2.Qadimgi Yunon adabiyoti.
Qadimgi yunon adabiyotining kelib chiqishi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Yunon
adiblari ajoyib afsona, rivoyat, she’r, qo’shiq, doston, tragediya va komediyalar
yaratishgan. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og’zaki tarzda ijro
etib avloddan-avlodga yetkazganlar.
“Gerakl”, “Didal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Iliada”
va
“Odisseya”
kabi afsona, doston
va rivoyatlar Yunon adabiyotining eng nodir asarlaridan hisoblanadi. Yunon
adabiyotining eng mashxur namoyandalaridan biri GOMER bo’lib, u miloddan
avvalgi
VIII asrda, boshqa ma’lumotlarga qaraganda XII asrda yashagan ekan. Gomer “Iliada”
va “Odisseya” dostonlarining muallifidir.
Иллюстрация к изданию 1935 г
Иллюстрация М. И. Пикова
3.Yunonistonda ilmiy bilimlarning
rivojlanishi.
Qadimgi Yunonistonda fanning turli soxalari bo’yicha mashxur olimlar yetishib chiqqanlar.
Qadimgi Yunon olimlari Misr,Bobil va kichik Osiyo xalqlarining bilimlaridan ko’p baxramand
bo’lganlar.
Qadimgi Sharq fani yunon dunyosi ilm-fanning rivojiga barakali ta’sir ko’rsatdi.
Miloddan avvalgi VII-I asrlarda Yunoniston
Gomer, Geosid, Gerodod, Demokrit, Protagor,
Gippokrat, Suqrot, Aflotun va Arastu (Aristotel)
kabi ulug’ siymolarni yetkazib berdi.
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Kichik Osiyoning g’arbiy sohilidagi Milet shaxri ilm-ma’rifat
markaziga aylangan. Bu shaxarda o’sha zamonning mashxur olimlari,tarixchilari to’plangan
edi.Ularning biri miloddan avvalgi 490-424 yillarda Kichik Osiyodagi Balikarios shaxrida yashab
o’tgan Gerodotdir. U juda bilimli olim bo’lib,miloddan avvalgi 477-455 yillarda Misr, Bobil, Suriya,
Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Gerodot “Yunoniston-Eron
urushlari tarixi” va ko’p jildli “Tarix” kitobining muallifidir. Gerodot o’zi haqida: “Gerodot ellinlar va
boshqa xalqlarning ulug’ ishlari nom-nishonsiz qolib ketmasin deb bu ma’lumotlarni to’pladi va
yozdi”,deb qoldirgan.
Yunon dunyosining ulug’ donishmandlaridan biri, Kichik Osiyo sohiliga
yaqin joydagi Kosda
tug’ilgan mashxur tabib Gippokratdir. U miloddan 460-375yillar orasida yashab ilod etgan. Uning eng
sevgan mashg’uloti tabiblik bo’lib,tabobat ilmining asoslarini otasi Geraklitdan o’rgangan. U
tabobatning hamma sohalari bilan shug’ullanib,70 dan ortiq ilmiy asar yozgan. U hozirgacha
saqlanib kelayotgan shifokorlar qasamyodining muallafidir. Gippokrat musulmon dunyosida
Buqrot
nomi bilan mashhur bo’lib,miloddan avvalgi 375yili 85 yoshida vafot etgan.Vatandoshimiz Ibn Sino
o’zining tibbiy ijodida Gippokrat asarlaridan foydalangan.
4.Yunonistonda me’morchilik va
haykaltaroshlik.
Qadimgi yunonlarda me’morchilik,haykaltaroshlik va rassomchilikning kelib chiqishi
Krit Mikena davriga borib taqaladi.San’atning bu turlari asta-sekin rivojlana borib
miloddan avvalgi V asrda o’zining yuqori pog’onasiga ko’tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: