurollantirilsa.
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash texnologiyasini ishlab 
chiqish yosh avlodga fundamental bilim berish jarayoniga kompleks yondashuv 
muammosini, tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit tasavvur va tushunchalarni 
shakllantirishga yordam beradi. Muammoga doir izlanishlar olib borishda, 
tajriba–sinov ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishga 
harakat qildik: 
1) Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil 
etishga doir fikr-mulohazalarini o‘rganish; 
2) An’anaviy metodlar asosida boshlang‘ich sinflardagi qator o‘quv 
fanlariga aloqador bilim va tushunchalarning o‘quvchilar tomonidan 
o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash va natijalarini tahlil qilish. 
3) Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qitiladigan fanlar integratsiyasini 
ta’minlashga xizmat qiladigan vositalar hamda metodlarni keng qo‘llash asosida 
fanlararo aloqadorlikka oid tushunchalarni hosil qilishga erishish. 
4) O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni osonlashtirishga sharoit 
yaratadigan, o‘quvchilarning boshlang‘ich sinflardagi o‘quv predmetlarini 
samarali o‘zlashtirishlariga imkon beradigan o‘quv mashg‘ulotlari dasturini 
tuzish. 
5) O‘quvchilarning o‘quv fanlarini mukammal o‘zlashtirishlari, muayyan 
bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘rganilayotgan o‘quv predmeti bo‘yicha 
ta’lim samaradorligini oshirishda fanlararo aloqadorlikning ta’sirchanligini 
oshirish. 
Olimlarning mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, falsafiy, 
psixologik, pedagogik muammolar yoritilgan ilmiy asarlar o‘rganildi va tahlil 
etildi. Birinchi bosqichda pedagogik tajriba-sinovni amalga oshirishga xizmat 
qiladigan dastur tuzildi. Dissertatsiyaning birinchi bobi uchinchi paragrafida 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga 


176 
doir 
fikr-mulohazalari 
tahlil qilindi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining fanlarni o‘zlashtirish darajalari test sinovlari asosida aniqlandi. 
Mazkur bosqichda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining chuqur 
tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik: 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish