Hippokrates) (mil av. 460, Kos oroli 377, Fessaliya), Buqrot, Abuqrat yunon



Download 82,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi82,51 Kb.
#293370
  1   2
Bog'liq
Gippokrat - Vikipediya



Gippokrat

Gippokrat (Hippokrates) (mil. av. 460, Kos oroli — 377, Fessaliya), Buqrot, Abuqrat — yunon

vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G. Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor

gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan

olgan. G. asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻʼtabar qullanma boʻlib keldi. G. ga 75 ga

yaqin asar nisbat beriladi. "Majmuayi Buqrotiya" ("Buqrot toʻplami") nomi bilan mashhur

boʻlgan bu asarlarning aksarisini G. vafotidan keyin oʻgʻillari va shogirdlari yozgan. G.

asarlarini va ularga Galen bergan sharhlarni Hunayn ibn Ishoq (809877) suryoniy va arab

tillariga tarjima qilgan. Ular Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. G.ning

"Kitob al-Fusul" ("Aforizmlar") kitobi juda mashhur. Unga koʻp olimlar sharq berishgan, shu

sharhlardan biri Oʻzbekistan FA Sharqshunoslik institutida 3139-raqami bilan saqlanmoqda.

G. tibbiyotni kohinlar taʼsiridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish yoʻllarini taʼrifladi, vrach

kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak, deb taʼlim berdi. Tashqi muhit omillari (iqlim,

tuproq, suv, kishilarning hayot yoʻsini, mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismoniy va

ruhiy xususiyatlarning shakllanishiga taʼsiri jihatdan ajratdi. G. tibbiyot geografiyasiga asos

soldi. Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini,

davolash tizimini ishlab chiqdi. Shifokor xulq-atvorining qisqacha taʼrifi boʻlgan qasamyod

("Gippokrat qasamyodi") matnini ham G. yozgan deyishadi. G.ni "tibbiyotning otasi", deb

ataydilar. Asklepiychilar uyushmasi, uni shuningdek Kos maktabi ham deb atashadi, o’sha

zamonlarning barcha uyushma va tashkilotlari singari o’z faoliyatida asosan diniy tushuncha

va qariyatlarga tayanib ish olib brogan. Masalan ularda, o’rganuvchi shogird – talabalarning

ustoz va uning boshqa hamkasblari, hamda o’zi bilan birgalikda ta’lim olayotgan birodarlariga

sodiqlikka qasam ichish, har qanday vaziyatda ham rost gapirish, haqiqatni izlash uchun

hech narsadan chegaralanmaslik va jiddiy ilmiy faoliyat bilan sidqildan shig’ullanish kabi

axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishni talab etgan. Gippokrat dastlabki tibbiy bilimlarni o’z

otasidan, hakim – Gerakliddan olgan. Otasining oroldagi hamkasblari ham Gippokratga ko’p

narsani o’rgatishgan. Keyinchalik esa, o’z bilimlarini yanada oshirish va mukammallashtirish

uchun turli mamlakatlarga safarlar qilgan va mahalliy hakimlarning amaliyoti bilan tanishib



chiqqan. Gippokratning shahsiy hayoti haqida tarixiy ma’lumotlar juda kam. Uning tarjimai

holiga oid hikoya va rivoyatlar mavjud bo’lib, lekin ular asosan afsona xususiyatida namoyon

bo’ladi. Huddi Gomer kabi Gippokrat ismi ham buyuk hakimning asl ismi bo’lmay balki, turli

ism va tahalluslardan yig’ma nom ekan. yaqin yillardagi ilmiy faktlarga asoslanadigan bo’lsak,

Gippokrat qalamiga mansub deb qaraladigan yetmishga yaqin asarlarning aksariyati, uning

o'g'illari Fessal va Drakon yoki, kuyovi – Polibga tegishli ekan. Galen Gippokratning o’zi

yozgan asarlarini 11 ta, Galler 18 ta deb e’tirof etsa, Kovner esa Gippokrat kodeksidagi faqat 8

ta asar Gippokratning ilmiy ishi, qolganlari esa unga bog’lab chop etilgan boshqa mualliflarga

tegishli deb ta’kidlaydi. Bular: risolalar – «Shamollar haqida», «Havo, suvlar va joylar haqida»,

«Egilish», «O’g’ir hastaliklarda parxez haqida», kitoblar – «Epidemiya», «Aforizmlar», (dastlabki

to’rt bobi), hamda, jarrohlikka oid manbalar - «Bo’g’imlar haqida» va «Sinishlar haqida»

asarlaridir. Mazkur asarlar Gippokrat kodeksning shedevrlari hisoblanadi. Gippokratning

asosiy ilmiy ishlar qatoriga yana falsafiy, axloqiy – tarbiyaviy va etnik yo’nalishlardagi

quyidagi asarlarni qo’shish zarur: «Qasamyod», «Qonun», «Hakim haqida», «Yaxshi xulq atvor

haqida», «Tarbiya». Bu asarlar orqali Gippokrat ilmiy tibbiyottni ilmiy insonparvarlik g’oyalari

bilan sug’orib, tibbiyot etiketining asosiy atmoyillarini belgilab bergan. Gippokratgacha

bo’lgan davrlarda odamlar kasalliklarni « yovuz ruhlar» yoki, sehr – jodular orqali keladi deb

tasavvur qilishardi. Shu tufayli Gippokratning kasallik sabablarini aniqlashga nisbatan

yondoshuvi o’z davri uchun mutlaqo yangilik bo’lgan. Ya’ni u, kasalliklarni odamlarga

ma’budlar yoki boshqa g’ayritabiiy kuchlar yuborishmasligini balki, ular butunlay tabiiy

sabablarga yuzaga kelishini ilmiy asoslashga birinchilardan bo’lib urinish boshladi.

Gippokratning eng buyuk hizmatlari ham aynan shunda bo’lib, u tibbiyotni mavhum

tushunchalarga asoslangan empirizmdan ajratib ko’rsatib, tib ilmini haqiqatga zid bo’lgan

uydirma falsafiy nazariyalardan tozaladi. Tibbiyot va falsafa fanlariga ikki bir-biriga uzviy

bog’liq sohalar sifatida yondoshuvchi Gippokrat, ularning ikkalasini ham ma’lum chegaralar

belgilagan holatda, ammo mohirona uyg’unlik bilan tadqiq va tahlil eta olgan. Barcha ilmiy va

adabiy asarlarida Gippokratning xulosalar chiqarish va kuzatuvchanlikning dohiyona

namunalarini ko’rish mumkin. Uning mantiqiy fikrlari shu darajada mukammal xulosalanadiki,

barcha keltirilgan mulohazalar uchun qat’iy tekshirilgan dalillar va isbotlar ilova qilib boriladi.

Gippokratning tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holatdagi, kasallikni kechishi, bosqichlari

va davo usullarining samaradorligi bo’yicha erishgan yutuqlari uning o’z zamonasidayoq katta

obro’ va shuhratga erishishiga sabab bo’lgan. Gippokratning davomchilari, uning ishlarini va

ilmiy faoliyatini davom ettiruvchi Kos maktabini tashkil qilishgan va bu tib ilmi maktabi uzoq

yillar davomida yirik tibbiyot dorilfununi sifatida faoliyat yuritgan. Aynan o’sha Kos tibbiyot

maktabining ilmiyi faoliyati, hozirgi zamon tibbiyotining yo’nalishini belgilab bergan degan

fikrlar ham mavjud. Gippokrat asarlari kasalliklarning tashqi ta’sirlar – atmosfera, fasl,

shamol, suv, va ularning natijasi – ko’rsatilgan ta’sirlar oqibatida odam tanasidagi fiziologik

o’zgarishlarni kuzatishlarning mufassal bayonlarini keltiradi. Bu asarlarda turli

mamlakatlarning iqlimiy sharoitlari haqida ham ma’lumotlar keltirilib, mazkur mamlakat, orol



yoki muayyan joyning meteorolgik shart – sharoitlaridan kelib chiqib, kasalliklarning qanday

rivojlanishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Umuman olganda Gippokrat kasalliklarni

sabablariga ko’ra ikki toifaga tasniflaydi: Iqlim, tuproq, va irsiy omillar tufayli paydo bo’ladigan

«Umumiy» kasalliklar hamda, odamning yoshi, ovqatlanishi, yashash va mehnat

sharoitlaridan kelib chiquvchi «Shahsiy» sabablar. Mazkur omillarning odam tanasiga

me’yoriy ta’siri, undagi suyuqliklarning to’g’ri taqsimlanishi va harakati jarayonlarini belgilaydi

va bu uning uchun soglom’lik hisoblanadi. Gippokrat asarlarida voqe’likning mohiyatini

anglashga bo’lgan chanqoq intilish diqqatga sazovor. Hakim eng avvalo bemor ahvoliga teran

nigoh bilan nazar tashlaydi. Tashxis va davolashning barcha natijalarini muttasiq qayd qilib

boradi. Yetti jilddan iborat «Epidemiyalar» asarida hakim, shundoqqina bemor huzuridan yozib

borilgan qaydlarni mufassal shrhlari va ilovalari bilan bayon qilgan. Mazkur asarda, bemorni

davolash jarayonida kuzatilgan o’zgarishlar, davo vositalarining ta’sirlari haqidagi tajribalar

tizimlashmagan ma’lumotlar shaklida keltiriladi. Shuningdek bu asarda, matn mazmuniga

muofiq kelmaydigan, butunlay boshqa mulohazalar ham uchraydiki, huddi muallif aqliga kelib

qolgan fikr va mulohazalarni yo’l – yo’lakay va darhol yozib olgandek taasurot uyg’otadi.

Masalan, shunday sinkov mulohazalardan biri, bemorni qanday ko’rikdan o’tkazish haqida

borib, unda hakim bunday yozadi: «Bemor tanasini ko’rikdan o’tkazish – yaxlit jarayon: u bilim,

tinglay olish, hid bilish, sezgirlik, til bilish va mulohaza qila olish qobiliyatlarini talab qiladi.»

Ushbu matn davomida esa: «tashxis qo’yilishi lozim bo’lgan kasalliklarga taaluqli omillardan,

odamlarning umumiy tabiati va har qanday odamning o’z tabiati, bemorning kasalligi, unga

nima tegishli bo’lsa tegishlilardan, shunga binoanki, ulardan qaysi biridan bemorga yengillik

yoki qiyinchilik yetishidan; bundan tashqari osmon hodisaarining umumiy va xususiy

holatlaridan, har xil mamlakatlardan, odatlaridan, oqatlanish tarzidan, hayot turidan, har bir

bemorning yoshidan, va nutqidan, xulqi, sukuti, fikrlari, tushlari, uyqusi, uyqusizligi,

tushlarining qanaqaligi va qachon ko’rishi, qichishishi, ko’z yoshlari, kasallikning tutilib –

tutilib kechish, siydik, safro, qayt qilishi kabilardan qaraladi. Shuningdek, kasalliklardagi

o’zgarishlarga ham qarash kerak: qandaylaridan qaysilari yuz beryapti, o’limga olib

boruvchlari, yoki, majruhlikka olib boruvchilari, keyin esa – terlashni, qaltirashni, sovuqotish,

yo’talish, chuchkurish, hiqichoq, nafas olish, esnash, kekirish, tovushli yoki sassiz yel, qon

chiqishi, gemorroylarni ham tekshirish. Ushbu barcha belgilardan kelib chiqib, hamda, ular

nima orqali paydo bo’layotganini aniqlab, – ko’rik va tekshiruv olibborish kerak.» Shunisi

e’tiborga molikki, hakim, tashxis qo’yish va davolashning katta ko’lamiga, bemorning nafaqat

joriy kasalligini, balki, undan avvalgi yuz bergan betobliklarini va ulardan qolga asortalarni

ham hisobga olgan holatda yondoshadi. U bemor ham boshqa barcha odamlardek oddiy

odam ekanligini, uni anglash uchun boshqalarni ham anglash lozimligini unutmaslik kerak

deb ta’kidlaydi. Uning uchun haattoki bemorning sukuti ham ko’rsatma bo’lib hizmat qilishi

kerak deb hisoblaydi. U kasalliklarni doimiy kuzatib borib, uni aniq bosqichlarga ajratish

kerakligini ham ta’kidlaydi. Ayniqsa, tutqanoq kelishi davri, istimali, o’tkirlashish (yoki

keskinlashish) davrlarini hamda bemorning tushkunlikka tushish holatini ajratadi, shuningdek,



uning ta’limotiga ko’ra, organizm birikmagan, hazm bo’lmagan suyuqliklardan qutulib,

kasallikning «sinishi» paytini mavjudligini ta’kidlaydi. «Bo’g’imlar haqida» va «Sinishlar

haqida» asarlarida, jarrohlik amaliyotlari va operatsiyalar haqida tafsilotlar bilan, mukamal

bayon qilinadi. Gippokrat qo’lyozmalaridan shu narsa ma’lum bo’ladiki, jarrohlik qadim

davrlardayoq yuqori sifat va darajada bajarilgan; bizning davrimiz tibbiyotida ham

qo’llaniladigan turli jarrohlik asboblari hamda bog’lov vositalaridan foydalanilgan. «O’g’ir

hastaliklarda parxez haqida» asarida Gippokrat kasallik shakli – o’tkir, mavsumiy, jarrohlikka

oidligiga qarab turlicha parxez usullarida ovqatlanish zarurligini uqtiradi va bu bilan hakim,

ratsional dietologiyaga asos soladi. Gippokrat hayotligidayoq shon sharafga burkandi. Undan

bir avlod keying davrda yashagan Ptolomey o’z suhbatlarining birida, Gippokrat va uning Kos

tibbiyot maktabini boshqa san’at turlari bilan tenglashtirib, uni o’z davrining eng buyuk

haykaltaroshlarining eng buyuk asarlari Argos Polikleti va Afina Fideyasi bilan taqqoslaydi.

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Download 82,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish